Ochiq bozordagi siyosati
Markaziy bankning ochiq bozordagi
siyosati - bu davlatning obligatsiyalari, xazina veksellari va boshqa
qimmatli qog‘ozlarini yuridik va jismoniy
shaxslarga sotishi va sotib
olishi bilan bogliq operatsiyalaridir. Markaziy bank davlatning va
o‘zining qimmatli qog£ozlarini sotish orqali iqtisodiyotda pul massasini
pasaytiradi. Bu o‘z navbatida milliy valutaning sotib olish qobiliyatmi
mustahkamlash va inflatsiya darajasining pasayishiga olib keladi.
Markaziy bank sotilgan qimmmatli qog‘ozlami qayta sotib olish
orqali muomaladagi pul massasining oshishiga va tijorat banklarining
qo‘shimcha pul resurslariga boigan ehtiyojini
qondirishga zamin
yaratadi.
Markaziy bank hozirgi kunda Davlatning qisqa muddatli
obligatsiyalarini va o‘zining obligatsiyalarini muomalaga chiqarish
orqali ochiq bozordagi operatsiyalarini amalga oshiradi. Markaziy bank
ushbu operatsiya orqali tijorat banklarining likvidliligiga va
qimmatli
qog‘ozlaming foiz stavkasiga ta’sir qiladi. Markaziy bank obligatsiyalari
va davlatning qimmatli qog‘ozlarim sotish iqtisodiyotda pul massasini
kamaytiradi, ulami muomaladan qaytarib sotib
olish esa teskari natijani
beradi.
Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari orqali pul -
kredit siyosatini amalga oshirishning samarali usullaridan biri
hisoblanib, mamlakatning pul va fond bozoriga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi, shuningdek, milliy iqtisodiyotda muhim ahamiyat kasb etadi.
Markaziy bank va hukumat tomonidan chiqariladigan qimmatli
qog‘ozlar, eng avvalo, ta’minlanganligi va foizining nisbatan yuqoriligi
ulaming jozibadorligini oshiradi va yuridik hamda jismoniy shaxslami
sotib olishga unday di.
Shuningdek, ushbu qimmatli qog‘ozlarga
fond bozorlarida
talabning yuqoriligini ta’minlashga erishish, ularni sotib oluvchilaming
likvidli aktivlarining hajmini ortishiga xizmat qiladi. Shu bois,
investorlarda qo'shimcha mablaglarga zaruriyat tug‘ilganda ulami fond
bozorlarida
qiyinchiliklarsiz
sotish
orqali
talabini
qondirish
imkoniyatiga egadirlar.
Shu bilan birga, ochiq bozordagi operatsiyalar o£zining zaif
jihatlariga ham ega. Birinchidan, iqtisodiyotda inflatsiyaning mavjudligi
yuridik va jismoniy shaxslarda davlatning
va Markaziy bankning
qimmatli qog‘ozlarini sotib olishga boigan manfaatdorligini tushirib
yuboradi, Ikkinchidan, qimmatli qog‘ozlaming qaytarish muddati yetib
211
kelganda ularga tolanadigan foizlar bilan qaytarib sotib olinishi
mamlakatda dastlabki pul massasini ortishiga olib keladi, qimmatli
qog‘ozlarga
tolanayotgan
foizlarning
hajmi
tovarlar
bilan
ta’minlanmagan b oisa iqtisodiyotda baho va inflatsiya darajasining
oshishiga zamin yaratadi.
Hukumat tomonidan chiqarilgan qimmatli qog'ozlardan tushgan
mablag‘lar asosan davlatning strategik ahamiyatga ega bo‘lgan
vazifalarini bajarishga va budjet taqchilligini qoplashga yo‘naltiriladi.
Davlat budjetining taqchilligini noinflyatsion qoplash manbasi boigan
qisqa muddatli obligatsiyalar (DQMO) 1996-yil mart oyidan muomalaga
chiqarildi.
Markaziy bank 1998-yil yanvardan boshlab ikkilamchi bozorda
davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini
sotish va sotib olish
operatsiyalarini olkaza boshladi65.
Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari « 0 ‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan Davlat qisqa muddatli
obligatsiyalari bilan REPO bitimlarini amalga oshirish to‘g‘risida»
muvaqqat Nizom, «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
yuridik shaxslar uchun obligatsiyalarini chiqarish va ular muomalasi
to‘g‘risida», « 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy
shaxslar uchun obligatsiyalami chiqarish va ular muomalasi to‘g‘risida»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklarga
lombard krediti berish tartibi to‘g‘risida nizom» va boshqa me’yoriy
hujjatlar asosida tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: