A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


O‘z-o‘zmi tekshirish uchun savollar



Download 10,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/294
Sana02.12.2022
Hajmi10,8 Mb.
#877055
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   294
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

O‘z-o‘zmi tekshirish uchun savollar
1. Materiallar kirimi qanday hisobga olinadi?
2. Xarajatlami 
hisobga 
olishda 
materiallar harakatining
buxgalteriyadagi hisobi qanday?
3. Materiallami tayyorlov va transport sarflari, ulami hisobga olish 
va tannarxiga qo‘shish tartibi qanday olib boriladi?
4. Materiallami tayyorlash va sotib olish sarflarini qanday hisobga 
olinadi?
5. Materiallar qiymatidagi farqlam i qanday qayd qilinadi?
6. Boshqamv hisobining axborotlariga asoslangan holda qanday 
tezkor masalalar va kelgusi davrlarga m oijallangan vazifalar yechiladi?
7. Boshqamv hisobida moddiy xarajatlar hisobi qanday yuritiladi?
8. Bevosita mehnat haqi xarajatlarini qanday hisobga oinadi?
9. Ustama ishlab chiqarish xarajatlariga nimalar kiradi?
10.Ustama ishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash usullarini 
keltiring?
443


14-BOB. TAYYOR MAHSULOT VA UNING SOTILISHINI
HISOBGA OLISH
14.1. Tayyor mahsulot haqida tushuncha va uning
hisobini tashkil etish
0 ‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming 
hozirgi bosqichida mamlakat ishlab chiqaruvchilami davlat tomonidan 
qo‘llab-quw atlash 
borasida 
k o ‘pgina 
chora-tadbirlar 
amalga 
oshirilmoqda.
«Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMSga muvofiq tayyor 
mahsulot xo‘jalik yurituvchi subyektlarida b o ‘lgan aktivlar hisoblanadi 
va ular xo‘jalik yurituvchi subyektning kundalik faoliyatida sotish uchun 
m o‘ljallangan tayyor mahsulot, tovarlar sifatida korxonaning tovar- 
moddiy zaxiralari tarkibiga kiradi90.
Tayyor mahsulot — korxonalarda ishlab chiqarish jarayonining 
pirovard 
mahsulotidir. 
Texnologik 
ishlov 
berishning 
barcha 
bosqichlaridan o ‘tgan, tasdiqlangan standartlar va texnik shartlarga 
muvofiq keladigan (uning sifatini tasdiqlaydigan sertifikat yoki boshqa 
hujjat bilan ta’minlangan), texnik nazorat bo‘limi qabul qilgan va 
omborga topshirilgan yoki xaridorga yuklab j o ‘natilgan mahsulot tayyor 
mahsulot deb hisoblanadi91.
Tayyor mahsulot — korxonalarda ishlab chiqarish jarayonining 
pirovard natijasidir92.
Korxonada m ahsulot (ish, xizmat)ni sotish hisobini tashkil qilish 
va yuritish vazifalariga quyidagilar kiradi:
- mahsulot (ish, xizmat)laming sotilishi bilan bog‘liq b o ‘lgan 
hamma xo ‘jalik operatsiyalarini hisobda to‘g ‘ri va o ‘z vaqtida aks 
ettirish;
90 4 -so n B H M S 'T o v a r- m o d d iy z a x ir a la r ” 5 ,3 -b a n d .
G ’u lo m o v a F . G \ B u x g a lte riy a h is o b in i m u s ta q il o 'rg a n is h u c h u n q o 'lla n m a . T o sh k e n t: N O R M A , 2 0 0 9 . 3 9 7 -b .
9~
F in a n cia l a n d m an a g e ria l a c c o u n tin g , 12e, C a rl S. W arren , J a m e s M .R e ev e , Jo n a th a n E .D u c h a c , 9 2 8 -p a g e
444


- mahsulot (ish, xizmat) sotishda shartnomalar bajarilishi ustidan 
nazorat o ‘matish;
- sotilgan mahsulotning assortm ent va hajmi bo‘yicha hamda 
sotish rejasining bajarilishini nazorat qilish;
- mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan b o g iiq b o ig a n davr 
xarajatlarini o ‘z vaqtida aniq hisob-kitob qilish;
- sotilgan mahsulot uchun olingan tushumni aniq hisob-kitob 
qilish, foyda summasini to ‘g ‘ri aniqlash va boshqalar.
- korxonalar mahsulot (ish, xizmat)larini sotganlaridan so‘ng shu 
faoliyat natijasi, y a’ni moliyaviy natijalarini aniqlashlari va buni 
atroflicha tahlil qilishlari lozim.
Korxona mahsulot sotish orqali qilingan xarajatlar qoplanadi va 
korxona foyda olishga erishadi93.
Sotish hajmi ishlab chiqarish jarayonining so ‘nggi bosqichidir. 
Mahsulot sotishdan kelgan tushum orqali korxona birinchi galdagi 
to io v lam i amalga oshiradi. Soliq bo‘yicha to io v la r mol yetkazib 
beruvchilar, ishchi xizmatchilar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblami 
bajaradi. 
Demak, 
korxonaning 
moliyaviy 
holati, 
aylanma 
m ablagiam ing aylanish tezligi va uni holati, moliyaviy natijalami sotish 
hajmi b o ‘yicha rejaning bajarilishi va uning dinamikasiga k o ‘p jihatdan 
b o g iiq .
Mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish aholini ehtiyojlarini 
ta’minlashga qaratilgan har bir korxona ishlab chiqarish faoliyatining 
yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Mahsulotni rejadagi hajmi bo‘yicha 
sotish tashkilotga ishlab chiqarish xarajatlarini, qoplash, davlat byudjeti, 
kredit bo ‘yicha banklar va boshqa 
x o ‘jalik subyektlar oldidagi 
majburiyatlami bajarish imkoniyatini yaratadi, hamda ishlab chiqarishni 
takomillashtirish va kelajakda rivojlanish uchun muhim b o ig a n foyda 
olishga yordam qiladi.
Mahsulotni 
sotish 
bilan 
b o g iiq
b o ig an
muomalalarining 
manbalari:
93
Financial and m anagerial accounting, 12e, Carl S.W arren, Jam es M .Reeve, Jonathan E.Duchac, 929-page
445


- mahsulotni ishlab chiqarish va sotilishini hisobga olishga doir 
qonunchilik;
- tayyor mahsulotni 
rejalashtirish 
va tayyorlash bo‘yicha 
korxonadagi hujjatlar;
- mahsulot ishlab chiqarish, j o ‘natish va sotilishiga doir dastlabki 
hujjatlar va shartnomalar;
- 4010, 2810, 9010, 9110 schyotlar va boshqa schyotlardagi 
m a’lumotlar;
- 10,11 - sonli jum al - order, 16 - sonli qaydnoma m a’lumotlari;
- 2-sonli 
“Moliyaviy 
natijalar 
to ‘g ‘risidagi 
hisobot”dagi 
m a’lumotlar.
Tayyor mahsulotni buxgalteriya hisobida haqiqiy tannarxi 
bo ‘yicha aks ettirish oson bo ‘lishiga qaramay (faqat bitta schyotdan 
2810-“0m bordagi 
tayyor 
mahsulotlar” 
schyotidan 
foydalaniladi) 
tashkilotlar mazkur usuldan kam foydalanadilar.
Tayyorlangan mahsulotning haqiqiy tannarxi mahsulot ishlab 
chiqarishga doir barcha xarajatlar - to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri xarajatlar ham, 
bilvosita xarajatlar ham aniqlanadigan hisobot oyi oxiridagina 
shakllanishi mumkin. Shu sababli ushbu usuldan foydalanish chog‘ida 
m ahsulot tannarxini uni ishlab chiqarish va omborga berishning 
borishiga qarab aniqlash amalda mumkin emas, bu hoi, agar bir oy 
mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot ana shu davrda realizatsiya 
qilinsa, q o ‘shimcha noqulayliklar tu g ‘diradi. Natijada turli vaqtda ishlab 
chiqarilgan bir turdagi mahsulotning u bo‘yicha hisobga qabul qilingan 
tannarxi turlicha bo‘lishi mumkin.
Tayyor mahsulotni haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha 
hisobga olishni asosan bir turdagi mahsulot ishlab chiqaradigan va yarim 
tayyor hamda ishlab chiqilishi tugallanmagan mahsulotlarga ega 
b o im ag an tashkilotlar q o ‘llaydi. Hisobot davridagi barcha ishlab 
chiqarish xarajatlari hisobning bunday usulida ishlab chiqarilgan barcha 
mahsulotning tannarxiga kiritiladi. Mahsulot birligining tannarxi ishlab 
chiqarish 
xarajatlari 
summasini 
ishlab 
chiqarilgan 
mahsulot 
birliklarining umumiy miqdoriga bo‘lish bilan hisoblab chiqariladi.
446


Tayyor 
mahsulot 
2810-“0m bordagi 
tayyor 
mahsulotlar” 
schyotining debetida haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi b o ‘yicha 
xarajatlami hisobga olish schyotlari bilan korrespondensiyada kirim 
qilinadi.

Download 10,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish