A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


O‗zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini eksport



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

O‗zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini eksport 


404
qiluvchilar uyushmasiga
birlashadilar. Bunda ularga SSP, Adliya vazirligi 
va biznes-ombudsman ko‗mak beradi. 
Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar axborot portali
ishga tushiriladi. U «TradeUzbekistan.com» elektron savdo maydonchasi, 
DSQ va DBQ axborot tizimlari bilan integratsiyalanadi. Portal meva-
sabzavot mahsulotlari etishtiruvchilar va eksport qiluvchilar, salohiyatli 
import qiluvchilar va h.k. to‗g‗risida axborot olish, shuningdek eksport 
jarayonining barcha bosqichlarini real vaqt rejimida kuzatish imkonini 
beradi. 
15.3. Mintaqa iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish va uning 
samaradorligini oshirish omillari. Qo‗shma korxonalarni rivojlanishi 
Bugungi kunda O‗zbekiston iqtisodiyotini yanada yuksaltirish ko‗p 
jihatdan integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga bog‗liq. Chunki ishlab 
chiqarish samarasi bevosita bir qator ichki va tashqi omillar hamda 
holatlarga uyqashib ketadi. 
Sir emas, endilikda korxonalar yakka tartibdagi ishlab chiqarishni 
rivojlantirsalar, bozor sharoitida bu jarayon uzoq davom etmaydi. Masalan, 
Yaponiyada «Toyota» avtomobilini tayyorlash hamda butlash uchun o‗n 
uchta davlatdan zarur detallaru butlovchi qismlar olinadi. Bu mamlakat va 
korxona iqtisodiyotining kelgusi taraqqiyoti uchun o‗zaro integratsiyani 
rivojlantirish darkorligini ko‗rsatadi. 
Iqtisodiy integratsiya hozirga qadar atroflicha o‗rganilgan va ilmiy 
adabiyotlarda u haqda talay tushunchalar bayon etilgan. Shunday esa-da, 
biz ham ushbu muammoga nisbatan o‗z yondashuvimizni va fikrimizni 
bildirishni lozim topdik. 
«Integratsiya» aslida lotincha so‗z bo‗lib, keng ma‘noda qo‗llaniladi. 
Jumladan, davlatlar, regionlar, kompaniya va korxonalar o‗rtasida 
tashkiliy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa yo‗nalishlardagi 
hamkorlikni mustahkamlashni ifodalaydi. Ma‘no-mohiyatiga ko‗ra, bir 
necha turga bo‗linadi. Ular orasida iqtisodiy integratsiya ayni jabhada 
davlatlararo aloqalarni o‗rnatishi, har bir mamlakatda sturukturaviy 
o‗zgarishlar negizida milliy xo‗jalikni texnologik modernizatsiyalash va 
uning raqobatbardoshligini ta‘minlanishi bilan alohida ajralib turadi. 
Ayniqsa, hozirgi davrda jahon xo‗jaligini va tashqi iqtisodiy aloqalarni 
rivojlantirishda ekzogen omil ta‘siri ostida milliy iqtisodiyotning kelgusi 


405
taraqqiyoti hamda barqarorligini ta‘minlab, samaradorligini oshirish uchun 
puxta zamin yaratadi. 
Ma‘lumki, yurtimizda 2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi 
hamda Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari 
yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi [1]. Ularda 
mamlakatdagi integratsiya jarayonlarini va tashqi iqtisodiy aloqalarni 
rivojlantirish masalalariga ham alohida e‘tibor qaratilgan. 
Harakatlar strategiyasi dasturi doirasida tashqi siyosiy va tashqi 
iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo‗yicha ishlab chiqilgan kontseptsiya 
O‗zbekiston iqtisodiyotini, chunonchi, vertikal integratsiyani tashkil etish 
va rivojlantirish borasida dasturilamal hujjat vazifasini o‗taydi. 
Kontseptsiyada integratsiyaning yangi modeli taklif etilgan. U iqtisodiy 
adabiyotlarda «savdo» yoki «kon‘yunktura» deb nomlanadi. 
Yangi kontseptsiyaning asosiy maqsadi tashqi iqtisodiy siyosatda 
markaziy o‗rin egallash uchun o‗zbek eksportini yangi bosqichga 
ko‗tarishdan, ya‘ni xalqaro ishlab chiqarishning progressiv shakllarini va 
ilmiy-texnik kooperatsiyani rivojlantirish uchun investitsion hamkorlik 
hamda innovatsion loyihalarni birgalikda amalga oshirishdan iboratdir. 
Hozir integratsiya jarayonlari erkinligini iqtisodiy adabiyotlarda umum 
qabul qilingan qoidaga tayangan holda ta‘minlash iqtisodiy o‗sishga va 
millatning turmush darajasi farovonlashishiga olib keladi. Rivojlangan 
davlatlar tajribasidan ayon bo‗lishicha, ular turli sharoitlarda integratsiya 
jarayonlarini liberallashtirish ishlarini muvaffaqiyatli olib borganlar. Shu 
bois iqtisodiy ziddiyatlarni kamaytirishga erishganlar va iqtisodiy 
rivojlanish sur‘atlarini ko‗targanlar. 
O‗zbekistonda Istiqlol yillari integratsiya jarayonlarini erkinlashtirish 
eksport va import sturukturasini o‗zgartirdi. Masalan, 2017 yili eksport 
tarkibida tayyor mahsulotlar 72 foizni tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasi 
esa 26907,6 million AQSH dollariga etdi. Integratsiya jarayonlarini davlat 
tomonidan tartibga solishdan maqsad esa uning faoliyati samaradorligini 
ta‘minlash uchun huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy sharoitlar yaratishdir. 
Davlat bu jarayonning strategik maqsadlarini belgilab borishi lozim. 
Ayniqsa, 
eksportni 
rivojlantirish, 
o‗zbek 
eksporti 
tuzilishini 
takomillashtirish, eksport qilinayotgan mahsulotlar turini ko‗paytirish va 
sifatini oshirish, eksportning tovar va geografik tuzilishini rivojlantirish, 
xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlikning ilg‗or shakllaridan foydalanish, 


406
boshqa ishlarni tashkillashtirish va kadrlar tayyorlashni yaxshilash 
masalalariga jiddiy e‘tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. 
Shunday qilib, integratsiya jarayonida eksport-import operatsiyalari 
ishlab 
chiqarishni 
kooperatsiyalash, 
investitsiyaviy 
hamkorlikni 
kuchaytirish rejalari bilan boyitilishi lozim. Bundan tashqari, xorijiy 
kapital, yangi texnologiyalar, lizing bo‗yicha jihozlar va hokazolardan 
qayta ishlab chiqarishning barcha pog‗onalarida unumli foydalanish zarur. 
O‗zbekiston integratsiya jarayonlarini yanada rivojlantirish uchun 
xalqaro amaliyotga bog‗liq muayyan masalalarni ijobiy hal etishi lozim. 
Birinchidan, Jahon savdo tashkilotiga a‘zo bo‗lishi, ikkinchidan, o‗zga 
davlatlar bilan integratsiya kelishuvlarini amalga oshirishda savdo oqimlari 
tuzilishi va dinamikasi huquqlararo komissiyalarda hal qilinishiga erishishi, 
uchinchidan, ikkilamchi soliqqa tortish va investitsiyalar himoyalanishi 
masalalarini chuqur o‗rganib chiqishi kerak. 
Baralla aytish mumkinki, yaqin va qo‗shni davlatlar bilan 
integratsiyani tezlashtirish kelgusida Vatanimiz iqtisodiyotini ko‗tarish 
uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratadi. Hozir O‗zbekiston Rossiya, 
Belarus, Ukraina, Ozarbayjon, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yaxshi 
savdo-siyosiy aloqalar o‗rnatgan. Shuning sharofati o‗laroq, yurtimizda 
ko‗plab qo‗shma korxonalar ishlab turibdi. Biz kelgusida MDH 
mamlakatlari bilan bir qator muammolarni, jumladan, davlatlararo o‗zaro 
majburiyatlarni bajarish, tovarlarni sotish bo‗yicha qarzdorlikni bartaraf 
etish, diyorimizda ishlab chiqarilgan tovarlar hamdo‗st davlatlar hududida 
erkin sotilishini ta‘minlash masalalarini ijobiy hal etish choralarini 
ko‗rishimiz shart. 
Xususan, 
mamlakatda 
asosan 
xorijiy 
kapital 
ishtirokidagi 
korxonalarning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi, 
Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog‗iston Respublikasi va Koreya 
Respublikasi hissalariga to‗g‗ri keladi.
2019-yilning 1-iyo‗l holatiga xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan 
korxonalar 9 014 tani tashkil etdi. O‗tgan yilning shu davriga nisbatan 2 
720 taga yoki 43,2 %ga o‗sgan. Shundan mintaqa kesimida eng yuqorisi 
Toshkent shahrida (5 427 ta), Samarqand (465 ta), Farg‗ona (348 ta) 
viloyatlari hissasiga to‗g‗ri keladi. Nisbatan kamroq ko‗rsatkichlar bilan 
Xorazm (111 ta), Sirdaryo (129 ta) viloyatlari hamda Qoraqalpog‗iston 
Respublikasida (125 ta)ni tashkil qiladi (15.1-rasm). 


407

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish