siya ko'pincha nospetsifik ko'rinishda bo'ladi, ko'krak qafasidagi
limfa tugunlari kattalashadi. Kasallik boshqa a'zolarga tezda tarqa
lishi mumkin. suyaklar, oshqozon-ichak tizimidagi a'zolar. bosh
miya zararlanishi mumkin. OIV infeksiyasi fonida rivojlangan sil
kasalligining asosiy belgilari asteniya,
doimiy yoki intermittirlan-
gan haroratning ko'tarilishi, uzoq davom etuvchi yo'tal. bemor
ning kuchli ozib ketishi, diareya. 65 % hollarda limfa tugunlarining
kattalashgani (asosan. qo'ltiq osti. bo'vin sohalaridagi) aniqlanadi.
ularning konsistensiyasi qattiq. yuzasi notekis. palpatsiyada qiyin-
lik bilan jiladi.
OIV infeksiyasida o'pkada silning ko'p o 'c h o g ii (katta
o'lchamdagi o 'c h o g ia r). tezda nekroz (o'pka to'qimasining yemi-
rilishi) beradigan va miliar shakllari ko 'p uchraydi. Ko'p hollarda
sil kasalligining boshqa banal infeksiyalar tomonidan chaqirilgan
pnevmoniya bilan birga kelishi tashxis qo'yishni qiyinlashtiradi.
Bundan tashqari. ushbu bemorlarda balg’amda mikobakteriyalar
juda kam hollardagina topiladi. shu bilan bir vaqtda.
qonda miko-
bakteriyalar ko'p topiladi. Bular ham OIV infeksiyasi bilan birga
kelgan sil uchun xos belgilardir.
Ta'kidlash kerakki, o'pkadan boshqa a'zolarning sili OIV in
feksiyasida ko 'p uchraydi. Terida esa ko'pincha skrofulodenna
ko'rinishida bo'ladi, Kaposhi Sarkomasi bilan birga kelishi mum
kin. Ftiziatrivada tashxis qo'yishda keng qo'llaniladigan tuberkulin
sinamalari OIV infeksiyasida tuberkulinga anergiya mavjudligi tu
fayli samarasizdir. Shuning uchun o'pkadan boshqa a'zolarning sil
kasalligini diagnostikasida biopsiva alohida ahamivat kasb etadi.
OIV infeksiyasining erta davrlarida 70 % bemorlarda kasallikning
infiltrativ va o'chog'li shakllari uchraydi. 15 % hollarda esa ko'krak
qafasi ichidagi limfa tugunlarining sili va disseminatsiyalangan
shakllari uchraydi. 40 % hollarda o'pkaning ikkala bo'lagi ham
zararlanadi. OIV infeksiyasining kechki
davrlarida esa infiltrativ
va o'chog'li shakllari 18.6 %, disseminatsiyalangan va ko'krak qa
fasi ichidagi limfa tugunlarining sili esa 61,4 % (ayrim mualliflar
bo'yicha esa 84.4 %) hollarda uchraydi. 36.4 % bemorlarda kasallik
91
www.ziyouz.com kutubxonasi
o'pka silining generalizatsivalashuvi oqibatida kelib chiqadi. Dis
seminatsiyalangan silda 6 tagacha ichki a'zolar zararlanadi: taloq,
jigar. buyraklar (13.6 %). limfa tugunlari (11.6 %). bosh miya par-
dalari va boshqalar. Silning bu shakllarida asosiy klinik belgilar. bu
97,7 % uchraydigan kuchli rivojlangan intoksikatsiya alomatlari.
93.2
%
hollarda uchraydigan yo'tal, 52.3 % hollarda kuzatiladigan
hansirash. Ayrim maTumotlarga ko'ra. OIV infeksiyasida sil ka
salligi rivojlanganda. 86.7 % hollarda silning gematogen dissemi-
natsiyasi bemorlarning o'limiga sabab bo'ladi, 13.3 %
hollarda esa
boshqa opportunistik infeksiyalar bilan birgalikda kelganligi o'lim-
ga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: