Mikroprotsessorning interfeys qismi. Mikroprotsessorning interfeys qismi shaxsiy kompyuterning tizimli shinasi bilan mikroprotsessorni moslash va aloqasi uchun, shuningdek qabul qilishga, bajarilayotgan dasturning buyruqlarini dastlabki tahlillash va buyruq hamda operandalarning tо‘liq manzilini hosil qilishga mо‘lajallangan. Interfeys qismi о‘z tarkibiga quyidagilarni oladi:
MPX manzil registrlarini;
manzil hosil qiluvchi sxemani;
MP ning buyruqlar buferi bо‘lgan buyruqlar registr blokini;
MP ning ichki interfeysli shinasini;
shinani va kiritish-chiqarish portlarini boshqarish sxemasini.
Sanab о‘tilgan qurilmalardan ba’zisi, bevosita MP bajaradigan manzil hosil qilish sxemasi va buyruqlar registri bajaradigan vazifasi bо‘yicha boshqarish qurilma tarkibiga kiradi.
Kiritish-chiqarish portlari – bu SHK interfeysining joylari, ular orqali MP boshqa qurilmalar bilan axborot almashadi. MP barchasi bо‘lib portlar soni 65 536 ta bо‘lishi mumkin (turli manzillar soniga teng). Har bir port о‘z manziliga ega – port nomeri; manzilini olganda, bu xotira yacheykasining manzili, u shu portdan foydalanuvchi kiritish-chiqarish qurilmasining qismidir, kompyuterning asosiy xotira qismi emas.
Axborot va boshqarish signallarini almashish uchun qurilmaning portiga ulash apparaturasi va xotiraning ikki registri mos keladi. Ba’zi tashqi qurilmalar almashish uchun kerak katta hajmdagi axborotlarni saqlash uchun asosiy xotirani ham ishlatadilar. Kо‘p standart qurilmalar (masalan, printer, klaviatura, sooprotsessor va boshqalar) о‘zlariga doimiy biriktirilgan kiritish-chiqarish portlariga egadirlar.
Mikroprotsessorning soddalashtirilgan tarkibiy sxemasi 1.13-rasmda keltirilgan.
Shinani va portlarni boshqarish sxemasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
portning manzilini va uning uchun boshqarish signalini hosil qilish (portni qabul qilishga yoki uzatishga о‘tkazish va hokazo.);
portdan boshqarish signalini, portning tayyorligi haqidagi va uning holati haqidagi axborotni qabul qilish;
MP va kiritish-chiqarish qurilmalarning portlari о‘rtasida axborotlarni uzatish uchun tizimli interfeysda tо‘g‘ri о‘tkazish kanalini tashkil qilish.
Shina va portlarni boshqarish sxemasi portlar bilan aloqa uchun tizimli shinaning manzil, kо‘rsatmalar va axborotlar kod shinasini ishlatadi: mikroprotsessorning portiga ega bо‘lishda signallarni kо‘rsatmalarning kod shinasidan signal jо‘natadi (KKSH), u barcha kiritish-chiqarish qurilmalarini xabarlaydi, manzil kod shinasidagi (MKSH) manzil portining manzilidir, sо‘ng port manzilining о‘zi jо‘natiladi. Port manzili bilan mos tushgan qurilma tayyorligi haqida javob beradi. Shundan sо‘ng axborotlarning kod shinasidan (AKSH) axborot almashuvi amalga oshiriladi.