A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova


 Moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

3.5. Moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini 
oshirish yo„nalishlari 
 
Moliyaviy  resurslardan  foydalanish  samaradorligi  aktivlarning 
aylanish  tezligi  va  rentabellik  ko‗rsatkichlari  bilan  tavsiflanadi. 
Binobarin,  boshqaruv  samaradorligini  xarajatlarni  kamaytirish  va 
tushumni  oshirish  hisobiga  aylanma  muddatini  kamaytirish  va 
rentabellikni oshirgan holda yaxshilash mumkin. 
Aylanma  mablag‗lar  aylanmasini  tezlashtirish  kapital  xarajatlar 
talab  qilmaydi  va  ishlab  chiqarish  hamda  sotish  hajmi  ortishiga  olib 
keladi.  Biroq  inflyatsiya  aylanma  mablag‗larni  yetarlicha  tez 
qadrsizlantiradi, korxonalar xomashyo va yonilg‗i-energitika resurslarini 


sotib olish uchun ularning tobora ko‗proq qismini yo‗naltira boshlaydi, 
xaridorlar  to‗lovsizligi  mablag‗larning  salmoqli  qismini  aylanmadan 
chetda qoldiradi. 
Aylanma  kapital  sifatida  korxonalarda  joriy  aktivlar  qo‗llaniladi. 
Aylanma kapital sifatida foydalaniladigan mablag‗lar ma‘lum bir sikldan 
o‗tadi.  Likvid  aktivlar  tayyor  mahsulotga  aylantiriladigan  xomashyo 
sotib olish uchun ishlatiladi; mahsulot kreditga sotilib, debitorlik hisobi 
ochiladi; debitorlik hisobi to‗lanadi va likvid aktivlarga aylangan holda 
inkassatsiya qilinadi. 
Aylanma  kapital  ehtiyojlari  uchun  foydalanilmaydigan  har  qanday 
fondlar  passivlarni  to‗lash  uchun  yo‗naltirilishi  mumkin.  Bundan 
tashqari,  ular  asosiy  kapitalni  sotib  olish  yoki  mulkdorlarga  daromad 
shaklida to‗lash uchun ham qo‗llanishi mumkin. 
Aylanma  kapitalni  tejashning,  o‗z  navbatida,  uning  aylanish 
tezligini 
oshirish 
yo‗llaridan 
biri 
zaxiralar 
boshqaruvini 
takomillashtirishdan  iborat.  Korxona  zaxiralarini  tashkil  qilish  uchun 
ham  mablag‗  yo‗naltirgani  bois,  saqlash  xarajatlari  nafaqat  ombor 
xarajatlari  bilan,  balki  tovarlarning    yaroqsiz  holga  kelish  va  eskirish 
riski  bilan,  shuningdek,  kapitalning  vaqt  bo‗yicha  qiymati,  ya‘ni, 
muqobil risk darajasida boshqa investitsion imkoniyatlar natijasida olish 
mumkin bo‗lgan foyda me‘yori bilan ham bog‗liq. 
U  yoki  bu  hajmda  muayyan  turdagi  joriy  aktivlarni  saqlashning 
iqtisodiy va tashkiliy-ishlab chiqarish natijalari mazkur aktiv turi uchun 
o‗ziga  xos  xususiyatga  ega  bo‗ladi.  Tayyor  mahsulotlarning  yirik 
zaxirasi  (mo‗ljallangan  savdo  hajmi  bilan  bog‗liq)  kutilmagan  yuqori 
talabda mahsulot tanqisligi yuzaga kelish imkonini pasaytiradi. 
Shu  tariqa,  xomashyo  va  materiallarning  yetarlicha  yirik  zaxirasi 
korxonani  kerakli  zaxiralarning  kutilmagan  yetishmovchiligi  yuzaga 
kelgan  holatda  ishlab  chiqarish  jarayonini  to‗xtatish  yoki  undan 
qimmatroq  o‗rin  bosuvchi  materiallar  sotib  olish  ehtimolidan  qutqarib 
qoladi.  Xomashyo  sotib  olish  uchun  yirik  buyurtmalar  yirik  zaxiralar 
yuzaga  kelishiga  olib  kelsa-da,  bu  korxona  yetkazib  beruvchilar 
tomonidan  narx  pasaytirilishiga  erishilgandagina  ma‘noga  ega  bo‗ladi. 
Shu  sabablarga  ko‗ra,  korxona  ishlab  chiqarishni  yanada  tejamkor 


boshqarish  imkonini  beruvchi  tayyor  mahsulotlar  zaxirasini  yetarlicha 
darajada  saqlab  turishni  afzal  ko‗radi.  Natijada,  korxonaning  o‗zi, 
odatda, mijozlariga chegirmalar taqdim etadi. 
Aylanma  mablag‗lar  aylanuvchanligini  oshirish  zaxiralarni  saqlash 
bilan  bog‗liq  natija  va  xarajatlarni  aniqlashga,  zaxira  va  xarajatlarni 
oqilona  muvozanatga  keltirishga  olib  keladi.  Korxonada  aylanma 
mablag‗lar  aylanmasini  tezlashtirish  uchun  quyidagilar  maqsadga 
muvofiq: 
– kerakli materiallarni xarid qilishni rejalashtirish; 
– qattiq ishlab chiqarish tizimlarini joriy qilish; 
–  zamonaviy omborlardan foydalanish; 
–  talabni prognozlashtirishni takomillashtirish; 
– xomashyo va materiallarni tez yetkazib berish. 
Aylanma  kapital  aylanishini  tezlashtirishning  ikkinchi  usuli 
debitorlik hisobini kamaytirishdan iborat. 
Debitorlik qarzi darajasi ko‗plab omillar bilan belgilanadi: mahsulot 
turi,  bozor  hajmi,  bozorning  to‗yinganlik  darajasi,  korxonada  qabul 
qilingan  hisob-kitoblar  tizimi  va  boshqalar.  Debitorlik  qarzini 
boshqarish,  avvalo,  hisoblardagi  mablag‗lar  aylanishi  ustidan  nazoratni 
taqozo  etadi.  Dinamikada  aylanmalarning  tezlashishi  ijobiy  tendensiya 
sifatida 
qaraladi. 
Bunda 
potensial 
xaridorlarni 
saralash 
va 
shartnomalarda  nazarda  tutilgan  tovarlar  uchun  to‗lov  shartlarini 
belgilash katta ahamiyatga ega. 
Saralash  rasmiy  mezonlardan  foydalangan  holda  amalga  oshiriladi:  
o‗tmishda  to‗lov  intizomiga  rioya  etilishi,  so‗ralgan  tovar  hajmi  uchun 
haq to‗lashda xaridorning prognoz moliyaviy imkoniyatlari, joriy to‗lov 
qobiliyati darajasi, moliyaviy barqarorlik darajasi, sotuvchi korxonaning 
iqtisodiy  va  moliyaviy  shartlari  (ixtiyoridagi  tovar  hajmi,  naqd  pulga 
ehtiyoj darajasi va boshqalar). 
Tovarlar uchun doimiy mijozlar amalga oshiradigan to‗lov, odatda, 
kreditga  amalga  oshiriladi,  bunda  kredit  shartlari  ko‗plab  omillarga 
bog‗liq  bo‗ladi.  Iqtisodiy  jihatdan  rivojlangan  mamlakatlarda  ―2/10 
to‗liq 30‖ sxemasi keng tarqalgan bo‗lib, bu quyidagini anglatadi: 
–  xaridor  kreditlash  davri  boshidan    o‗n  kun  ichida  tovarlar  uchun 


to‗lovni amalga oshirgan holda ikki foiz chegirmaga ega bo‗ladi; 
–  agar  to‗lov  kredit  davrining  11  nchidan  30nchi  kuniga  bo‗lgan 
davrda amalga oshirilsa, xaridor tovarlarning to‗liq qiymatini to‗laydi; 
–  bir  oy  ichida  tovar  narxi  to‗lanmagan  holatda  xaridor  miqdori 
to‗lov  kuniga  bog‗liq  ravishda  turlicha  bo‗lgan  qo‗shimcha  jarima 
to‗lashi kerak bo‗ladi. 
Debitorlik qarzini undirish maqsadida qarzdorlarga ta‘sir qilishning 
keng  tarqalgan  yo‗llari  xat  yo‗llash,  telefon  qilish,  shaxsan  tashrif, 
qarzdorlikni maxsus tashkilotlarga sotish (faktoring) kabilar hisoblanadi. 
Aylanma  kapitali  xarajatlarini  kamaytirishning  uchinchi  usuli  naqd 
pul  mablag‗laridan  yaxshiroq  foydalanish  hisoblanadi.  Investitsiyalash 
nazariyasi  pozitsiyasiga  ko‗ra,  pul  mablag‗lari  tovar-moddiy 
qimmatliklarga investitsiyalashning xususiy hollaridan birini o‗zida aks 
ettiradi. Shuning uchun ularga nisbatan ham umumiy talablarni qo‗llash 
mumkin.  Birinchidan,  joriy  hisoblarni  amalga  oshirish  uchun 
mablag‗larning  asosiy  zaxirasi  talab  qilinadi.  Ikkinchidan,  kutilmagan 
xarajatlarni qoplash uchun pul kerak bo‗ladi. Uchinchidan, faoliyatning 
ehtimoliy  yoki  prognostik  kengayishini  ta‘minlash  uchun  muayyan 
miqdorda bo‗sh naqd pul mablag‗lariga ega bo‗lish maqsadga muvofiq. 
Shunday qilib, pul mablag‗lari miqdorini optimallashtirishga imkon 
beruvchi  va  zaxiralarni  boshqarish  nazariyasida  ishlab  chiqilgan 
modellarni  pul  mablag‗lariga  nisbatan  ham  qo‗llash  mumkin.  Bunda 
so‗z quyidagilarni baholash haqida boradi: 
–  naqd  pul  mablag‗lari  va  uning  ekvivalentlarining  umumiy 
miqdorini; 
–  qaysi  ulushni  hisob  raqamida,  qaysisini  esa  tez  sotiladigan 
qimmatli qog‗ozlar ko‗rinishida saqlash kerakligi; 
–  pul  mablag‗lari  va  tez  sotiladigan  aktivlarning  o‗zaro 
transformatsiyasini qachon va qanday hajmda amalga oshirish kerakligi. 
Firmalar  o‗z  likvid  aktivlarini  ushlab  turgan  bank  hisob  raqamlari 
bo‗yicha  foizlar  to‗lanmaydi.  Biroq  boshqa  likvid  aktivlar  (qisqa 
muddatli  davlat  qimmatli  qog‗ozlari,  depozit  sertifikatlari,  bir  martalik 
zayom turlari) foiz ko‗rinishida daromad keltiradi. 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish