Gruntlarning
yopishqoqligi.
Gruntlarning
yopishqoqligi
(jismlarga
yopishishi) deb ma‟lum miqdorda tarkibida suv bo„lganda har xil buyumlarning
yuzasiga yopishib qolish qobiliyati tushuniladi. Bu holat bog„langan (gilli va
lyossli) gruntlar uchun muhim tavsifga ega. Ular uncha katta bo„lmagan tashqi yuk
(0,1-0,5 MPa) va namligi miqdori plastiklikning quyi chegarasidan qisman yuqori
bo„lganda, shuningdek, yuk katta (bir va o„nlarcha MPa) va namlik – maksimal
molekulyar suv sig„imidan kam bo„lganda yuz beradi. Keyinchalik namlikning
oshishi bilan yopishqoqlik tez osha boshlaydi va berilgan grunt uchun maksimal
qiymatga erishib tez kamayadi (3.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |