FieldBus va DeviceNet aloqa standartlari smart va intellektual qurilma va PLC (dasturlanadigan mantiqiy kontroller) lar kabi zamonaviy qurilmalararo ma’lumot almashish imkonini beradi. Ushbu bo‘limda hozirda mavjud turli FieldBus tizimlari tahlil qilib chiqilgan.
Ushbu bo‘limni o‘qish orqali quyidagilarni bilib olasiz:
FieldBus hamda DeviceNet tizimlarining yaratilishi va ularning foydali jihatlari;
FieldBus va DeviceNet tizimining turlari va aloqa sinflari;
quyidagi standartlarning harakteristikalari ta’rifi (OSI qatlamlarini qamrab olgan holda):
-Actuator sensor interface (AS-i);
-Seriplex;
-CANbus va DeviceNet;
-Interbus-S;
-Profibus;
-Factory information bus (FIP) va WorldFIP;
-Foundation Fieldbus.
16.1. Sanoat FieldBus va DeviceNet tizimlariga kirish Hozirgi kunda ma’lumotlarni jamlovchi va nazorat qurilmalari bo‘ylab ma’lumot almashinishning analog va raqamli standartlarining bir necha yuzlab turlari mavjud. Ushbu soha aloqa qurilmalari har ikkala ochiq va patentlangan standartlarni qo‘llaydi. Odatda bu sistemalar to‘liq sistema holatida (hardware, software va patentlangan protokollar) ishlab chiqariladi va sotiladi. Bu holat esa turli brend ostida ishlab chiqarilgan qurilmalararo aloqa almashishni qiyinlashtiradi va ayrim hollarda hatto bu ilojsiz bo‘ladi. Ochiq va patentlanmagan protokollar standartlarining paydo bo‘lishi haqiqiy ma’nodagi ochiq va barcha qurilmalarga mos keluvchi protokollarning paydo bo‘lishining boshlanishi bo‘ldi.
Soddalashtirish uchun FieldBus so‘zi “FieldBus va DeviceNet tizimlari” ma’nosida ishlatiladi. DeviceNet asosan ochirish/yoqish vazifasida va sodda raqamli qurilmalarda qo‘llaniladi. FieldBus esa kamida 16 bitlik ma’lumot uzatishni talab etadigan o‘lchash asboblarida qo‘llanilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Universal ochiq protokol standarti ba’zilar nazarida ko‘p sondagi FieldBus tizimlari muammosi uchun eng optimal yechimdir. Foydali jihati bu barcha qurilmalar bir xil protokolni qo‘llash orqali ma’lumot almashinishi mumkin. Umuman olganda ushbu protakollar orqali foydalanuvchilar har qanday mahsulotni sotib olishlari va har qanday sistemaga ortiqcha interfeys muammolarisiz bog‘lashlari mumkin.
Ushbu bo‘limda:
- FieldBus tizimlarining tarixi;
- FieldBus sinflari;
- OSI modeli va FieldBus tizimlari;
- tizimlarni birgalikda ishlashi;
- FieldBus protokollariga misollar ko‘rib chiqilgan.
Turli protokol turlarini ko‘rib chiqishdan avval aynan nega “mukammal” raqamli aloqa tarmog‘ini yaratish uchun yirik miqdorda energiya, vaqt va pul sarflashimiz kerak degan savolni berishimiz foydali bo‘lgan bo‘lardi. Nega ko‘p harakatlar amalga oshirilgan va muammo to‘laligicha hal etilmagan? Yetarlicha standartlar yo‘qmi, mavjudlarida qanday kamchiliklari bor? Ushbu savollarga javob toppish uchun biz raqamli texnologiyalar rivojlanish tarixiga va ma’lum raqamli kommunikatsiya texnologiyalariga diqqat qaratmog‘imiz kerak.