25
bir necha vatt bo‗lishi mumkin. Maishiy asboblar elektr yuritmalari quvvati 10 dan
1000 vt gacha, stanoklar elektr yuritmalari 0,25kWdan 100 kWgacha bo‗ladi va
x.k.. Elektr yuritma quvvati diapazoni juda kengdir. Shuningdek, aylanish tezligi
bo‗yicha ham elektr yuritma diapazoni juda ham keng. Masalan, «sentrifuga»
larning aylanish tezligi 100000 ayl/min.gacha yetadi. Ba‗zi bir mexanizmlarniki
esa 1 ayl/mindan kam bo‗ladi.
Aksariyat ishchi mashina va mexanizmlar elektr motorlari orqali harakatga
keltiriladi.
Motor reduktor, transmissiya, krivoship-shatunli mexanizm kabi
harakatni mashinaga uzatib beruvchi mexanik qurilmalar hamda nazorat-boshqaruv
tuzilmalari bilan birgalikda ishchi mashinalar ishlashining energetik, kinematik va
kibernetik asosini tashkil etuvchi elektr mexanik tizim bo‗lib xizmat qiladi.
Prokat stani, ekskavator kabi bir nechta ishchi organlarga yoki bir nechta
o‗zaro uzviy bog‗liq bo‗lgan texnologik jarayonlardan tashkil topgan murakkab
texnologik mashina komplekslarida elektr energiyasini
taqsimlovchi va
boshqaruvchi tizimlar bilan ularning elektr yuritmalari birgalikda mashinaning
elektrmexanik majmuasini tashkil qiladi.
Ishlov berish tezligining kattaligi, texnologik operatsiyalarning yuqori va
mo‗tadil aniqlikda bajarilishi yuqori dinamikali, avtomatik
boshqaruvli elektr
yuritmalarni qo‗llashni taqozo etadi. Texnologik jarayonlarni amalaga oshirishda
moddiy va energetik tejamlilikka intilish texnologik jarayonni optimallashtirish
bilan bir qatorda elektr yuritmani ham optimallashtirishni taqazo qildi. XX asr
oxirlarida erishilgan mashinasozlik ishlab chiqarishining texnik rivojlanishi
pog‗onasida elektrmexanik komplekslar va tizimlar texnologik qurilmalar, mashina
va mexanizmlarining texnologik imkoniyatlari va texnik
darajasini aniqlaydigan
bo‗lib qoldi.
Zamonaviy
elektr
yuritmalarni
yaratish
elektrtexnika,
avtomatika,
mikroelektronika va kompyuter texnikasi yutuqlaridan unumli foydalanishga
asoslanadi. Bular fanning tez rivojlanayotgan jabxasi bo‗lib elektrmexanik tizimlar
rivojining yuqori dinamikasini ta‗minlaydi.
26
Oxirgi 10 yillikda avtomatlashtirilgan elektr yuritma intensiv tezkor
rivojlanishga erishdi. Birinchidan bu mashinasozlikning umumiy rivojlanishi,
texnik talablar, ishlov berish aniqligining oshishi
va ishlab chiqarilayotgan
maxsulotlar sifatini mo‗tadil ta‗minlash kabi korsatkichlarda namoyon bo‗ladi.
Ikkinchidan elektr yuritmaning faqatgina sanoatda emas balki kundalik
turmushda, qishloq xo‗jaligida, transportda, tibbiyotda va maishiy elektr
qurilmalarida qo‗llanishi bilan namoyon bo‗ladi.
Uchinchidan elektr energiyasini intensiv ishlab chiqarish bilan birga uni
tejamli va samarali ishlatishga e‗tibor berila boshlandi.
Elektr energiyasidan
elektrmexanik yo‗nalishda foydalanish samaradorligini oshirish keng ko‗lamda
elektr yuritma rivojlanishi bilan bog‗liq. Bunda fikr elektrmexanikada faqatgina
elektr energiyasi yo‗qotilishida ketmayapti, balki avtomatik boshqaruvchi elektr
yuritmani qo‗llash bilan texnologik jarayonlar optimallashishi va energiya sarfi
kamaytirilishi nazarda tutilmoqda.
Mashinasozlik va boshqa sohalardagi texnik
rivojlanishning jadallashishi,
texnik vositalar avlodlarining eskirish muddatlarini qisqarishi avtomatlashtirilgan
elektr yuritma tizimlarini va ular elementlarini rivojlantirish bo‗yicha yangi
vazifalar qo‗yadi. Mexanik harakat bilan bog‗liq bo‗lgan yangi texnologiyalar
bevosita
avtomatlashtirilgan
boshqaruvli
elektr
yuritmalarni
qo‗llashga
asoslanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: