xazinasiga juda katta boylik sifatida qabul qilindi. Biroq, pullaming
to'lov qobiliyatini pasayishi va qadrsizlanishiga olib keldi.
Muomalada qog‘oz pullaming paydo bo‘lishi natijasida tanga - pul
bilan bogliq inflatsiya muammosi qog‘oz - pulga o‘z o‘mini bo‘shatib
beradi. Davlatning buquaziya boshqarish tuzumining vujudga kelishi
davrida o‘rta asrlarda pul muomalasida paydo boigan muammolami
barqaror pul tizimini tashkil etish orqali
bartaraf etishga urinishlar
boidi.
XVIII - XIX asrlarda va XX asming boshlarida birinchi jahon
urushiga qadar inflatsiya muammosi ayrim mamlakatlarda mavjud
boiib, davriy xarakterga ega edi. Masalan, inflatsiya muammosi
Fransiyada - 1789 - 1791-yillarda Buyuk fransuz revolyutsiyasi
davrida, Angliyada Napoleon bilan urush davri - XIX asming boshlarida
mavjud edi. Oltin monometallizm tizimi joriy etilgan mamlakatlarda
uzoq yillar davomida barqaror pul tizimi amal qildi.
Birinchi jahon urushi davrida oltin
monometallizm tizimining
barbod boiishi va qog‘oz pullaming oltin tangalarga qat’iy belgilangan
kurs asosida ayirboshlanishi bekor qilinishi natijasida davlat o‘zining
inflatsiyaga qarshi kurashish mexanizmidan mahrum boidi. Shu
davrdan boshlab, inflatsiya iqtisodiyotda doimiy xarakterga ega boigan
va keng qamrovli muammo sifatida barcha mamlakatlarda namoyon
bo l a boshladi.
Inflatsiyaning mohiyati iqtisodiy adabiyotlarda turli iqtisodchi
olimlar tomonidan turlicha talqin etiladi. Xususan, K.R.Makkonnell,
S.Bryu va K.Eklund inflatsiyani iqtisodiyotda baholaming o‘rtacha
ko‘tarilishi sifatida30, P.Xeyni esa pulning sotib olish qobiliyatining
pasayishi yoki qiymatming yo‘qolishi ekanligini ta’kidlaydilar31.
Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida inflatsiyani vujudga kelishi
1930-yillarda muomalaga haddan ziyod qog‘oz va tanga pullami
chiqarilishi natijasida iqtisodiyotning «pul kanallari» tolishi yuz beradi,
bu, o‘z navbatida, inflatsiyaga olib kelishi ta’kidlandi, 1940-yillarda esa
inflatsiyaning sababi iqtisodiyotda qog oz
pullar to io v vositasini
bajarishi har qanday holatda inflatsiyani keltirib chiqarishini e’tirof
etishdi, 1950-yillarda inflatsiyani kelib chiqishining asosiy sababi
sifatida uning yetarli darajada oltin va boshqa moddiy qimmatliklar
bilan ta’minlanmaganligi ekanligini qayd etdilar.
w Макконнелл K.P., Брю C.JI. Экономикс: Принципы, проблемы и политика. В. 2 т.: Пер. с англ. 11 - го изд. Т. I. —
М.: Республика, 1992 С. 163.
л Хейне П. Экономической образ мышления. -М.:, 1991. С.484.
122
1960-yillarda iqtisodchi olimlar inflatsiya murakkab, ko‘p omilli
ijtimoiy - iqtisodiy jarayon ekanligini, uni tashqi va ichki omillar ta’sir
qilishi natijasida vujudga keladigan iqtisodiy kategoriya sifatida
baholadilar.
Inflatsiyaning iqtisodiy mohiyatiga
qator xorijiy va mahalliy
olimlar o‘zlarining fikrlarini bildirgan. Xususan, Rossiya iqtisodchi
olimlari V.A. Shegorsov va V.A. Taranlar «Inflatsiya - bu tovarlar va
xizmatlar sifati va iste’mol qiymati o‘zgarmagan holda ulaming bahosini
o‘sib borishidir, bu jarayonda pulning qadri pasayib boradi.»32, deya
ta’kidlaydilar.
Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan, professor Sh. Abdullayeva
inflatsiyaning iqtisodiy mohiyatiga: «Inflatsiya so‘zining iqtisodiy
mohiyati -muomalada mavjud boigan tovarlar va ulaming bahosiga
nisbatan ko‘p pul chiqarish degan ma’noni anglatadi», deya ta’rif
beradi33.
Guvohi bolganimizdek, inflatsiyaning mohiyatiga turlicha fikrlar
bildirilgan. Fikrimizcha,
Do'stlaringiz bilan baham: