A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova


 O„zbekiston Respublikasi byudjet tizimining byudjetlari



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

4.1. O„zbekiston Respublikasi byudjet tizimining byudjetlari 
 
O‗zbekiston 
Respublikasida 
byudjet 
tizimining 
modeli 
markazlashgan bo‗lib, byudjet tizimi mos ravishda ikki darajaga ega. 
Respublika  byudjeti  byudjet  tizimining  asosiy  darajasi  hisoblanadi, 
Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  byudjeti  va  mahalliy  byudjetlar  majmui 
O‗zbekiston byudjet tizimining ikkinchi darajasini tashkil qiladi. 
O‗zbekiston  Respublikasining  respublika  byudjeti  milliy  soliq  va 
majburiy to‗lovlar hisobiga shakllantiriladi va umumdavlat xarakteridagi 
tadbirlarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi. 
Respublika byudjeti daromadlarini quyidagilar shakllantiradi: 
– umumdavlat soliqlari, yig‗imlari va to‗lovlari (yuridik shaxslardan 
olinadigan  foyda  solig‗i,  suv  resurslaridan  foydalanganlik  uchun  soliq, 
jismoniy  shaxslar  daromadlariga  soliqlar,  QQS,  aksiz  solig‗i,  yer 
qa‘ridan  foydalanuvchilar  uchun  maxsus  to‗lovlar  va  soliqlar, 
tadbirkorlik  faoliyatining  alohida  turlari  bo‗yicha  qat‘iy  belgilanganlik  
soliq, davlat boji va bojxona to‗lovlari, yagona soliq to‗lovi, yer solig‗i); 
– davlat moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirish, taqdim etish 
va ulardan foydalanishni ta‘minlashdan olingan daromadlar; 
–  meros  va  xayriya  huquqi  asosida  davlat  mulkiga  berilgan 
mablag‗lar; 
– yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet el davlatlaridan 


beg‗araz pul tushumlari
– rezident yuridik shaxslar va xorijiy davlatlarga beriladigan byudjet 
ssudalarini so‗ndirish hisobiga to‗lovlar; 
– qonunchilik tomonidan taqiqlanmagan boshqa daromadlar. 
Respublika 
byudjetining 
xarajatlari 
tasdiqlangan 
byudjet 
mablag‗lari doirasida quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: 
–  respublika  byudjetidan  moliyalashtiriladigan  byudjet  mablag‗lari 
oluvchilarning joriy xarajatlari; 
– joriy byudjet transfertlari
– kapital xarajatlar: asosiy jamg‗armalar va vositalar (jumladan, ular 
bilan  bohliq  ishlar  va  xizmatlar)  ning  davlat  ehtiyojlari  uchun  sotib 
olinishi  va  ishga  tushirilishi;  chet  elda  davlat  ehtiyojlari  uchun  yer  va 
boshqa  mol-mulkni  sotib  olish;  davlat  ehtiyojlari  uchun  yer  huquqi  va 
boshqa nomoddiy aktivlarni sotib olish; davlat zaxiralarini yaratish; 
–  yuridik  shaxslarga  kapital  xarajatlarni  qoplash  uchun  byudjet 
transfertlari; 
–Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi 
byudjetiga 
va 
mahalliy 
byudjetlarga  byudjet  dotatsiyalari,  byudjet  subvensiyalari  va  byudjet 
ssudalari; 
– rezident yuridik shaxslar va xorijiy davlatlarga byudjet ssudalari
– davlat maqsadli jamg‗armalariga byudjet dotatsiyalari va byudjet 
ssudalari; 
– davlat qarzini qaytarish va xizmat ko‗rsatish bo‗yicha to‗lovlar; 
–  qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa xarajatlar. 
Respublika  byudjetidan  umumdavlat  xarakteridagi 
tadbirlar 
moliyalashtiriladi: 
– fan, ta‘lim, madaniyat, sog‗liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport 
(respublikaga bo‗ysunadigan byudjet tashkilotlari bo‗yicha); 
– ijtimoiy ta‘minot; 
– mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta‘minlash; 
– sud va prokuratura organlari faoliyatini ta‘minlash; 
– davlat va safarbarlik zaxiralarini yaratish va ta‘minlash; 
– davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish
–davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari,  O‗zbekiston 


Respublikasining  chet  eldagi  diplomatik  vakolatxonalari  va  missiyalari 
faoliyatini ta‘minlash; 
–  iqtisodiyotning  turli  tarmoqlaridagi  respublika  bo‗ysunuvidagi 
byudjet tashkilotlarini ta‘minlash; 
–  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlariga 
muvofiq  iqtisodiyot  tarmoqlarini  rivojlantirish  bo‗yicha  aniq  maqsadli 
davlat dasturlari va chora-tadbirlarini amalga oshirish; 
–  yerlarni  meliorativ  holatini  yaxshilash,  atrof-muhitni  muhofaza 
qilish tadbirlarni amalga oshirish; 
– qishloq xo‗jalik zararkunandalariga qarshi kurash; 
– gidrometeorologiya, do‗lga qarshi tadbirlar
– qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa maqsadlar. 
Respublika  byudjeti  defitsiti,  asosan,  davlat  ichki  va  tashqi  qarzi 
hamda  moliya  yili  boshida  respublika  byudjetining  qoldiq  mablag‗lari 
hisobiga moliyalashtiriladi. 
Byudjet  tizimining  ikkinchi  darajali  byudjetlari:  Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar. 
Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  byudjeti  –  daromad  manbalari  va 
ulardan  tushumlarni,  shuningdek,  xarajat  yo‗nalishlari  va  moliya  yili 
mobaynida  aniq  maqsadlar  uchun  ajratilgan  mablag‗lar  miqdorini 
nazarda  tutuvchi  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  pul  mablag‗lari 
jamg‗armasidir. 
Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi 
byudjeti 
Qoraqalpog‗iston 
Respublikasining  respublika  byudjeti  va  respublika  (Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi)  bo‗ysunuvidagi  tumanlar  va  shaharlar  byudjetlarini  o‗z 
ichiga oladi. 
Mahalliy  byudjet  –  daromad  manbalari  va  ulardan  tushumlarni, 
shuningdek,  xarajat  yo‗nalishlari  va  moliya  yili  mobaynida  aniq 
maqsadlar  uchun  ajratilgan  mablag‗lar  miqdorini  nazarda  tutuvchi 
tegishli viloyat, tuman, shaharning pul mablag‗lari jamg‗armasidir. 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning 
daromadlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi: 
–  mahalliy  soliqlar,  yig‗imlar,  bojlar  va  boshqa  majburiy  to‗lovlar 
(mulk  solig‗i,  yer  solig‗i,  obodonlashtirish  va  ijtimoiy  infratuzilmani 


rivojlantirish  bo‗yicha  soliqlar,  transport  vositalari  uchun  benzin,  dizel 
yoqilg‗isi va gaz iste‘moli uchun jismoniy shaxslardan soliqlar, alohida 
turdagi  tovarlar  chakana  savdosi  va  ayrim  turdagi  xizmatlar  ko‗rsatish 
huquqi uchun yig‗imlar); 
–  umumdavlat  soliqlari,  yig‗imlar,  bojlar  va  qonunchilikda 
belgilangan  normativlarga  muvofiq  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi 
byudjetiga  va  mahalliy  byudjetlarga  yo‗naltiriladigan  boshqa  majburiy 
to‗lovlar; 
–  qonunchilikda  belgilangan  normativlarga  muvofiq  davlat  mulki 
obyektlarini joylashtirishdan, taqdim etishdan tushgan daromadlar; 
– meros huquqi asosida davlat mulkiga berilgan mablag‗lar, qonun 
hujjatlariga muvofiq hadyalar; 
–  yuqori  turuvchi  byudjetdan  byudjet  dotatsiyalari,  byudjet 
subvensiyalari va byudjet ssudalari
– yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, xorijiy davlatlardan 
beg‗araz pul tushumlari; 
– qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa daromadlar. 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning 
xarajatlari tasdiqlangan byudjet mablag‗lari doirasida quyidagilar tarzida 
amalga oshiriladi: 
–  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  va  mahalliy  byudjetlar 
Respublikasi 
byudjetidan 
moliyalashtiriladigan 
joriy 
byudjet 
tashkilotlari; 
– joriy byudjet transfertlari; 
–  asosiy  jamg‗armalar  va  vositalarni  (shu  jumladan,  ular  bilan 
bog‗liq  ishlar  va  xizmatlar)  davlat  ehtiyoji  uchun  sotib  olish  va  ishga 
tushirishga  kapital  xarajatlar  hamda  davlat  ehtiyoji  uchun  yerga  va 
boshqa nomoddiy aktivlarga egalik huquqini sotib olish; 
– qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa xarajatlar. 
Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  byudjeti  va  mahalliy  byudjetlardan 
quyidagilarga xarajatlar moliyalashtiriladi: 
– ilm-fan, ta‘lim, madaniyat, sog‗liqni saqlash, jismoniy tarbiya va 
sport  (Qoraqalpog‗iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 
byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari bo‗yicha); 


– ijtimoiy ta‘minot; 
– aholini ijtimoiy himoya qilish
–  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi 
organlari  va  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlarining  faoliyatini 
ta‘minlash; 
– Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi 
iqtisodiyotning turli tarmoqlariga oid byudjet tashkilotlarini ta‘minlash; 
–  qonun hujjatlariga  muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish 
uchun mo‗ljallangan maqsadli dasturlar va tadbirlarni amalga oshirish; 
– va boshqa maqsadlar uchun. 
O‗zbekiston  Respublikasi  byudjet  tizimi  quyidagi  xususiyatlarga 
ega:  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  byudjeti  va  mahalliy  byudjetlar 
balanslashgan daromad va xarajatlarga ega bo‗lishi kerak, defitsitga yo‗l 
qo‗yilmaydi. 
 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish