16.4.
Statsionar
manbalardan
chiqadigan
chiqindilar
va
harakatlanuvchi manbalarning atmosferaga havosiga ta‘siri
Tayanch tushuncha va iboralar:
Ekologiya, tabiiy resurs, sanoat
markazlari, atmosfera, biologik, statsionar, tabiiy ifloslanish manbalari,
sinergik effekt, ifloslanish manbalari, issiqlik elektr stantsiyalari,
sanitariya-gigienik xavfi, kimyoviy transformatsion mahsulotlar, granosan
va merkusan, statsionar ko‗chma qizil kitob, ekotizim, biologik xilma-xillik
to‗g‗risidagi konvensiyaga, radiatsiyaviy monitoring, chiqindilarini
utilizatsiya qilish, atmosferaning ifloslanish indeksi , iqtisodiy baxolash.
16.1. Ekologiya, tabiat, tabiiy resurs va tabiiy sharoit
tushunchalarining iqtisodiy mohiyati hamda tabiat bilan jamiyat
o‗rtasidagi munosabatlar
Tabiat o‗ziga xos murakkab tizim bo‗lib, inson va jamiyat uning
hosilasidir. U tabiat evaziga mavjud va rivojlanadi. Inson o‗z ehtiyojlarini
tabiat hisobiga qondiradi. U tabiatdan havo, suv, oziqovqat, mineral va
yonilg‗i xomashyolarini oladi va o‗zining hayot faoliyati davomida tabiatga
o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Natijada tabiat uchun yod bo‗lgan yangi obyektlar
vujudga keladi. Bular: shahar va qishloqlar, zavod va fabrikalar, yo‗llar,
konlar, suv omborlari, qishloq xo‗jalik yerlari va boshqalardir. Inson aql-
idroki va mehnati tufayli yuzaga kelgan bunday antropogen landshaftlar
atrof tabiiy muhitiga o‗z ta‘sirini ko‗rsatmay qolmaydi. Yer yuzida aholi
sonining keskin o‗sib borishi, fan va texnikaning shiddatli taraqqiyoti,
mamlakatlar hududida tabiiy resurslarning bir tekis tarqalmaganligi mavjud
441
tabiiy resurslardan imkon qadar ko‗proq foydalanish va shu yo‗l bilan
jamiyat taraqqiyotini tezlatishni taqozo qiladi. Natijada tabiat va inson
o‗rtasidagi o‗zaro munosabat qonunlari buziladi. Bu qonunlarning
buzilishi esa ertami-kechmi ekologik inqirozga olib keladi. Hozirgi kunga
kelib, butun dunyodagi ekologik holat ko‗pchilikni birdek bezovta
qilmoqda. Ekologik halokat ko‗z o‗ngimizda dahshatli tus olmoqda. Atrof-
muhitni muhofaza qilish va mavjud tabiiy resurslardan samaraii
foydalanish masalalari dolzarbligicha qolmoqda. Hozirgi ekologik
inqirozning sababchisi va o‗z aqli zakovati bilan shu inqirozdan xoli
etuvchisi ham Inson ekanligi ma‘lum bo‗lib qoldi. Atrof-muhitni
ifloslanishdan saqlash, tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanish ko‗p
jihatdan insonlar qaysi jamiyatda yashashlaridan qat‘i nazar insonlaming
ekologik savodxonlik darajasiga va ekologik madaniyatiga bog‗liq.
Mustaqil respublikamizdagi ekologik muammolarni hal qilish uchun
aholining ekologik savodxonligini oshirish eng ustuvor vazifalardan
hisoblanadi.
Jamiyat rivojlanishi, tovar va xizmatlarning takror ishlab chiqarish
jarayoni doimiy inson va tabiat o‗rtasidagi o‗zaro aloqalar asosida amalga
oshiriladi. Kishilik jamiyatining taraqqiyoti, xo‗jalik sub‘ektlarining
iqtisodiy faoliyati doimo atrof-muhitga ta‘sir ko‗rsatadi. Resurslardan
oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasi barqaror hamda
muvozanatli rivojlanish asosini tashkil etadi. Bugungi kunda Jahon
amaliyotida barqaror rivojlanishni ta‘minlash birlamchi maqsadga aylandi.
Iqtisodiy munosabatlarni o‗z ichiga olgan tizim doimo tabiatga ta‘sir etish
asosida ro‗yobga chiqadi. Ya‘ni, iqtisodiy tizim va ekologiya uzluksiz
bog‗liqlikni ifodalagani holda, bir-birini inkor etishi ham tabiiydir. Inson
tabiatga ta‘sir qilish barobarida iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi. Bunda,
iqtisodiy samaradorlikni doimiy oshirish uchun ekologik muvozanatni
saqlash muhim hisoblanadi. Ya‘ni, iqtisodiy va ekologik tizim o‗zaro
aloqasining samaradorligini ta‘minlash muhimdir. Jumladan, iqtisodiyotda
innovatsion faoliyatni keng jalb etish asosida resurslardan oqilona
foydalanish hamda ekologik vaziyatni barqarorlashtirish kabi masalalarni
ham ta‘minlash zarur. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi
tomonidan 2015 yil 25 sentyabrda qabul qilingan «Barqaror rivojlanish
maqsadlari» doirasida ekologik barqarorlikni ta‘minlash, iqtisodiy tizim
rivojlanish darjasini oshirish maslalariga e‘tibor qaratilgan ―Barqaror
rivojlanish‖ tushunchasi atrof-muhit va rivojlanish bo‗yicha Xalqaro
442
komissiya (Brutland Komissiyasi) tomonidan 1987 yilda kiritilgan.
Barqaror rivojlanish bu joriy ehtiyojlarni kelgusi avlod talab ehtiyojlarini
xavf-xatarga qo‗ymagan holda qondirishdan iboratdir. Barqaror rivojlanish
kontseptsiyasi jamiyatning uch faoliyat sohasini ( ijtimoiy, iqtisodiy,
ekologik) birlashishi natijasida paydo bo‗lgan
74
. Ekologik nuqtai nazardan
barqaror rivojlanish biologik va fizik tizim barqarorligini ta‘minlashi
lozim. Bunda asosiy e‘tibor ekologik tizimlarni o‗zgarishlarga
moslashishni ta‘minlashdan iborat bo‗ladi. Shunday bo‗lsa-da, tabiiy
resurslarning emirilishi, atrof-muhit ifloslanishi va biologik turlarning
yo‗qolishi ekologik tizimning nobarqarorligiga ta‘sir etadi hamda ularning
tiklanish imkoniyatini yo‗qotadi
75
. Ekologik jarayon kishilarning atrof-
muhitga munosabati asosida shakllanar ekan, ushbu jarayon cheklangan
resurslardan samarali foydalanishni nazarda tutadi. Bu esa barqarorlik
asosida iqtisodiy-ekologik tizimni bir butun o‗rganishni talab etadi.
Intellektual resurslardan foydalanmay, ilg‗or fan-texnika va texnologiyalar
va innovatsiyalarni faol qo‗llamay turib, iqtisodiyotni muvozanatli
o‗sishiga erishilmaydi hamda hududlarning iqtisodiy-ekologik tizimlarini
barqaror rivojlantirishni amalga oshirib bo‗lmaydi. Iqtisodiy-ekologik
tizimlarning barqarorligi bu uning tashqi ta‘sir natijasida ichki muhit
elementlari orasidagi muvozanatni mustaqil ta‘minlash imkoniyati bilan
izohlanadi.
76
Umumiy holda esa tashqi muhitning salbiy ta‘sirlari sharoitida
iqtisodiy-ekologik tizimlar o‗z elementlarining xususiyatlari, sifat va
miqdor xossalarini hamda o‗zaro aloqadorligini saqlay olishi uning
barqarorligini ifodalaydi. Ya‘ni, iqtisodiy-ekologik tizimlar noqulay tashqi
ta‘sirda o‗z vazifalarini zaruriy darajada bajarsa barqaror hisoblanadi
Shunday bo‗lsa-da, iqtisodiy-ekologik tizimlarning barqarorligini tadqiq
etgan olimlar o‗z izlanishlarida ushbu tushunchaga turlicha ta‘rif beradilar.
Jumladan, iqtisodiy-ekologik tizimlarninng barqarorligi – tizim osti
elementlari holatini tavsiflovchi o‗lchamlari muvozanatini yoki tizim osti
elementlarining o‗zaro aloqasi, ularning tashqi va ichki ta‘sirlarga bardosh
bera olish imkoniyati va kuchidir
75
.
74
Troitskiy V.A., Gizatullin X.N. Kontseptsiya ustoychivogo razvitiya: novaya sotsialno-ekonomicheskaya paradigma //
Obhestvennoe nauki i sovremennost. 1998. №5. С. 124-130.
75
Munasingxe M., Kruz V. Ekonomicheskaya politika i okrujayuhaya sreda. Opit i vivodi. Publikatsii Vsemirnogo banka
po problemam okrujayuhey sredi. Vip. 10. Vashington, okrug Kolumbiya, 1995.
76
Malo‗shev A.A., Solodkov N.N. Faktori, vliyayuhie na ustoychivost ekologo-ekonomicheskoy sistemi // –М.: №1(30).
2014. С. 129-135.
443
D.A.Munro tomonidan berilgan ta‘rifda, ekologik tizimni himoya
qilgan tarzda yashab, aholi turmush darajasining sifati ortishi bilan
rivojlanib borish barqaror deya, tavsiflanadi.
77
O.L.Makaeva fikricha, iqtisodiy-ekologik tizimlar barqarorligi bu hududiy
tizimning iqtisodiy, texnologik, demografik, ijtimoiy, milliy, siyosiy
o‗lchamlarining barqarorligidan iboratdir.
V.N.Leksin va A.N.Shvetsovlar ta‘rifida, iqtisodiy-ekologik tizimlar
barqarorligi ostida muvozanatlik va ijtimoiy yo‗naltirilganlik sharoitida
mintaqa salohiyatini uzoq muddat takror ishlab chiqarish uchun saqlanishi,
deb o‗tilgan.
E.V.Korchagina fikricha, iqtisodiy - ekologik tizimlar barqarorligi bu
atrof-muhitning ijtimoiy, madaniy va ekologik o‗lchamlarini saqlagan
holda
biznes-muhit
o‗zgarishlari sharoitida tizimning iqtisodiy
maqsadlarning amalga oshirish darajasi imkoniyatlaridir. Boshqa bir
manbada berilishicha, tashqi va ichki omillar ta‘sirida o‗zining ichki
aloqalari hamda amal qilish tavsifini uzoq muddat saqlash imkoniyati
bo‗lib, barqaror rivojlanish yo‗nalishida jahon hamda mamlakat
iqtisodiyotining barcha harakati ishtirokchisi bo‗lishligi bilan asoslaniladi.
Demak, u yoki bu muallif tomonidan amalga oshirilgan izlanishlarda,
berilgan ta‘riflar markazida iqtisodiy-ekologik tizimni jamiyatning
iqtisodiy rivojlantirish, atrof–muhitni o‗zaro ta‘siri hamda o‗zaro
bog‗liqligi nazarda tutilmoqda. Bunda, asosiy e‘tibor iqtisodiy-ekologik
tizimlar tarkibi hisoblangan iqtisodiy va tabiiy resurslarning bog‗liqligini
hamda amal qilishini tavsiflashga qaratilgan.
Shu bilan birga, hududiy iqtisodiy-ekologik tizimlarga ham bir qator
mualliflar ta‘rif berib o‗tishgan. Jumladan, T.A.Akimova va V.V.Xoskin
fikricha, chegaralangan aniq hudud, texnosferaning qismi, ya‘ni ijtimoiy,
tabiiy va ishlab chiqarish tarkibi hamda energiya va axborot oqimlari
o‗zaro qo‗llab-quvvatlovchi aloqador jarayondir.
78
Hududiy yoki mahalliy
darajada iqtisodiy-ekologik tizimlar ekosferaning aniq chegaralangan
mintaqasi bo‗lib, tabiiy-ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidan iboratdir.
Inson o‗z hayoti davomida ehtiyoji uchun zarur bo‗lgan moddiy
narsalarning barchasini tabiatdan oladi. U tabiat bilan o‗zaro chambarchas
77
Munro D.A. Caring for the Earth: A Strategy for Sustainable Living / D.A.Munro. – Gland, Switzerland. Retrieved on:
2009-03-29.
78
Akimova T.A., Xaskin V.V. Ekologiya. Chelovek – Ekonomika – Bio – sreda: Uchebnik dlya vuzov. -2-e izd., pererab.
i dop.
444
bog‗langan. Fan-texnika rivojlangani sari insonning mehnat qurollari
takomillashib boradi. Natijada u o‗zini o‗rab turgan tabiatning
xususiyatlarini o‗zgartirib, o‗ziga xos "muhit‖ yaratadi. Shuning uchun,
jamiyat va tabiat munosabatlari haqida gapirganda tabiiy muhit,
geografik muhit, atrof-muhit, texnogen muhit kabi tushunchalar
qo‗llaniladi.
Tabiat
– bizni o‗rab olgan borliq, olam. Tabiat vaqt va fazoda
cheksizdir, to‗xtovsiz ravishda harakatda, rivojlanishda va o‗zgarishda
bo‗ladi. Jamiyat ham tabiatning, moddiy olamning o‗ziga xos bir
bo‗lagidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |