A. A. Xashimov, M. M. Mirxaydarov elektr yuritma



Download 5,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/181
Sana29.04.2022
Hajmi5,79 Mb.
#591875
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   181
Bog'liq
2 5199554044955202142(1)

1.3 Elektr yuritma tuzilishi 
Elektr yuritma – bu elektrli yurgizuvchi, uzatuvchi, energiyani 
o‗zgartiruvchi va axborot boshqaruv tuzilmalaridan tashkil topgan texnik tizim 
bo‗lib, u mashina ishchi organlarini harakatga keltirish va maqsadli boshqarish 
uchun xizmat qiladi.
Elektrli yurgizuvchi tuzilma – bu energiyani o‗zgartirib beruvchi 
elektrmexanik tizim bo‗lib, u elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib 
beradi. Motorlar hosil qiladigan mexanik energiya (harakat) turiga qarab 
aylantiruvchi, chiziqli harakatlanuvchi, qadamli va titratuvchi turlarga bo‗linadi. 
Aksariyat holatlarda aylanma harakatni beruvchi motorlar qo‗llaniladi.


27 
Elektrmotordan mashinaning ishchi qismiga harakatni uzatish uchun quyidagi 
uzatma mexanizmlaridan foydalaniladi: reduktor, transmissiya, tasmali uzatma, 
arqonli uzatma, krivaship-shatunli mexanizm, vint-gayka uzatmasi va x.k.
(1.5 - rasm). Uzatish mexanizmi mexanizmga kirayotgan tezlikning, mexanizmdan 
chiqayotgan 
tezlikka 
nisbati 
ko‗rinishidagi 
uzatish 
koeffitsienti 
bilan 
xarakterlanadi. Nasos, ventilyator kabi ba‗zi bir mashinalarda uzatish mexanizmi 
bo‗lmaydi.
1.5 - rasm. Mexanik uzatish tuzilmalari: a- reduktor; b- tishli-reykali uzatma; 
 c- baraban- arqonli uzatma; d- krivoship-shatunli mexanizm;
e- tasmali uzatma; f- vintli uzatma; g- sharik-vintli uzatma. 
O‗zgartiruvchi tuzilma elektr energiyasini o‗zgartirish uchun xizmat qiladi. 
Bu tuzilmalar elektr uzatmaning ba‗zi parametrlarini (tezlik, aylanish momenti) 
o‗zgartirish (rostlash) uchun ishlatiladi. Masalan, elektr yuritmalar elektr 
tarmog‗idan 50gts chastotaga ega bo‗lgan 220, 380, 660, 6000 va 10 000 V 


28 
kuchlanish oladi. Ba‗zi ishchi qismlar uchun esa chastotani yoki tok kuchini yoki 
kuchlanish turini (masalan o‗zgaruvchan kuchlanishdan o‗zgarmas kuchlanishga) 
o‗zgartirish talab qilinadi. Bu holda mos ravishda chastotani o‗zgartirish uchun 
chastota o‗zgartirgichlar, tok kuchini o‗zgartirish uchun transformatorlar hamda 
o‗zgarmas kuchlanish yoki tok kuchi olish uchun to‗g‗irlagichlardan foydalaniladi. 
Odatda o‗zgartiruvchi qurilmalar rostlanuvchi elektr yuritmalarda qo‗llaniladi va 
ular aksariyat holatlarda yarim o‗tkazgichli kuch elementlari – diod, 
boshqariluvchi tristor va tranzistorlar asosida qurilgan bo‗ladi.
Elektr yurgizuvchi uzatuvchi va o‗zgartiruvchi qurilmalar elektr yuritmaning 
elektrik qismidan (manba, o‗zgartirgich, elektrmotor) va mexanik qismi (siljuvchi 
element, mexanik uzatma, mashina ishchi organi)dan iborat kuch kanalini tashkil 
qiladi (1.6 - rasm).

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish