371
milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta‘minlash vazifalari belgilab
berilgan. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning asosida albatta
tarkibiy o‗zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy
iqtisodiyotning yetakchi
tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning
raqobatbardoshligini oshirish masalasi turadi.
14.4-jadval O‗zbekistonda raqobat afzalligiga ega bo‗lgan sanoat
tarmoqlari
Guruhlar
Iqtisodiyot
sektorlari
Iqtisodiyot tarmoqlari
Raqobat
afzalliklari
Kuchli raqobat
mavqeiga ega
bo‗lgan tarmoqlar
Homashyo va
qazib chiqarish
Rangli metallurgiya,
paxtani qayta ishlash,
neft-gaz, og‗ir
sanoat
Yuqori
raqobatbardoshlik
afzalliklariga ega
Nisbiy
raqobatbardoshlik
mavqeiga ega
bo‗lgan tarmoqlar
Iste‘mol tovarlari
ishlab chiqarish
Mashinasozlik,
avtomobilsozlik, yengil,
kimyo, oziq-ovqat
Nisbiy past
raqobatbardoshlik
afzalliklariga ega
Potensial
raqobatbardoshlik
mavqeiga ega
tarmoqlar
Yuqori qo‗shilgan
qiymatga ega
tayyor mahsulotlar
ishlab chiqarish
Mikroelektronika
axborot
kompleksi,farmasevtika,
mikrobiologiya
Potensial
rivojlangan
raqobatbardoshlik
afzalliklariga ega
Zamonaviy O‗zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‗lamli
islohotlar qo‗lga kiritilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy muvaffaqiyatlarning
bosh omili bo‗lib qolmoqda. Pirovardida, iqtisodiyotdagi tarkibiy
o‗zgarishlar natijasida yurtimiz kun sayin ravnaq topib, mamlakatimizning
nafaqat
shaharlarida, balki qishloqlarida ham sanoat jadal rivojlanib
bormoqda, zamonaviy ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish korxonalari
barpo etilayapti.
Milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligi oshib borayotganligining
isboti tariqasida mamlakatimizda o‗tgan 2019 yilning birinchi yarimi
yakunlari bo‗yicha yalpi ichki mahsulot 5,8 foizga o‗sganligi, sanoat
mahsuloti hajmlari – 6,9 foizga, qurilish-pudrat ishlari – 20,0 foizga,
chakana savdo aylanmasi – 6,4 foizga, xizmatlar – 12,7 foizga, asosiy
kapitalga kiritilgan investitsiyalar 58,9 foizga o‗sganligi, yalpi ichki
mahsulot tarkibida sanoat ulushi 26 foizdan 30 foizga etdi, 2019 yilning
yanvar-iyo‗l oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 24,5
mlrd AQSH dollarni tashkil etib, 6,8 mlrd dollarga yoki o‗tgan yilning mos
372
davriga
nisbatan
38,6
%ga
oshganligi
uning
ijobiy
saldosi
ta‘minlanganligini sanab o‗tishimiz mumkin.
Iqtisodiyotni
modernizatsiyalash, islohotlarni chuqurlashtirish, yangi
ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarni yaratish, amalda faoliyat
yuritayotgan texnika
va texnologiyalarni yangilash, ularni qo‗llab-
quvvatlash investitsion jarayonlarni nechog‗li to‗g‗ri va samarali amalga
oshirishga bog‗liqdir. Shu boisdan ham, O‗zbekiston Respublikasi davlat
rahbari tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish,
texnik va
texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya
va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol
investitsiya siyosatini olib borishga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
Buning
uchun markazlashgan, markazlashmagan jamg‗armalar mablag‗lari, xorijiy
investitsiyalar va kreditlarni o‗zlashtirishga hamda ulardan samarali
foydalanish masalalariga urg‗u berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: