aylanmalari xomcho‘tini tuzish uchun o'zlari xizmat ko‘rsatadigan
yuridik shaxslardan ulaming depozit hisobvarag'i bo‘yicha hat
chorakning boshlanishidan 30 kun oldin buyurtmanomalarini oladilar.
Bank boiim i xizmat ko‘rsatadigan yuridik shaxslaming asosiy
depozit hisobvarag‘i bo‘yicha aylanma kassa xomcho‘ti asosida bankda
naqd pullaming tushum manbalari va chiqim moddalarining yig‘ma
qaydnomasini tuzadi.
Ta’kidlash lozimki, banklar tomonidan
tuzilgan aylanma kassa
xomcho‘ti amaliyotda doimo ham bajarilavermaydi. Ushbu holat
obyektiv va subyektiv sabablar bilan izohlanadi. Albatta, bu ijobiy holat
sifatida baholanmaydi. Chunki, banklar o'z majburiyatlarini to iiq
ravishda bajarmasligi aholi va mijozlaming ularga boigan ishonchini
pasayishiga sabab boiadi.
Banklar yuridik shaxslardan olgan choraklik aylanma kassa
xomcho‘tini oyma - oy taqsimlab chiqadilar. Bunda quyidagilar hisobga
olinadi:
- har bir oyning ish kunlari soni va boshqa xususiyatlari;
- chakana tovar aylanmasi, ish haqi
fondlari hajmining oylar
bo‘yicha o'zgarib turishi mumkinligi;
- aholining soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy tolovlami
toiash muddatlari.
Tijorat banklari aylanma kassa xomcho‘tini yangi chorak
boshlanishidan 15 kun oldin Markaziy bankning hududiy bosh
boshqarmalariga taqdim etadi, ular esa Qoraqalpog'iston Respublikasi,
Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha umumlashtirilgan aylanma kassa
xomchoilarini chorak boshlanishidan kamida 5 kun oldin Respublika
Markaziy bankiga taqdim etadilar. Tijorat banklari va Markaziy
bankning hududiy bosh boshqarmalari kassa aylanmalari xomcho‘ti
bilan birgalikda tushuntirish xatlarini ham qo‘shib jo ‘natishlari lozim.
Tushuntirish
xati qisqa boiishi kerak, unda kassa aylanmalarining
to iiq asoslangan xomcho‘ti hamda o‘tgan yilning tegishli davriga
nisbatan o‘zgarishlarga tushuntirishlar beriladi.
Pul muomalasini tashkil etish va tartibga solish.
Markaziy bank pul
muomalasini tartibga solishda pul - kredit siyosatining bevosita va
bilvosita instrumentlardan foydalanadi. Markaziy bank pul muomalasini
tartibga solishda tijorat banklari va Markaziy bankning Hududiy bosh
boshqarmalari (MB HBB) bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat yuritadi.
50
Pul muomalasini tashkil etish va tartibga solishda tijorat banklari
quyidagi ishlami amalga oshiradi:
1) jismoniy shaxslaming bo‘sh pul mablagiarini omonatlarga jalb
qilishga, jismoniy shaxslar pul daromadlarining naqd pulsiz tartibda
omonatlarga o‘tkazilishini
kengaytirishga, tovar va xizmatlar uchun
naqd pulsiz hisob-kitoblami, shu jumladan, bank kartalaridan
foydalangan holda rivojlantirishga qaratilgan choralar ko‘radilar;
2) yuridik shaxslar bilan kelishgan holda ulaming kassalaridagi
naqd pul qoldigl limitlari, pul tushumlarini bankka topshirish tartibi va
muddatlarini belgilaydilar;
3)naqd pul mablaglarining har kuni kelib tushishi ustidan doimiy
monitoringni amalga oshiradilar;
4)haqiqatda tushgan tushumlar va berilgan
naqd pullarning kassa
aylanmalarining xomcho't hisob-kitoblaridan farq qilish sabablarmi
tahlil qiladilar hamda naqd pul tushumlarining ko‘payishini ta’minlash
choralarini ko‘radilar;
Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasi (MB HBB)
zimmasiga pul muomalasiga doir ishlami tashkil etish, Qoraqalpoglston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tijorat banklarining
faoliyatini muvofiqlashtirish va uning monitoringi yuklatiladi. MB
HBBlari xususan quyidagi ishlami amalga oshiradi:
1)pul muomalasining holatini o‘rganadi, banklaming kassa
aylanmalarini tahlil qiladi, pul muomalasining holatini tavsiflovchi
ko‘rsatkichlami jamlaydi va tartibga soladilar;
2) pul
muomalasini
mustahkamlashga
qaratilgan
takliflami
tayyorlab, Qoraqalpoglston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent
shahrining joylardagi davlat boshqaruv organlari muhokamasiga
qo‘yadilar;
3) naqd pulga boigan talabni uzluksiz ta’minlashni nazarda tutib,
mintaqalar va tijorat banklari filiallari o‘rtasida naqd pul mablagiarini
tezkor qayta taqsimlashni amalga oshiradilar;
4) tijorat banklari bilan birgalikda naqd pul zaxiralari hajmining eng
kam miqdorini tasdiqlaydilar;
5) banklaming pul muomalasiga doir ishlarini tahlil qiladi va
o'rganadilar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar «Yuridik shaxslar tomonidan kassa
operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari»ga (1998-yil 17-dekabrda
565-son bilan ro‘yxatga olingan) muvofiq o‘z kassalarida naqd pul
51
qoldiqlari bo‘yicha belgilangan limitlar
doirasida naqd pulga ega
bo‘lishlari mumkin.
Yuridik shaxslar kassadagi belgilangan naqd pul qoldigining
limitdan ortiqcha qismini bank bilan kelishilgan tartibda va muddatlarda
hisobvaraqqa kiritib qo‘yish uchun bankka topshirishlari shart.
Kassadagi naqd pul qoldig‘i limitlarini, tushumni topshirish tartibi
va muddatlarmi belgilash uchun banklar yilning birinchi choragida
savdo tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan buyurtmanoma -
hisob-kitob oladilar.
Kassadagi naqd pullar qoldig‘i limiti har yili kassaga ega boigan va
naqd pulli hisob-kitoblami amalga oshiruvchi barcha yuridik shaxslarga
belgilanadi.
Yuridik shaxsning turli banklarda bir nechta hisobvaraqlari mavjud
boigan taqdirda u o‘z ixtiyoriga ko‘ra xizmat ko‘rsatuvchi
banklaming
biriga kassadagi naqd pul limitini belgilash uchun hisob-kitob bilan
murojaat etadi. Banklaming birida kassa qoldig‘i limiti belgilangandan
so‘ng yuridik shaxs belgilangan kassa qoldig‘i limiti to‘g‘risidagi
xabamomani unga tegishli hisobvaraqlar ochilgan boshqa banklarga
jo ‘natadi.
Kassadagi naqd pullar limitini belgilash uchun buyurtmanoma -
hisob-kitobni xizmat ko‘rsatuvchi banklaming birortasiga taqdim
etmagan yuridik shaxslar bo‘yicha kassa qoldig‘i limiti nolga teng deb
hisoblanadi, yuridik shaxs tomonidan bankka topshirilmagan naqd pul
mablagiari esa limitdan ortiqcha deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: