A. D. Kayumov gruntshunoslik


-rasm. Grunt yopishqoqligining namlikka bog‘liqlik grafigi



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   147
Bog'liq
gruntshunoslik

3.1-rasm. Grunt yopishqoqligining namlikka bog‘liqlik grafigi: 1 – 
boshlang„ich yopishqoqlikdagi namlik; 2 – maksimal yopishqoqlikdagi namlik; 3 – 
gruntlarni maksimal yopishqoqligi. 
 
Yopishqoqlik faqat nam  gruntlarda yuzaga keladi. Ular bir tomondan 
bog„langan  suv  molekulalari  va  grunt  zarralari  orasida,  boshqa  tomondan 
suv  molekulasi  va  gruntga  tegib  turgan  jism  yuzasi  orasida  hosil  bo„lgan 
o„zaro  ta‟sir  kuchlari  natijasida  sodir  bo„ladi.  Gruntlar  yopishqoqligining 
miqdoriy ko„rsatkichlari jismga yopishib qolgan har xil namlikdagi gruntni 
ajratib  olishga  kerak  bo„ladigan  kuchlanishga  (kvadrat  santimetrga  nyuton, 
G/sm

≈  0,01  N/sm
2
)  teng  bo„ladi.  Uning  asosiy  ko„rsatkichlari  bo„lib 
boshlang„ich  yopishqoqlikdagi  namlik,  maksimal  yopishqoqlikdagi  namlik 
va gruntlarning maksimal yopishqoqligi (3.1-rasm) hisoblanadi.  


90
 
 
Yopishqoqlik  qiymati  va  namlikning  tavsifiy  miqdori  gruntlarning 
granulometrik  va  mineral  tarkibi,  kationlarning  almashinuv  tarkibi,  grunt  holati 
(uning  namligi,  zichligi,  strukturasi  va  b.),  shuningdek,  yopishuvchi  jism  holati, 
uning  yuzasi  tavsifi,  gruntni  jismga  bosuvchi  yukning  qiymati  va  boshqa  omillar 
bilan aniqlanadi. Gruntlarda yopishqoqlikning hosil bo„lishi asosiy shartlaridan biri 
ularda  gil  minerallari  va  organik  yuqori  dispers  zarralar,  shuningdek,  miqdor 
jihatidan  maksimal  gigroskopik  qiymatdan  ortiq  bo„lgan  suvlarni  borligidir. 
Qolgan omillarning hammasi yopishqoqlikning mutlaq qiymatiga ta‟sir qiladi. 
Gruntlarning  yopishqoqligi  ko„p  jihatdan  uning  granulometrik  tarkibiga 
bog„liq  bo„ladi.  Bu  har  xil  solishtirma  yuza  va  gidrofillikka  ega  bo„lgan  har  xil 
granulometrik  fraksiyalarning  yopishqoqligi  bir  xil  bo„lmaganligi  bilan 
tushuntiriladi.  Masalan,  kaolinitli  glinadan  ajratib  olingan  diametri  1  mkm  dan 
kichik bo„lgan zarrachaning yopishqoqligi, B.Ya.Kalachev ma‟lumotlariga asosan, 
10  N/sm
2
  dan  ortiq bo„ladi, shu bilan  birgalikda  1-2, 2-5 va  5-10  mkm  o„lchamli 
fraksiyaning  yopishqoqligi  mos  ravishda  7,  3  va  1,2  N/sm
2
ga  teng.  S.S.Morozov 
og„ir lyossimon suglinokdan ajratib olingan gilli zarralarning yopishqoqlik qiymati 
(˂1  mkm)  11,7  N/sm
2
ga  yetishini  isbotladi,  shu  bilan  birgalikda  suglinokning 
o„zining yopishqoqligi 0,6 N/sm
2
 teng. 
Qum  va  supeslarning  0,2-0,3  dan  5-6  N/sm
2
  gacha  o„zgaradigan  (0,8  MPa 
yuk ostida ko„pincha 0,5-2 N/sm
2
) yopishqoqligi gilli gruntlarning yopishqoqligiga 
nisbatan  juda  kam.  Supeslarda  gil  zarralari  miqdorining  ortishi  bilan  bir  vaqtda 
maksimal  yopishqoqlik  va  unga  mos  keluvchi  yopishqoqlik  hamda  uning 
boshlang„ich yopishqoqligi namligi ortadi. 
 
Gruntarning  yopishqoqligiga  mineral  tarkibi  sezilarli  darajada  ta‟sir  qiladi, 
chunki  u  bir  tomondan  uning  dispersligini  belgilaydi,  boshqa  tomondan  –  ularda 
bog„langan  suvlarning  hosil  bo„lishiga  ta‟sir  qiladi.  Bir  xil  sharoitda 
montmorillonitli  gillarning  yopishqoqligi  kaolinli  va  gidroslyudalilarnikiga 
nisbatan mos ravishda 5 va 2 marta yuqori bo„ladi.  


91
 
 
 
Gilli  gruntlarning  yopishqoqligi  almashinuv  kationi  tarkibiga  bog„liq 
ravishda  sezilarli  o„zgaradi.  Na
+
  gruntlarning  yopishqoqligini  sezilarli  darajada 
(sho„rhoklarning  yopishqoqligi  kattaligi  shu  bilan  bog„liq)  oshiradi.  Gruntlarda 
polivalentli  almashinuv  kationlarining  bo„lishi  ularning  yopishqoqligini 
kamaytiradi.  Almashinuv  Ca
+
  ning  bunday  ta‟siri  ko„p  holatlarda  organik 
moddalarning  miqdori  ko„p  bo„lishi  bilan  muvozanatga  keltirilishi  mumkin, 
natijada yopishqoqlikning qiymati keskin ortadi. 
 
Strukturasi  buzilmagan  gruntlar,  tarkibi  jihatidan  o„zlari  bilan  bir  xil 
bo„lgan,  tuzilishi  buzilgan  gruntlarga  nisbatan,  doimo  yopishqoqligini  kamligi 
bilan tavsiflanadi. 
 
Gruntlarning yopishqoqlik qiymatlariga, yopishuvchi jismga ta‟sir qiluvchi, 
tashqi bosim katta ta‟sir qiladi. Siquvchi kuchning oshishi bilan yopishqoqlikning 
mutlaq  qiymati  kerakli  darajada  kuchli  oshadi,  boshlang„ich  va  maksimal 
yopishqoqliklarning  namlik  qiymatlari  kamayish  tomoniga  suriladi.  Bu  surilish 
tashqi  bosimning  farqlari  kerakli  darajadan  uncha  katta  bo„lmaganda  ham  aniq 
bilinadi va gruntlar yopishqoqligini tavsiflovchi (shuning uchun tajriba jarayonida 
doimo  gruntga  shtamp  bergan  vertikal  yukni  ko„rsatish  kerak)  asosiy 
ko„rsatkichlarni dinamik (harakatchang) tavsifli ekanligini ko„rsatadi.  
 
Buzilgan  tuzilishga  ega  bo„lgan  kuchli  namlangan  gruntlarning  yopi-
shqoqlik qiymatiga shtampga ta‟sir qilayotgan yukning vaqti sezilarli ta‟sir qiladi,  
shu bilan birgalikda har xil mineral tarkibdagi gruntga bu omilning ta‟sir qilishi har 
xil bo„ladi. 
Yopishqoqlik  miqdori  gruntning  qanday  jismga  (metall,  rezina,  teri, 
yog„och va b.) yopishib turishiga ham bog„liq. Eksperiment yo„li bilan gilli 
gruntlar  yog„och  va  rezinkaga  nisbatan  temirga  kuchli  yopishishi, 
shuningdek  qumli  va  torfli  gruntlar  aksincha  metallga  ko„proq  yopishishi 
aniqlangan.  O„zaro  ta‟sirlanayotgan  grunt-jism  tizimining  harorati  oshishi 
bilan yopishqoqlik kamayadi.  
Gruntlarning  yopishqoqligi  yo„l  va  tuproqlarni  qayta  ishlovchi 
mashinalarning ishlash sharoitini aniqlovchi omillardan biri hisoblanadi. Yer 


92
 
 
va  transport  mashinalari  va  mexanizmlarining  ishchi  elementlari  yuzasiga 
gruntlarning  yopishib  qolishi,  karyerlarda,  kotlovanlar  va  boshqalarni  qazishda 
ularning ish unumdorligini pasaytiradi. 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish