A. A. Xashimov, M. M. Mirxaydarov elektr yuritma


 ROSTLANMAYDIGAN ELEKTR YURITMA



Download 5,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/181
Sana29.04.2022
Hajmi5,79 Mb.
#591875
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   181
Bog'liq
2 5199554044955202142(1)

3. ROSTLANMAYDIGAN ELEKTR YURITMA.
3.1. Umumiy ma’lumotlar 
Rostlanmaydigan elektr yuritma deganda doimiy tezlik bilan (sezilarsiz 
darajada o‗zgaradigan) ishlaydigan yuritma nazarda tutiladi. Shuningdek, 
rostlanmaydigan yuritmaga ko‗p tezlikli asinxron motorlar bilan ishlaydigan 
hamda rele kontaktorli boshqariladigan faza rotorli asinxron motorli elektr 
yuritmalarni ham kiritamiz. 
Rostlanmaydigan elektr yuritmaning keng tarqalgan turlariga quyidagilar 
kiradi: qisqa tutashgan rotorli asinxron motorli elektr yuritma, faza rotorli
asinxron motorli elektr yuritma, sinxron motorlar asosidagi elektr yuritmalar. 
Rostlanmaydigan elektr yuritmalarga har qanday oraliq elektr energiyasini 
qayta o‗zgartiruvchilarsiz (chastota o‗zgartirgichi va kuchlanish rostlagich) elektr 
motorini to‗g‗ridan to‗g‗ri ulash xosdir. Rostlanmaydigan qisqa tutashgan rotorli
asinxron elektr motorlar uchun odatda quyidagi boshqaruv qo‗llaniladi: motorni 
yurgazish va ochirish, aylanish yo‗nalishini o‗zgartirish, ba‘zan motorni elektrik 
tormozlash. Sinxron motorli elektr yuritma uchun esa yuqoridagilardan tashqari 
qo‗zg‗atish tokini rostlash ham talab etiladi. Faza rotorli asinxron motorlar 
ishlatilganda yurgazishni bir maromda amalga oshirish uchun va yurgazish tokini 
kamaytirish maqsadida rotor zanjiriga yurgazish paytida qo‗shimcha qarshilik 
ulanadi. Motor tezlikka erishgan sari bu qarshilik bosqichma – bosqich 
kamaytiriladi. 
Rostlanmaydigan elektr yuritmalarni boshqaruvi aksariyat holatlarda 
kontaktli boshqaruv va himoya apparatlari yordamida amalga oshiriladi. Oxirgi 
vaqtlarda asinxron motorlar chulg‗amlarini ulash uchun tiristorli ulagich 
ko‗rinishdagi kontaktsiz apparatlardan ham foydalaniladi. 3.1 - rasmda qisqa 
tutashgan rotorli motorni kontaktli va kontaktsiz apparatlar yordamida ulash va 
teskari aylantirish sxemalari keltirilgan. 
3.1 - rasm a) da ko‗rsatilganidek, KM1 kontaktlarini ulash bilan motor 
―oldinga‖ yo‗nalishda yurgiziladi. Aylanish yo‗nalishini teskari o‗zgartirish uchun 


58 
stator chulg‗amlariga fazalarni ulash tartibini o‗zgartirish kerak. Shuning uchun 
motorni ―orqaga‖ yo‗nalishda yurgazish uchun KM2 kontaktori ulanadi. 
Kontaktsiz tiristorli yurgizgichlarni qo‗llaganda kontaktorlarni har bir qutblari ikki 
tiristor bilan almashtiriladi 3.1 - rasm b). Bu tiristorlar teskari parallel ravishda 
ulanadi. VS11, VS12, VS13 tiristorlarning boshqaruv elektrodlariga impul‘s 
berilganda motor ―oldinga‖ yo‗nalishda ulanadi. VS21, VS12, VS23 
tiristorlarining boshqaruv elektrodlariga impul‘s berilganda esa motor teskari 
yo‗nalishda ulanadi. Qisqa tutashuv toklaridan himoyalanish QF avtomatik uzgich
orqali amalga oshiriladi. 

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish