A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


Tayyor mahsulotlar xaridorlari va buyurtmachilari bilan hisob-



Download 10,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/294
Sana02.12.2022
Hajmi10,8 Mb.
#877055
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   294
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

14.1-jadval
Tayyor mahsulotlar xaridorlari va buyurtmachilari bilan hisob-
kitoblarning aks ettirilishi

M uom alalar m azm uni
Summa
Debet
Kredit
1
.
T ay y o r m ah su lo tlar so tish d an o lin g an daro m ad ak s 
ettiriladi
600000
4010
9010
2 .
Q Q S h iso b lab yozildi
120000
4010
6410
3.
X a rid o rla r v a b u y u rtm ach ilard an toM ovlar kelib 
tu sh d i
720000
5110
4010
Mahsulotni toMovni boMib-boMib toMash sharti bilan sotish xaridor 
tovar 
qiymatini 
darhol 
emas, 
balki 
shartnomada 
belgilangan 
muddatlarda bir necha toMovlar bilan toMashini bildiradi. ToMovni 
boMib-boMib toMaganlik uchun bitim taraflarining kelishuviga ko ‘ra 
qo‘shimcha toMov (boMib-boMib toMaganlik uchun foiz) belgilangan 
boMishi mumkin.
Sotuvchi mahsulotni yuklab jo ‘natish sanasida foizlar chegirilgan 
holda sotish narxidan kelib chiqib daromadni tan olishi lozim. Foizlar 
olinishiga qarab moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromad sifatida tan 
olinishi lozim.
T a’kidlash lozimki, toMovni boMib-boMib toMaganda ham 15 
foizlik bo‘nakning mavjudligi zarur hisoblanib, qarz esa mahsulot 
yuklab j o ‘natilgan kundan boshlab 90 kundan oshmagan muddatda 
toManishi lozim.
458


T oio v n i b o iib -b o iib to ia s h shartlarida mahsulotlarni sotish 
bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari quyidagicha bo‘ladi:
14.2-jadval
Korxona to‘lovini bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlarida
mahsulotlarni sotish

M uom alalar m azmuni
D ebet
Kredit
1
.
X a rid o rd an b o ‘n ak o lin d i
51 1 0
6310
2. M ahsulotni so tish d an o lingan d aro m ad aks ettirildi
4 0 1 0
9010
3.
S otilgan m a h su lo t b o ‘y ic h a Q Q S hiso b lan d i
40 1 0
6410
4.
Sotilgan m ah su lo tn in g tan n arx i h iso b d an chiqarildi
91 1 0
2830
5.
T o ‘lo v lam in g k elib tu sh ish ig a q arab x a rid o r qarzlarining 
t o ‘lanishi aks ettirildi
51 1 0
4010
6. B o ‘nakning h iso b g a olinishi
6 3 1 0
4010
Mahsulotni vositachilar orqali (komissiya shartnomasi b o ‘yicha) 
sotishdagi tushum tayyor mahsulotlarni oluvchi tayyor mahsulotlarni 
yuk j o ‘natuvchi (sotuvchi) nomidan sotish bo‘yicha majburiyatni o ‘z 
zimmasiga olishi nazarda tutilgan komissiya shartlarida sotishda 
daromad yuk jo ‘natuvchi tomonidan tovarlami yuklab j o ‘natish paytida 
emas, balki mahsulot oluvchi tomonidan uchinchi tarafga sotilgan 
paytda tan olinadi.
Misol. Ishlab chiqarish korxonasi avtomatlashtirilgan rangli 
televizor chiqarib, 480000 so‘mdan QQSni hisobga olgan holda sotadi, 
shu jumladan kafolat xizmat ko ‘rsatilishi summasi 50000 so ‘m ga teng. 
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi 268000 so‘mga teng.
2018-yil 21-fevralda korxona savdo tarmoqlariga 50 dona rangli 
televizorlami yuklab j o ‘natdi. Shartnoma bo‘yicha oldindan to io v hajmi 
15 %ni tashkil etadi va qolgan summasi 2 oy mobaynida to ‘lanishi 
lozim. Realizatsiya qilish qiymatidan 15 % hajmidagi oldindan to ‘lov 
summasi korxonaning hisob raqamiga 2018-yil 3-martda kelib tushdi.
Yuqorida keltirib o ‘tilgan xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha buxgal­
teriya hisobi yozuvlari quyidagi k o ‘rinishga ega bo‘ladi:
- rangli televizorlami realizatsiya qilishdan olingan daromadning 
tan olinishi, bunda rangli televizorlaming sotish bahosi realizatsiya
4 5 9


qilingan mahsulotlami sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish qiymatini o ‘z 
ichiga oladi:
Debet 4010 
24 000 000 so ‘ m;
Kredit 9010 
17 500 000 so‘m;
Kredit 6410 
4 000 0 0 0 s o ‘m;
Kredit 6230 
2 500 000 so‘m;
24 000 000 so‘m = 480 000 so‘m x 50 dona; 4 000 000 so‘m = 24 
000 000 so ‘m x 20 / 120; 2 500 000 so ‘m = 50 000 so‘m x 50 dona;
- realizatsiya qilingan rangli televizorlaming tannarxi summasiga:
Debet 9110 
13 400 000 so‘m;
Kredit 2810 
13 400 000 so‘m;
13 400 000 so‘m = 268 000 so'm x 50 dona;
- rangli televizorlami sotib olgan xaridordan oldindan to io v
summasining kelib tushishini aks ettirish:
Debet 5110 
3 600 000 so‘m;
Kredit 6310 
3 600 000 so‘m;
3 600 000 so ‘m = 24 000 000 so‘m x 15 / 100.
3. Reklama uchun mukofot.
Ommaviy axborot vositasi tomonidan vositachilik haqi omma 
oldida tegishli reklama yoki reklama tasmasi chiqarilganda tan olinadi. 
Ishlab chiqarish vositachilik haqi loyihani tugallanish bosqichi 
k o‘rsatilganda tan olinadi.
Reklama uchun olingan oldindan to io v summasini 6310 “Xaridor­
lar va buyurtmachilardan olingan avanslar” schyotida hisobga oladilar, 
xizmat k o ‘rsatilgandan so‘ng esa ushbu oldindan to io v n i tushumga ki- 
ritadilar, y a ’ni daromad sifatida tan olinadi va quyidagi buxgalteriya 
hisobi yozuvi bilan aks ettiriladi:
- reklama bo ‘yicha komission xizmatlami ko‘rsatish uchun oldin­
dan to io v n in g olinishida:
debet 5110 - “Hisob-kitob schyoti”;
kredit 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan avanslar» 
schyoti;
460


- ommaviy axborot vositalari tomonidan reklama xizmatlari 
ko‘rsatilgandan so‘ng xizmatlami bajarishdan olingan daromadning tan 
olinishi:
debet 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan avanslar» 
schyoti;
kredit 9030 «Ishlami bajarish va xizmatlar ko ‘rsatishdan 
daromadlar» schyoti.
4. Sug‘urta agentliklarining vositachilik haqi. Sug‘urta agentligi 
tomonidan olingan yoki olinishi lozim bo ‘lgan vositachilik haqi, agent 
tomonidan keyinchalik xizmat ko'rsatish talab etilmasa, 
agent 
tomonidan sug‘urta polisi kuchga kirgan yoki tiklangan kunidan keyin 
daromad deb tan olinadi. Lekin, agentdan polis amalda b o ig an
muddatda keyinchalik xizmat k o ‘rsatish talab qilinishi ehtimoli mavjud 
b o isa , komission haq yoki uning qismi kechiktiriladi va polis kuchga 
ega b o ig a n davr mobaynida daromad sifatida tan olinadi.
5. Abonement y igim lari. San’atkorlam ing chiqishlari, banketlar va 
boshqa alohida hollardan tushum bunday hollar ro‘y berganda daromad 
sifatida tan olinadi. Qator voqealarga chiptalar sotilganda, to io v har bir 
voqea ko‘rsatilgan vaqtda ko‘rsatilgan xizmat hajmi bo‘yicha har bir 
voqea orasida taqsimlanadi.
6. 0 ‘qitish uchun to io v . Daromad o ‘qitish davri mobaynida tan 
olinadi.
X o ‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotni tuzish ch o g ida 
“izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar”da quyidagi m aium otlam i 
ochib berishi lozim:
1. Daromadni tan olish uchun qabul qilingan hisob siyosati, shu 
jum ladan xizmat ko‘rsatishni o ‘z ichiga olgan bitimlaming nihoyasiga 
yetishi bosqichlarini belgilash uchun qabul qilingan usullar.
2. Daromadning hisobot davri davomida aks ettirilgan har bir 
muhim toifasi miqdori, shu jum ladan quyidagilardan olingan daro­
madlar: 
tovarlami 
sotishdan, 
xizmat 
ko‘rsatishdan, 
foizlardan,
royaltidan, dividendlardan.
461


3. 
Daromadlaming har bir muhim toifasiga kiritilgan tovarlar yoki 
xizmatlami ayirbosh qilishdan olingan daromad miqdori.
Tayyor mahsulot, tovar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlami 
sotishdan olingan daromadlar, shuningdek sotilgan tovarlaming qaytishi, 
sotish 
va 
baholardan 
chegirmalar 
to ‘g‘risidagi 
axborotlami 
umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”;
9020 “Tovarlami sotishdan daromadlar”;
9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar”;
9040 “Sotilgan tovarlam ing qaytishi”;
9050 “ Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”;
9010“Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”;
9020 “Tovarlami sotishdan daromadlar” ;
9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” 
schyotlarining 
kreditida 
korxonaning 
asosiy 
faoliyati 
(tayyor 
mahsulotlar, tovarlami sotish, ishlar bajarish, xizmatlar k o ‘rsatish)dan 
daromadlar olinadigan schyotlar va pul mablag‘larini hisobga oluvchi 
schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi, biroq, oldingi hisobot 
davrlarida olingan, ammo joriy hisobot davriga tegishli b o ig a n daromad 
summalari 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti bilan 
bogiangan holda aks ettiriladi.
Mahsulot, tovar, 
ish, 
xizmatlami 
sotishda 9010 
“Tayyor 
mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlami sotishdan 
daromadlar”, 
9030 
“Ishlar bajarish va xizmatlar k o ‘rsatishdan 
daromadlar” schyotlarida sotishdan tushgan so f tushum summasi aks 
ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan 
daromadlar”, 9020 “Tovarlami sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar 
bajarish va xizmatlar ko'rsatishdan daromadlar” schyotlari 9910 
“Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan yopiladi.
9040 “Sotilgan tovarlam ing qaytishi” schyoti sotilgan mahsulot va 
tovarlaming qaytishini hisobga olish uchun m oijallangan. Bu schyot 
asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar
462


(9000) guruhiga kontr-passiv schyot hisoblanadi va uning debet 
aylanmasi mahsulotlar va tovarlar sotishdan daromadni kamaytiradi. 
9040 “Sotilgan tovarlaming qaytishi” schyotining debetida qaytarilgan 
tovarlar qiymati, tegishli: pul m ablagiarini hisobga oluvchi schyotlar 
bilan - xaridorlar va buyurtmachilar tomonidan qaytarilgan tovarlaming 
qiymati; olinadigan schyotlar bilan - qaytarilgan tovarlar bo ‘yicha bekor 
qilingan debitorlik qarzlari summasi; to ianadigan schyotlar bilan - 
mazkur tovarlar uchun xaridorlar va buyurtmachilardan olingan to io v lar 
va bo‘naklar bo‘yicha vujudga kelgan qarz summasi aks ettiriladi. 
Bunda ilgari hisoblangan qo‘shilgan qiymat so lig i, aksiz solig‘i 
bo‘yicha byudjetga to io v la r bo‘yicha qarzlami hisobga oluvchi tegishli 
schyotlaming debeti va pul m ablagiarini hisobga oluvchi schyotlar, 
olinadigan schyotlaming kreditida yozuv amalga oshiriladi. Qaytarilgan 
mahsulotlar va tovarlaming tannarxi TMZIami hisobga oluvchi tegishli 
schyotlaming debetida va sotilgan mahsulotlar va tovarlaming 
tannarxini hisobga oluvchi tegishli schyotlaming kreditida aks ettiriladi.
9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” 
schyoti shartnoma shartlariga muvofiq berilgan sotuv chegirmalari, 
shuningdek sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larda aniqlangan 
yaroqsizliklar va hokazolar natijasida berilgan narx chegirmalami 
hisobga olish uchun m oijallangan. Ushbu schyot asosiy (operatsion) 
faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9000) guruhiga 
kontr-passiv schyot hisoblanadi va uning debet aylanmasi mahsulotlar 
va tovarlami sotishdan, ish bajarishdan va xizmat ko ‘rsatishdan 
daromadlami kamaytiradi. 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga 
berilgan chegirmalar” schyotining debetida sotuv va narxlardan berilgan 
chegirmalaming summasi tegishli olinadigan schyotlar bilan bogiangan 
holda aks ettiriladi
Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi 
schyotlar (9000) bo‘yicha analitik hisob sotilgan mahsulotlar (tovarlar), 
bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlaming har bir turi b o ‘yicha 
alohida yuritiladi. Bundan tashqari, analitik hisobni sotuvning geografik
463


segmentlari (hududlar) va korxonani boshqarish uchun zarur b o ig an
boshqa segmentlar bo‘yicha yuritish mumkin.
Sotilgan tayyor mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ishlar va 
ko‘rsatilgan 
xizmatlaming 
tannarxi 
to ‘g ‘risidagi 
axborotlami 
umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: (3-ilova)
9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlaming tannarxi”;
9120 “Sotilgan tovarlaming tannarxi”;
9130 “Bajarilgan ish va ko ‘rsatilgan xizmatlaming tannarxi”;
9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish / xarid qilish”;
9150 “Davriy hisobda TMZ bo‘yicha tuzatishlar”.
Tayyor mahsulotlar, tovarlar, ishlar, xizmatlar sotilganda, sotilgan 
tayyor mahsulotlar, tovarlar, ishlar, xizmatlaming tannarxi 9110 
“Sotilgan tayyor mahsulotlaming tannarxi”, 9110 “Sotilgan tovarlaming 
tannarxi”, 9130 “Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlaming tannarxi” 
schyotlarining debetida tayyor mahsulotlami (2800), tovarlami (2900) 
hisobga oluvchi schyotlar bilan b o g ian g an holda aks ettriladi.
Hisobot davrining oxirida 9110 “ Sotilgan tayyor mahsulotlaming 
tannarxi”, 9120 “Sotilgan tovarlam ing tannarxi”, 9130 “Bajarilgan ish 
va ko ‘rsatilgan xizmatlaming tannarxi” schyotlari 9910 “Yakuniy 
moliyaviy natija” schyoti bilan yopiladi.
Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)laming tannarxini hisobga 
oluvchi 
schyotlar 
(9100)dan 
amalda 
foydalanish 
korxonada 
qoilaniladigan tovar-moddiy zaxiralaming hisob usuliga, y a’ni tovar- 
moddiy zaxiralaming uzluksiz yoki davriy hisobiga b ogiiq.
Tovar-moddiy 
zaxiralami 
uzluksiz 
hisobga 
olish 
usuli 
qoilanilganda har bir mahsulot yoki tovam ing tannarxi uning ishlab 
chiqarish jarayonidagi harakatiga qarab xarajatlami hisobga oluvchi 
schyotlarda to ‘planadi.
Tovar-moddiy 
zaxiralami 
davriy 
hisobga 
olish 
usulidan 
foydalanilganda har bir mahsulot (tovar)ning tannarxi hisobot davri 
davomida vaqtinchalik 9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish/xarid 
qilish” schyotida y igilad i, biroq sotilgan mahsulotlar, tovarlaming 
haqiqiy tannarxini faqat TMZ inventarizatsiya qilingandan so ‘ng
464


aniqlash mumkin. 9150 “Davriy hisobda TMZ bo‘yicha tuzatishlar” 
schyoti - hisobot davrining oxirida inventarizatsiya natijasida TMZni 
mavjudligini aks ettirish uchun foydalaniladigan vaqtinchalik schyot. 
K o‘rsatilgan schyotning debeti b o‘yicha TMZning kamayishi, krediti 
bo‘yicha TMZning o ‘sishi TMZni hisobga oluvchi schyotlar (1000- 
2900) bilan bogiangan holda aks ettiriladi.
9150 “Davriy hisobda TMZ bo ‘yicha tuzatishlar” schyotining 
qoldig‘i 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotiga o‘tkazilishi orqali 
yopiladi.
Hozirgi iqtisodiyotni modemizatsiyalash sharoitida yaratilayotgan 
mahsulotlarni o ‘z vaqtida xaridorlarga, y a’ni chakana va ulguiji savdo 
nuqtalariga yetkazib berish katta ahamiyatga ega. Chunki bizning 
korxona yetkazib bermasa, bizning raqobatchilarimiz yetkazib beradi 
yoki xaridorlar muqobil mahsulotlarni sotib oladilar. Bu borada albatta 
korxona tashish xarajatlarini amalga oshirishga majbur b o iad i. Tayyor 
mahsulotlarni tashish uchun qilingan sarflar korxonaning sotish 
xarajatlari hisoblanadi. Sotish xarajatlari mahsulot tannarxiga kiritilmay 
davr xarajatlari tarkibida hisobga olinadi va bu xarajatlar korxonaning 
yalpi foydasi hisobidan qoplanadi.
Tashish xarajatlari: tovarlami tem ir y o i, havo, avtomobil, dengiz, 
daryo transportida tashish xarajatlari, ushbu moddaga tashish xarajatlari 
hamda transport vositalari bekor turib qolganligi uchun to ian g an
jarim alar ham kiritiladi.
Tashish xarajatlarining asosiy moddalariga quyidagilar kiradi
- ish haqi
- y o n ilg i xarajatlari;
- moylash xarajatlari;
- tuzatish va texnik xizmat k o ‘rsatish xarajatlari;
- avtomobil shinalari yemirilishi xarajatlari;
- amortizatsiyasi xarajatlari;
- ustama xarajatlar".
99 Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.W arren, Jam es M .Reeve. Jonathan E.Duchac, 934-page
465


Avtomobillar yaqin masofaga tayyor mahsulot tashisa, ko‘p yuk 
tashiydi va kam miqdorli tonna-kilometrli ish bajaradi. Aksincha 
b o ig an d a esa tonna-kilometrli ish ko‘p b o iib , tashilgan yuk hajmi kam 
b o ia d i. Birinchi holda avtomobillaming umumiy y o i bosish masofasi 
kam, lekin ishbay usuli bilan haydovchilar mehnatiga haq to ia sh d a ular 
miqdorlari teng yoki bir-biriga yaqin b o iad i.
Agar korxona tayyor mahsulotlami o ‘z avtotransportida tashisa 
quyidagicha provodkalar boiadi:
Xaridorlarga yetkazilayotgan tayyor mahsulotlami tashuvchi 
avtotransport vositalariga yoqilgi-m oylash materiallari sarflandi:
Debet 9410 “Sotish xarajatlari”
Kredit 1030 “Y oqilgilar”
Haydovchilarga ish haqi hisoblandi:
Debet 9410 “Sotish xarajatlari”
Kredit 6710 “Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisob - kitoblar” 
Haydovchilaming ish haqiga nisbatan yagona ijtimoiy to io v
hisoblandi:
Debet 9410 “ Sotish xarajatlari”
Kredit 6520 “Davlat maqsadli fondlariga to io v la r”
Sotilayotgan mahsulotni tashiyotgan avtotransport vositalariga 
eskirish hisoblandi:
Debet 9410 “ Sotish xarajatlari”
Kredit 0260 “Transport vositalaming eskirishi”
Tayyor mahsulotlami tashiydigan avtotransport vositalari joriy 
ta’mirlandi:
Debet 9410 “Sotish xarajatlari”
Kredit 1040 “Ehtiyot qismlar”
Sotish xarajatlari yakuniy moliyaviy natijaga o ‘tkazildi:
Debet 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”
Kredit 9410 “Sotish xarajatlari”
Agar 
korxona 
tayyor 
mahsulotlarini 
tashishda 
transport 
korxonalarining avtotransportlaridan foydalansa, ko‘rsatilgan xizmatlar 
uchun taqdim qilingan transport korxonalarining schyot-fakturada
466


ko‘rsatgan summalarini toiaydilar. 
Bunda quyidagicha provodkalar 
berish mumkin:
Schyot-fakturada 
taqdim 
qilinganda 
xizmat 
va 
QQSning 
summasiga:
Debet 9410 “Sotish xarajatlari”
Debet 4410 “Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha b o ‘nak 
to‘lovlari”
Kredit 6990 “Boshqa majburiyatlar”
Transport korxonasiga pul o ‘tkazilganda:
Debet 6990 “Boshqa majburiyatlar”
Kredit 5110 “Hisob-kitob schyoti”
Sotish xarajatlari yakuniy moliyaviy natijaga o ‘tkazildi:
Debet 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”
Kredit 9410 “Sotish xarajatlari”
Agar korxona tayyor mahsulotlarini tashishda qisqa muddatga 
ijaraga olingan avtotransport vositalaridan foydalansa, ijara to ‘lovlari 
summasini 
sotish 
xarajatlariga 
o ‘tkazadi. 
Bunda 
quyidagicha 
provodkalar berish mumkin:
Debet 9410 “Sotish xarajatlari”
Kredit 6910 “T o‘lanadigan qisqa muddatli ijara haqi”
Qisqa muddatli ijara haqi toianganda:
Debet 6910 “T oian adig an qisqa muddatli ijara haqi”
Kredit 5110 “Hisob-kitob schyoti”
Sotish xarajatlari yakuniy moliyaviy natijaga o ‘tkazildi:
Debet 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”
Kredit 9410 “Sotish xarajatlari”
Agar korxona tayyor mahsulotlarini tashishda foydalanilgan 
avtotransportini moliyalashtiriladigan lizing shartnomasi bo‘yicha olgan 
b o isa , unda tashish xarajatlari xuddi o ‘zining avtotransportidan 
foydalanganday hisobga olinadi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, tashish xarajatlariga transport 
vositalari bekor turib qolganligi uchun to ian g an jarim alar ham kiritiladi. 
Masalan, Sotish uchun xaridorlarga j o ‘natilayotgan tayyor mahsulotni
467


tashish uchun transport korxonasiga buyurtma qilingan avtotransport 
(poyezd, samolyot, kema)ga o ‘z vaqtida yuk toidirilm adi va u 
shartnomada ko ‘rsatilmagan muddatda bizning aybimiz bilan ushlanib 
qoldi. Buning uchun transport korxonasi bizga jarim a soldi:
Debet 9410 “Sotish xarajatlari”
Kredit 6990 “Boshqa majburiyatlar”
Jarima to ‘landi:
Debet 6990 “Boshqa majburiyatlar”
Kredit 5110 “Hisob-kitob schyoti”
Ushbu xarajat 0 ‘zR Soliq Kodeksining 147-moddasiga muvofiq 
doimiy farq, y a’ni soliq solianadigan bazadan chegirilmaydigan xarajat 
hisoblanadi. Bu esa xo ‘jalik shartnomalarini o ‘z vaqtida bajarishni talab 
etadi.
Tovar - bu korxonaning sotish uchun sotib olingan yoki ishlab 
chiqarilgan moddiy aktivlari tushuniladi. Tovar-korxona tomonidan 
sotishga m oijallangan moddiy aktivlaridir100.
14.3-rasm. 

Download 10,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish