A. D. Kayumov gruntshunoslik


Gruntlardagi  gazlarning  tarkibi



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   147
Bog'liq
gruntshunoslik

Gruntlardagi  gazlarning  tarkibi.  Gruntlarning  g„ovakliklarida  va 
yoriqliklarida  bo„ladigan  gaz  komponentlari  ko„p  darajada  uning  xossalarini 
belgilaydi. Ular ayniqsa aeratsiya hududidagi gruntlar uchun katta ahamiyatga ega, 
odatda u uch- yoki to„rt komponentli tizim hisoblanadi. 
Tabiiy sharoitda tog„ jinsi tarkibida bir birlik massada (yoki hajmda) bo„lgan 
erkin va sorblashgan gazlarning miqdori gaz sig„imi deb ataladi. Gruntlarning gaz 
sig„imi undagi g„ovaklik va bo„shliqlar (yoriqliklar va yirikroq g„ovaklikni) hajmi 


55
 
 
va ularning suv bilan to„lish darajasiga bog„liq bo„ladi. G„ovakliklar qancha suvga 
to„lgan bo„lsa, ularning tarkibida shuncha gaz kam bo„ladi va aksincha. 
Gazlar  havo  ko„rinishida  gruntlardagi  g„ovakliklarga  atmosferadan  kiradi. 
Atmosfyera  va  grunt  qatlami  orasidagi  gaz  almashinuvi  bir  qancha  omillar: 
gazlarning diffuziya almashinishi, havoning harorati va bosimi tebranishi, yomg„ir 
yog„inlari va shamollar natijasida sodir bo„ladi. 
Grunt  va  atmosfera  orasidagi  gaz  almashinuvi  jadalligi  jinsning  tarkibi  va 
tuzilishiga  bog„liq  bo„ladi.  Monolit  qoyatoshli  gruntlarda  gaz  almashinuvi  qiyin, 
dispers  gruntlarda  esa  u  jadal  kechadi;  gruntlarda  qancha  ko„p  makrog„ovaklik, 
yoriqlik  va  bo„shliq  bo„lsa  shuncha  jadalligi  yuqori  bo„ladi;  ularning  yoriqliklari 
oshishi bilan gaz almashinuvi ham oshadi.  
Atmosfera  va  grunt  qatlami  orasida  bo„ladigan  gaz  almashinuvi  atmosfera 
havosining  tarkibi  va  gruntlar  gazli  tarkibining  tenglashishiga  olib  keladi. 
Atmosfera havosi va gruntlardagi gazlar tarkibidagi har xillik avvalambor CO
2
, O
2
 
va  N

larning
 
miqdoriga  bog„liq.  Agar  atmosfyera  havosida  karbonat  angidrid 
foizning  yuzdan  bir  ulushiga  (~0,03%)  teng  bo„lsa,  unda  uning  miqdori  tuproqda 
va tog„ jinsida o„ndan bir va to„liq foizda ham bo„lishi mumkin, tuproqli havoda 
deyarli  10%  ga  teng  bo„ladi.  Grunt  qatlamida  kislorod  va  azot  har  xil  miqdorda 
bo„ladi. Ular grunt qatlamining tuproqli qismida atmosferadagiga qaraganda kam 
miqdorda  bo„ladilar.  Bu  holat  tuproqda  kislorod  va  azotning  yutilishi,  karbonat 
angidridning ajralib chiqishi bilan tushuntiriladi. 
Gazli  komponentning  muhim  asosiy  tarkibidan  biri  suvli  bo„g„lardir.  Suvli 
bo„g„ning miqdori yer qobig„i oldi havosida juda o„zgaruvchan bo„ladi va u o„ndan 
bir  dan  bir  necha  foizgacha  o„zgaradi.  Gruntli  atmosferada  bo„g„ning  miqdori 
nisbatan  qisman  ko„p.  Ammo  gruntdagi  suvli  bo„g„ning  umumiy  miqdori 
gruntning  hamma  og„irligini  0,001%  dan  ortiq  bo„lmaydi.  Shunga  qaramasdan 
gruntda  kechadigan  jarayonlarda  bo„g„  shaklidagi  suv  katta  ahamiyatga  ega, 
chunki  u  birinchidan  namlik  juda  kam  bo„lganda  ham  gruntda  harakatlanadigan 
suvning  asosiy  tarkibidir,  ikkinchidan  grunt  zarralari  yuzasida  bo„g„larning 
kondensatsiyasi natijasida suvning boshqa turlarining hosil bo„lishiga olib keladi.  


56
 
 
Gruntdagi  gazsimon  komponentlar  atmosfera  havosiga  nisbatan  juda  ko„p 
marotaba  (tahminan  2000  marta)  radiofaol  emanatsiyaga  boydir.  Atom  og„irligi 
222 bo„lgan gazsimon element nisbatan katta radiofaollikka ega bo„ladi. 
Gazli  komponentlar  ichida  geliy  insoniyatda  nisbatan  ko„proq  qiziqish 
uyg„otadi.  Geliy  yer  qobig„ining  juda  chuqurligidan  yer  yuzasiga  ko„tarilib 
chiqadi.  Tektonik  yoriqliklarning  borligi  uning  pastdan  yuqoriga  qarab 
harakatlanishini engillashtiradi. Tektonik yoriqliklar bor bo„lgan joylarda geliyning 
konsentratsiyasi, ya‟ni miqdori katta bo„ladi. 
Grunt tarkibida bo„lgan metan (CN
4
) va og„ir vodorod sulfidlari katta ahami- 
yatga ega. Yer qobig„ining pastki qatlamlarida tabiiy yonuvchi gazlar yig„ilib juda 
katta miqdorni tashkil qilishi mumkin, bu juda katta amaliy ahamiyatga ega. Tabiiy 
yonuvchi  gazlarga  metan  (98%  gacha),  etan,  propan,  butan,  izobutan  va  pentan 
kabilar kiradi. 
Tuproqdagi havoda og„ir vodorod sulfidlarining bo„lishi neft yotqiziqlaridan 
darak  beradi  va  geologlar  tomonidan  neftli  tumanlarda  qidirish  ishlarini  olib 
borishda foydalaniladi.  

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish