264
Avtomat maksimal uzgichning
ishlash toki odatda
10 – 12 I
n.mot
qilib olinadi.
Bu esa motor ishga tushgandagi tok kuchi
(5,5 - 7)I
n.mot
bo‗lganda avtomatning
ishga tushib ketishining oldini oladi. Faza rotorli asinxron
motorlarda yurgazish
toki uncha katta bo‗lmaganligi uchun avtomatning maksimal uzgichi
3I
n.mot
tok
qiymatiga rostlanadi.
Motorllarning o‗ta yuklanishdan himoyasi avtomatlarning issiqlik uzgichlari
yordamida, magnitli yurgizgichlarning issiqlik relelari
yordamida yoki eriydigan
saqlagichlar yordamida amalga oshiriladi. O‗ta yuklanishdan himoya
apparatlarining ishlash toki qiymati o‗ta yuklanish davomiyligiga bog‗liq bo‗ladi.
Uzoq vaqtli o‗ta yuklanish uchun ishlash toki
(1,2 – 1,4) I
n.mot
bo‗lishi kerak. Bu
himoya motor texnologik nosozliklar natijasida zo‗riqish bilan ishlaganda yoki 3
ta fazadan birortasi yo‗qolib, motor ikki fazada qolib ketganda uni qizib ketishdan
himoya qiladi.
«Nol» himoya yoki minimal kuchlanishdan himoya kuchlanish xaddan ziyod
pasayib ketganda yoki motor energiya ta‘minoti uzilib, qayta
energiya berilganda
o‗z – o‗zidan yurib ketmasligi uchun xizmat qiladi. Bunday ximoya apparati
yurgizgich yoki kontaktor bo‗lib kuchlanish
0,6 U
n
ga tushib ketsa ta‘minotni uzib
qo‗yadi. Kuchlanish o‗z nominal qiymatiga qaytgandan so‗ng kontkator o‗z –
o‗zidan ulanmaydi, chunki «yurgazish» tugmasining blok kontakti o‗chirilgan
bo‗ladi (9.1-sxemaga qarang) motorni yurgazishga esa operator «yurgazish»
tugmasini qaytadan bosishi kerak bo‗ladi.
Oxirigi yillarda motorlarning haroratdan himoyasi ham katta ko‗lamda
qo‗llanilmoqda. Motor chulg‗amlariga harorat datchiklari o‗rnatilib, chulg‗amdagi
harorat xavfli qiymatdan oshib ketganda bu datchiklar motorni o‗chirish signalini
beradi. Bunday himoya asosan kuchlanishni o‗zgartirish yo‗li
bilan motorning
tezligini rostlash usuli qo‗llanilganda ishlatiladi.
Sinxron elektr yuritmlarda quyidagi himoya turlari ishlatiladi: kuch zanjiridagi
qisqa tutashuvdan maksimal – tokli himoya; agar texnologiya bo‗yicha elektr
ta‘minoti o‗chgandan so‗ng o‗z – o‗zidan ulanish rejalangan bo‗lmasa «nol»
himoya; sinxron motorni uzoq muddat asinxron
rejimda ishlashidan uning
265
qo‗zg‗atish chulg‗ami zanjirini minimal – tokdan himoyasi; yurgazish vaqtining
cho‗zilib ketishidan vaqt relesi yordamidagi himoya. Bunday relening vaqt tutilishi
yurgazish chulg‗ami harorati maksimal ruxsat etilgan qiymatgacha ko‗rilish
vaqti
inobatga olingan holda rostlanadi. Agar ajratilgan (rostlangan) vaqt ichida motor
sinxron rejimning ishchi xarakteristikaga erishmasa, motorni yurgazish to‗xtatilishi
va manbadan uzilishi kerak bo‗ladi.
O‗zgarmas tokli elektr yuritmalarda quyidagi himoyalar qo‗llaniladi:
- ta‘minot manba kuchlanishi qisqa vaqt yo‗qolganda qayta ishlab ketishdan
himoyalaydigan «nol» himoyasi;
- kuch zanjiridagi qisqa tutashuvlardan maksimal tokli himoya;
- cho‗tka – kollektor tugunidagi ulanish shartlari bo‗yicha
ruxsat etilagan yakor
tokini chegaralovchi maksimal tokli himoya;
- mustaqil qo‗zg‗atishli chulg‗am zanjirida minimal tok relesi yordamida minimal
– tokli himoya; bu himoya motor ruxsat eitlgan tezlikdan chetga chiqqanida elektr
yuritmani o‗chiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: