A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlar hisobi



Download 10,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/294
Sana02.12.2022
Hajmi10,8 Mb.
#877055
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   294
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

13.2. Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlar hisobi
Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga haq to ‘lash xarajatlari 
tarkibiga “Xarajatlar tarkibi to ‘g ‘risidagi nizom”ga muvofiq quyidagilar 
kiradi:
1. 
Korxonada qo‘llaniladigan mehnatga haq to ‘lash shakllari va 
tizimlariga muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va okladlar asosida 
haqiqatdan 
bajarilgan 
ish 
uchun hisoblangan 
ishlab 
chiqarish 
xarakteridagi ish haqi, quyidagilar qo ‘shilgan holda:
a) og‘ir tabiiy iqlim joylarda uzoq muddat uzilishsiz ish stajiga ega 
bo‘lganlar uchun ish haqiga qo ‘shimcha;
b) doimiy ishi y o ‘lda amalga oshiriladigan aloqa, temir y o‘l, suv, 
avtomobil transporti va boshqa sohalarda band b o ‘lgan xodimlar ish 
haqiga qo‘shimcha. Bunday xodimlar uchun korxonalardan chiqib, 
qaytib kelgungacha bo‘lgan har bir sutka uchun qo‘shimcha haq 
to ‘lanadi;
d) to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri qurilishda, kapital ta’mirlash kabi ishlarda 
band bo ‘lgan xodimlarga qonunda k o ‘zda tutilgandek ayrim ishlami 
bajarganligi uchun to‘lanadigan qo ‘shimcha haq;
e) yer osti ishlarida band bo ‘lgan xodimlarga toianadigan 
qo‘shimcha haq;
f) amaldagi qonunlarga muvofiq cho‘l, suvsiz va tog'li hududlarda 
mehnat qiluvchi xodimlarga to ian ad ig an haqlar;
h) avangard ishlami bajarishda band bo ‘lgan xodimlar, transport 
tashkiloti va y o ‘lda ob-havo noqulayligi tufayli ushlanib qolgan 
xodimlar uchun to ‘lanadigan summalar;
g) maxsus shartnomaga muvofiq korxona, tashkilotlardan muayyan 
ishlami bajarish uchun jalb qilingan xodimlarga va ulami yuborgan 
tashkilotga to ‘lanadigan summalar.
2. M e’yordan ortiqcha ishlagan hamda yaxshi ishlagan kunlari va 
holatlar hisobiga berilgan dam olish kunlari uchun to ‘lanadigan haq.
3. Miqdor ko‘rinishida toian ad ig an mahsulot qiymati.
4. Amaldagi qonunlarga muvofiq, rag‘batlantirish xarakteridagi
4 3 6


to‘lovlar: mukofotlar, kasb mahorati uchun tarif stavkalari, oylik 
maoshga qo‘shimchalar va boshqa rag‘batlantirishlar.
5. Tungi smenada, smenadan ortiqcha, shuningdek dam olish 
kunlari mehnat sharoiti og‘ir va zararli bo‘lganligi uchun to ‘lanadigan 
to ‘lovlar.
6. Amaldagi qonunlarga muvofiq, navbatdagi mehnat ta ’tili va 
qo‘shimcha ta’tillar, o ‘smirlarning imtiyozli soatlari, bolali onalaming 
tanaffus soatlari uchun to ‘lovlar va boshqalar.
7. Ish haqi qisman saqlangan holda, majburiy ta’tilda b o ig an
xodimlarga toianadigan haqlar.
8. Qon topshiruvchilar uchun toianadigan to io v lar, tekshirish va 
qon topshirish, dam olish kunlari uchun beriladigan to io v lar.
9. Korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o ‘taganligi uchun 
oliy va o ‘rta maxsus o ‘quv yurti talabalari uchun to io v lar.
10. Talabalar qurilish otryadlari tarkibida ishlovchi oliy va o ‘rta 
maxsus o ‘quv yurti talabalari mehnatiga haq.
11. 
Tuzilgan shartnomaga k o ‘ra bajarilgan ishlar uchun korxona 
shtatida boim aganlar mehnatiga haq.
12. 
Amaldagi qonunlarga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida 
ishtirok etadigan xodimlar mehnatiga haq to ia s h fondiga qo ‘shiladigan 
boshqa to io v turlari.
Ish 
haqi 
xarajatlarini 
to ‘g‘ri 
hisoblash 
uchun 
ulami 
hisobvaraqlarga qilingan 
ishlar bo ‘yicha to ‘g ‘ri 
mutanosiblikda 
taqsimlash kerak b o iad i. Y a’ni ishlab chiqarishda ishchilaming 
mahsulot biron-bir turini ishlab chiqarish bilan bevosita b o g iiq b o ig an
asosiy ish haqi odatda boshlangich hujjatlarga asoslanib, kalkulyatsiya 
qilish obyektlari bo ‘yicha hisob qilinadi va tannarxga to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri 
o ‘tkaziladi.
Ishlab chiqarish normasini bajarish uchun korxona rahbari va 
mulkdorlari normal ish sharoitlarini yaratishlari lozim. Agarda bunday 
sharoitlar tashkil qilinmagan b o is a va ishlab chiqarish normasi 
xodimning aybisiz bajarilmasa, u holda ishchining oxirgi ikki kalendar 
oyidan kelib chiqib aniqlanadigan o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.
437


Bekor turish - bu ishchilar korxonada b o ig a n paytlarida ulami 
ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilish mumkin bo‘lmagan majburiy 
tanaffuslardir.
Bekor turib qolishga ishchilaming o ‘zlari, korxona yoki sex 
rahbarlari, shuningdek tashqi mol yetkazib beruvchilar, energiya bilan 
ta’minlovchilar va boshqalar sababchi bo‘lishlari mumkin.
Ishchining aybi bilan bekor turishga haq to ‘lanmaydi. Xodimning 
aybisiz bekor turib qolingan vaqtda uning o ‘rtacha ish haqi saqlanadi.
Xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqtda o ‘rtacha ish haqi 
oxirgi ikki kalendar oyining o ‘rtacha oylik ish haqidan kelib chiqib 
hisoblanadi.
Agar kasanachining aybi bilan uskuna ishdan chiqqan b o ‘Isa, 
bekor turib qolingan vaqt uchun unga haq toianm aydi.
Yangi ishlab chiqarish turlarini o ‘zlashtirish davrida ishchining 
aybisiz bekor turib qolinganda, vaqtbay asosda ishlaydiganlarga ulaming 
razryadlariga mos bo‘lgan tarifhing to ‘liq stavkasi bo‘yicha haq 
to‘lanadi. Bunda bekor turish to ‘g ‘risdagi varaq to id irilad i va unda 
bekor turib qolish sabablari, aybdor shaxslar, uning davomiyligi, 
ishchining tarif stavkasi va to ‘lov miqdori k o ‘rsatiladi.
Bekor turib qolingan davrda ishchilami boshqa ishga y o ‘naltirish 
mumkin. Bunday ishlar uchun mehnat haqi yo ishbay narxlar bo ‘yicha, 
yoxud o ‘rtacha ish haqi saqlanishi tarzida to ‘lanadigan naiyad bilan 
ramiylashtiriladi. Bekor turib qolish varag‘ida naryad tartib raqami va 
ishlagan vaqti k o ‘rsatiladi.
Ishchining aybisiz b o ‘lib o ‘tgan bekor turib qolish uchun unga 
hisoblangan ish haqi ishlamagan vaqt uchun to ‘lovlarga kiradi va unga 
JShDS, YalT hamda majburiy ijtimoiy sug‘urta badali solinadi.

Download 10,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish