408
iqtisodiyotga 200 milliard AQSH dollaridan ortiq miqdorda investitsiya
kiritildi. Shundan 70 milliard dollari xorijiy investitsiyalardan iborat bo‗ldi.
O‗zbekistonning investitsiya qonunchiligi
MDX mamlakatlarinikiga
nisbatan ancha pozitivdir. Chunki unda xalqaro investitsiyaviy huquqning
barcha jihatlari e‘tiborga olingan. Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni
jalb etish ishlari huquqiy jihatdan «Investitsiya faoliyati to‗g‗risida»gi,
«Chet el investitsiyalari to‗g‗risida»gi , «Chet ellik investorlar
huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‗g‗risida»gi
qonunlar bilan tartibga solinadi.
Milliy iqtisodiyotimizga investitsiyalarni
kiritish va ularni sarflash
uchun qulay sharoitlar mavjudligi quyidagilarda namoyon bo‗ladi:
1. Siyosiy va iqtisodiy barqarorlik.
2. Me‘yoriy-huquqiy baza yaratilgani.
3. Biznesga soliq va bojxona preferentsiyalari to‗g‗ri tashkil etilgani.
4. Tadbirkorlik bilan shug‗ullanish qoidalarining liberallashuvi.
5. Erkin iqtisodiy zonalar yaratilishi.
Hozir bizda xorijiy investitsiyalar uchun, kiritilgan sarmoyalar hajmiga
qarab 3 yildan 10 yilgacha bo‗lgan muddat uchun imtiyozlar belgilangan.
Jumladan:
– 300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha hajmdagi
investitsiyalar 3 yil muddatga;
– 3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha hajmdagi
investitsiyalar 5 yil muddatga;
– 5 million AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha hajmdagi
investitsiyalar 7 yil muddatga;
– 10 million va undan ko‗p AQSH dollari
hajmidagi investitsiyalar
so‗nggi 5 yildagi joriy stavkalardan 50 foiz kam hajmdagi daromad solig‗i
to‗lovi stavkalari qo‗llanilgan holda 10 yil muddatga beriladi.
Integratsiya
jarayonini
amalga
oshirishda,
avvalo,
yuqori
texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗yish, mahsulotlar
jahon standartlariga javob berishi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma
rivojlantirilishi muhim mezonlar hisoblanadi.
Integratsiyani kuchaytirishning asosiy yo‗nalishlaridan biri erkin
industrial iqtisodiy va kichik maxsus sanoatlashgan industrial zonalar barpo
etib, zamonaviy ishlab chiqarishini kengaytirishdir.
Shu nuqtai nazardan
qaraganda, oxirgi 1,5-2 yil ichida diyorimizda ishlab chiqarishni va
logistikani kengaytirish ishlari shitob bilan rivojlandi. Hozir turli shahar-
409
viloyatlarimizda 15 taga yaqin iqtisodiy, 60 tadan ziyod industrial zonalar
faoliyat yuritmoqda. Ularning asosiy
maqsadlaridan biri xorijiy
investitsiyalardan foydalangan holda, erkin zonalar va logistik markazlar
faoliyati samaradorligini oshirishdir.
Darvoqe, mahsulot ishlab chiqarishni izchil
rivojlantirish mehnat
unumdorligi
o‗sishiga,
yuqori
qo‗shilgan
qiymatli
mahsulotlar
ko‗payishiga, yirik bozorlarda foydali ishlarga qo‗l urishga, sirasini
aytganda, integratsiya jarayonlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: