Davlat byudjetining daromad qismi loyihasini tuzish tartibi.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent
shahar moliya boshqarmalari olingan daromadlar bo‗yicha hisoblash
shakllarini taqdim etish muddatini ko‗rsatgan holda tuman va shahar
hokimligining moliya bo‗limlariga, shuningdek, Qoraqalpog‗iston
Respublikasi,
viloyatlar
va
Toshkent
shahar
davlat
soliq
boshqarmalariga yuboradi.
Tuman va shahar hokimliklarining moliya bo‗limlari olingan
daromadlar bo‗yicha hisoblash shakllarini taqdim etish muddatini
ko‗rsatgan holda tegishli tuman va shahar soliq inspeksiyalariga
yuboradi.
Quyi moliya organlari tegishli soliq organlari bilan birgalikda
tegishli byudjetlarning daromad qismi loyihasini tuzish uchun yuqori
moliya organlariga tayyorlangan buyurtmalarni taqdim etadi.
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi quyi moliya organlari,
Davlat soliq va bojxona qo‗mitasidan tegishli buyurtmalarni olgach,
davlat byudjeti loyihasi kiritish uchun davlat byudjeti daromadlarining
kontingenti ko‗rsatkichlari loyihasini tayyorlaydi.
Davlat byudjeti daromadlarining kontingenti ko‗rsatkichlari loyihasi
O‗zbekiston Respublikasi bo‗yicha umumiy va Qoraqalpog‗iston
Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar kesimida tuziladi.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
byudjetlarining daromad va xarajatlarini balanslash uchun tegishli
byudjetlarga umumdavlat soliqlaridan ajratmalarni tartibga solish rejasi
tuziladi.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
byudjetlari loyihasining daromad qismining belgilash uchun O‗zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi
tomonidan Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va
Toshkent shahar byudjetlariga umumdavlat soliqlaridan ajratmalarni
tartibga solish rejasi tuzilib, unda quyidagilar belgilanadi:
–Respublika byudjeti, Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti,
viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlariga tartibga soluvchi
umumdavlat soliqlaridan ajratmalar normativi va miqdori;
–respublika byudjeti, Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti,
viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlariga biriktirilgan umumdavlat
soliqlari ro‗yxati va miqdori;
–Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
byudjetlariga biriktirilgan mahalliy soliqlar va yig‗imlar ro‗yxati hamda
miqdori.
Tartibga
solish
rejasi
mahalliy
byudjetlarga
umumdavlat
soliqlaridan ajratmalar miqdori va normativlarini, quyi turuvchi
byudjetlarga ushbu byudjetlarning daromad va xarajatlarini balanslash
uchun ajratilgan dotatsiyalar (subvensiyalar) hajmi.
Tartibga solish rejasi o‗z tarkibida boshqa quyi turuvchi hudud
byudjetiga ega har bir hudud byudjeti uchun tuziladi, har yili keyingi
moliya yili uchun byudjet loyihalarini tuziladi va moliya yili yakuni
bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yozma
xabarnomasi yaratiladi.
Davlat byudjetining xarajat qismi loyihasini tuzish tartibi. Byudjet
mablag‗lari oluvchilar byudjet so‗rovini olgach, quyi tashkilotlardan
olingan ma‘lumotlar asosida uni o‗rganib chiqadi va byudjetdan mablag‗
ajratish uchun buyurtmalar tuzadi.
Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag‗lari
oluvchilar byudjet mablag‗lari olish uchun byudjet tasnifining tegishli
bo‗limlari bo‗yicha buyurtma tuzadilar: bo‗limlar, boblar, paragraflar va
xarajatlar moddalari, choraklar bo‗yicha ajratilmagan holda umumiy
yillik miqdor.
Byudjet mablag‗lari olish uchun buyurtma har bir byudjet
mablag‗lari oluvchilarga, o‗tkaziladigan tadbirlarga iqtisodiy tasnif
moddalari kesimida tuziladi. Byudjet mablag‗lari olish uchun individual
buyurtmalar asosida byudjet mablag‗larining Bosh taqsimlovchisi
tomonidan unda keltirilgan har bir paragraf bo‗yicha umumiy buyurtma
tuziladi.
Paragraflar bo‗yicha buyurtmalar, zaruratga ko‗ra, ularga har bir
byudjet mablag‗lari oluvchilarga ilovalar bilan O‗zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining tegishli moliya boshqarmalariga taqdim etiladi.
Byudjet mablag‗lari oluvchilarning byudjet mablag‗larini olish
uchun buyurtmalari O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
moliyalashtiruvchi boshqarmalari tomonidan ko‗rib chiqiladi va
tekshiriladi.
Byudjet mablag‗lari oluvchilarning byudjet mablag‗larini olish
uchun taqdim etgan buyurtmalarini ko‗rib chiqish va tekshirish
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining moliyalashtiruvchi
boshqarmalari tomonidan byudjet mablag‗lari oluvchilarning vakillari
ishtirokida amalga oshiriladi.
Byudjet mablag‗lari oluvchilarning byudjet mablag‗larini olish
uchun buyurtmalarni ko‗rib chiqish jarayonida O‗zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining tarmoq boshqarmalari:
– kelgusi yil uchun xarajatlar va ularni qoplash manbalarini
aniqlash, shuningdek, xarajatlar smetasini tuzishda joriy narxlar, ish
haqi, moddiy va pul sarflari me‘yorini hisoblashda qo‗llash to‗g‗riligini
tekshiradi;
– byudjet mablag‗larini olish uchun buyurtmalarni aniqlashtiradi,
zarurat tug‗ilganda, ularga ko‗rib chiqish natijalariga bog‗liq ravishda
o‗zgartirishlar kiritadi.
Respublika byudjeti xarajatlariga O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining zaxira jamg‗armasini shakllantirish uchun ajratmalarni
ham o‗z ichiga oladi.
O‗zbekiston
Respublikasi
Davlat
byudjeti
tarkibida
konsolidatsiyalashgan davlat maqsadli jamg‗armalarining byudjet
loyihalariga (O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Respublika yo‗l jamg‗armasi, Davlat mulkini boshqarish bo‗yicha
O‗zbekiston Respublikasi davlat qo‗mitasining maxsus hisobi,
Bandlikka ko‗maklashish davlat jamg‗armasi, O‗zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasi
Respublikasi) kiradi.
Har yili davlat maqsadli jamg‗armalarini taqsimlovchi organlar
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan yuborilgan
byudjet so‗rovi asosida keyingi moliya yili uchun davlat maqsadli
jamg‗armalari byudjetlari loyihalarini tayyorlaydi.
Loyihalarda kelgusi moliya yili uchun daromad manbalari bo‗yicha
tushumlar va har bir davlat maqsadli jamg‗armasi bo‗yicha mablag‗larni
sarflash yo‗nalishi aks ettiriladi.
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat maqsadli
jamg‗armalarining taqsimlovchi organlari hamkorligida taqdim etilgan
davlat maqsadli jamg‗armalarining byudjetlari loyihalarini ko‗rib
chiqadi, zaruratga ko‗ra, taqdim etilgan loyihalarga aniqlik kiritish
bo‗yicha takliflar bildiradi.
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‗zi tuzgan respublika
byudjeti loyihasi, ko‗rib chiqilgan Qoraqalpog‗iston Respublikasi
byudjeti loyihasi, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlari loyihalari,
shuningdek, davlat maqsadli jamg‗armalari byudjetlari loyihalari
asosida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish
uchun O‗zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti loyihasini tuzadi.
Keyingi moliya yili uchun O‗zbekiston Respublikasi Davlat
byudjeti loyihasi quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
– byudjet tasnifiga muvofiq aks ettirilgan davlat byudjeti daromad
va xarajatlari;
– Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
byudjetlariga
umumdavlat
soliqlaridan
ajratmalar
normativi,
shuningdek, ularning daromad va xarajatlari miqdori (jumladan, byudjet
dotatsiyalari va subvensiyalari);
– Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
byudjetlarining naqd aylanma kassa mablag‗lari miqdori;
– O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira
jamg‗armasi, Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahar byudjetlarining zaxira jamg‗armalari miqdori, ularning doirasida
tegishli byudjetlarning mablag‗lari kutilmagan xarajatlarni qoplashga
yo‗naltirilishi mumkin;
– davlat byudjeti defitsitining chegaraviy miqdori va uni
moliyalashtirish manbalari;
– kafolat jamg‗armasi, ichki va tashqi davlat qarzi, davlat
tomonidan beriladigan kreditlarning chegaraviy miqdori.
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakolatli vazirliklar,
davlat qo‗mitalari, idoralar, shuningdek, tegishli tashkilotlar bilan
birgalikda quyidagi 7 hujjatni o‗z ichiga olgan byudjetnoma loyihasini
ishlab chiqadi va 1 oktyabrgacha O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasiga kiritadi:
1) mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‗tgan yilgi
asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosi;
2) O‗zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi
bilan o‗tgan yilgi Davlat byudjeti ijrosi to‗g‗risidagi hisobot va joriy
yilgi Davlat byudjetining kutilayotgan ijrosi bahosi;
3) kelgusi yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar;
4) O‗zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi
bilan mamlakat byudjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy
yo‗nalishlari loyihasi;
5) mamlakat byudjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy
yo‗nalishlariga sharhlar;
6) davlat ichki va tashqi qarzlari hamda ular bo‗yicha xarajatlar
holati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar;
7) O‗zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi
bilan kelgusi moliya yiliga mo‗ljallangan Davlat byudjeti loyihasi.
Byudjetnoma O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan joriy yilning o‗n beshinchi oktyabridan kechiktirmay
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritiladi.
Kelgusi moliya yiliga mo‗ljallangan Davlat byudjeti loyihasini
tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi yoki uning topshirig‗iga ko‗ra
O‗zbekiston Respublikasining Bosh vaziri amalga oshiradi.
Byudjet faoliyatining ikkinchi bosqichi byudjetni ko‗rib chiqish va
tasdiqlash hisoblanadi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Byudjetnomani ko‗rib chiqish
Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‗mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan
qabul qilinadi.
Davlat byudjetiga muvofiq quyidagilar qabul qilinadi:
– Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent
shahar byudjetlari – Davlat byudjeti qabul qilinganidan keyin ikki
haftalik muddat ichida tegishli ravishda Qoraqalpog‗iston Respublikasi
Jo‗qorg‗i Kengesi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyat
vakillik organlari tomonidan;
– Qoraqalpog‗iston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi
tumanlar va shaharlar byudjetlari – Qoraqalpog‗iston Respublikasi va
viloyatlar byudjetlari qabul qilinganidan keyin bir haftalik muddat ichida
tuman, shahar hokimiyat vakillik organlari tomonidan;
– shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlari va tuman
bo‗ysunuvidagi shaharlar byudjetlari – belgilangan muddatlarda
mahalliy hokimiyatning yuqori turuvchi vakillik organlari tomonidan.
Byudjet faoliyatining uchinchi bosqichi byudjet ijrosi va uning ijro
etilishi ustidan nazorat hisoblanadi.
Davlat byudjeti qabul qilinganidan keyin O‗zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi:
– Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklari e‘tiboriga Qoraqalpog‗iston Respublikasi
byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlari daromadlari va
xarajatlari miqdorini, shuningdek kelgusi moliya yili uchun ularga
respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet dotatsiyalari va byudjet
subvensiyalari miqdorini va byudjetga oid boshqa ko‗rsatkichlarni – uch
kunlik muddat ichida;
– O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi va O‗zbekiston
Respublikasi Davlat bojxona qo‗mitasi e‘tiboriga Davlat byudjeti
daromadlarining tasdiqlangan miqdorini – bir haftalik muddat ichida;
– respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar,
shuningdek, davlat maqsadli jamg‗armalarini taqsimlovchi organlar
e‘tiboriga ular uchun belgilangan daromadlar va xarajatlar miqdorini –
o‗n kunlik muddat ichida yetkazadi.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar
qabul qilinganidan keyin tegishli moliya organlari bir haftalik muddat
ichida:
– davlat soliq xizmatining tegishli mahalliy organlari e‘tiboriga –
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar
daromadlarining tasdiqlangan miqdorini;
– Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan
moliyalashtiriladigan tashkilotlar e‘tiboriga ular uchun belgilangan
byudjetdan ajratiladigan mablag‗lar miqdorlarini yetkazadi.
Byudjet
parametrlari
tasdiqlanganidan
so‗ng (40 kundan
kechiktirmay), moliya organlari tasdiqlangan byudjetlar smetasi va
byudjet tashkilotlarining shtat jadvallarini ro‗yxatdan o‗tkazadi.
Tashkilotlar quyidagi tartibda ro‗yxatdan o‗tkazilishi lozim:
– O‗zbekiston Respublikasining respublika byudjetida bo‗lgan
tashkilotlar – O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida;
–
mahalliy
byudjetlar
va
Toshkent
shahar
byudjeti,
Qoraqalpog‗iston
Respublikasi
respublika
byudjetida
bo‗lgan
tashkilotlar – Qoraqalpog‗iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar
va Toshkent shahar moliya boshqarmasida;
– shahar va tumanlar byudjetida bo‗lgan tashkilotlar – shahar,
tuman va tuman moliya bo‗limlarida.
Belgilangan muddatda moliya organlarida xarajatlar smetasi va
shtatlar jadvalini ro‗yxatdan o‗tkazmagan byudjet tashkilotlarini moliya
organlari moliyalashtirmaydi, bank muassasalari esa to ro‗yxatdan
o‗tkazilmaguncha ushbu tashkilotlarning ish haqi va xarajatlari uchun
mablag‗ berishni to‗xtadi.
Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish amalga oshiriluvchi byudjet
parametrlari qabul qilingandan keyin 40 kundan ko‗p bo‗lmagan muddat
ichida byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini
ro‗yxatdan o‗tkazish tugamagunga qadar tashkilot xarajatlarini
moliyalashtirish o‗tgan moliya yili so‗nggi choragi uchun
rejalashtirilgan byudjet ajratmalarining uchdan bir qismidan oshmagan
miqdorda amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarining rahbarlari tomonidan tasdiqlangan shtat
jadvali ro‗yxatdan o‗tkazilishi kerak.
Vazirliklar va huquq-tartibot tuzilmalari idoralarining shtat jadvalini
ro‗yxatdan o‗tkazish O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan
kelishilgan
shakllarga
muvofiq
respublika
byudjetidan
moliyalashtiriladigan har bir tarkibiy bo‗linma uchun qabul qilinadi.
Namunaviy
shtatlar
belgilangan
byudjet
muassasalari
va
tashkilotlarining shtat jadvallari namunaviy shtatlarga muvofiq va ular
tomonidan xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mehnatga haq to‗lash
jamg‗armasi doirasida qabul qilinadi.
Namunaviy shtatlarni ish hajmiga ko‗ra muayyan byudjet
tashkilotlariga nisbatan qo‗llash mumkin bo‗lmagan hollarda, ro‗yxatga
olish uchun rahbarlar tomonidan tasdiqlangan shtat jadvallari qabul
qilinib, ushbu rahbarlarga o‗zi tomonidan o‗rnatilgan mehnatga haq
to‗lash jamg‗armasi doirasida shtatlarni tasdiqlash huquqi berilgan.
Byudjet tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshi va tarif
stavkalari mehnatga haq to‗lash bo‗yicha tasdiqlangan smetaga muvofiq
belgilanadi, smetada nazarda tutilgan mehnatga haq to‗lash jamg‗armasi
doirasida ro‗yxatga olish uchun qabul qilinadi.
Byudjet tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshi va tarif
stavkalariga avval ro‗yxatdan o‗tkazilganga nisbatan o‗zgarishlar
Hukumatning ish haqini oshirish to‗g‗risida qaroriga muvofiq,
shuningdek, o‗rnatilgan tartibda xodimlarni navbatdagi attestatsiyadan
o‗tkazishda va byudjet tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq
to‗lash jamg‗armasi hisobida va doirasida o‗zgartirilishi mumkin.
Bunday hollarda shtat jadvallari ro‗yxatga olinmaydi. Boshqa barcha
hollarda shtat jadvaliga kiritilgan o‗zgartirishlar tegishli moliya organlari
tomonidan ro‗yxatga olinishi kerak.
Ish haqi miqdori tarifikatsiya bo‗yicha aniqlanadigan, ya‘ni, ushbu
xodimlarga attestatsiya natijalariga ko‗ra berilgan tegishli malaka toifasi
mavjudligiga, ularning ish vaqtining haqiqatdagi hajmiga va boshqalarga
bog‗liq mehnatga haq to‗lash jamg‗armasi shtat jadvalida keltiriladi va u
rahbar hamda bosh buxgalter (buxgalter) tomonidan imzolangan
tarifikatsiya ro‗yxati bo‗yicha mehnatga haq to‗lash jamg‗armasiga
muvofiq bo‗lishi lozim.
Xodimlarni moddiy rag‗batlantirish uchun maxsus jamg‗arma
ajratilgan mehnatga haq to‗lash jamg‗armasining 15 foizi miqdorida
ro‗yxatga olinadi.
Stipendiya jamg‗armasi byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi
hisob-kitoblariga muvofiq ro‗yxatga olinadi.
―Boshqa xarajatlar‖ guruhi xarajatlar yoyilmasiga, xarajatlar
smetasi hisob-kitobiga va xarajatlar smetasida tasdiqlangan ushbu
guruhga muvofiqligini tekshirish bilan to‗lig‗icha ro‗yxatdan o‗tkazish
uchun qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |