13-BOB. MODDIY, MEHNAT HAQI VA USTAMA
XARAJATLAR HISOBI
13.1. Moddiy xarajatlami hisobga olish
Moddiy xarajatlar mahsulot tannarxida katta salmoqni egallaydi.
Bularga “Xarajatlar tarkibi to ‘g ‘risidagi nizom”ga muvofiq quyidagilar
kiradi:
1. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot asosini tashkil qiladigan,
chetdan sotib olinadigan xomashyo va materiallar.
2. Mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonini bir m e’yorda
ta’minlab turish, mahsulot о ‘rash va boshqa ishlab chiqarish maqsadlari
uchun mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan,
sotib olingan
materiallar, shuningdek, asosiy vositalar, bino, inshoot, asbob-
uskunalami ta’mirlashda ishlatiladigan materiallar, ehtiyot qismlar.
3. Ushbu korxonada qo ‘shimcha qayta ishlashni yoki yig‘ishni
talab etuvchi sotib olingan komplektlashgan mahsulot va yarim tayyor
mahsulotlar.
4. Asosiy faoliyat turiga taalluqli bo‘lmagan chet korxona va
xo ‘jaliklarda bajariladigan ishlab chiqarish
xarakteridagi ish va
xizmatlar.
5. Tabiiy hamda mineral xomashyo bazasini qayta tiklash uchun
qilinadigan ajratmalar, suv uchun to ‘lanadigan to io v la r va boshqalar.
6. Chetdan
sotib
olinadigan
y o q ilg ining
hamma
turlari.
Texnologik maqsadlarga,
korxona transporti
bajaradigan ishlab
chiqarishga xizmat qilish b o ‘yicha
transport ishlariga, binolami
isitishga, ishlab chiqarishga sarflanadigan sotib olingan energiyaning
hamma turlari.
7. Korxonaning xo ‘jalik, texnologik va boshqa ishlab chiqarish
maqsadlari uchun sarflanadigan sotib olingan energiyaning hamma
turlari.
433
8. M e’yor chegarasidagi material resurslaming kamomadi va
buzilishidan keladigan nobudgarchiliklar.
9. Material resurslarini
transportda tashish, ortish, tushirish bilan
bog‘liq xarajatlar. Bu xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli
elementiga qo ‘shiladi (xodimlaming ish haqi, mehnatga haq to ‘lash
xarajatlariga, asosiy fondlar amortizatsiyasi, material xarajatlari va
boshqalar).
10.
Mol yetkazib bemvchilardan olingan material resurslari bilan
birga sotib olingan tara va o ‘rash xarajatlari
material resurslari
qiymatiga qo‘shiladi.
11.
Mahsulot tannarxiga qo ‘shiladigan material resurslari
xarajatlaridan, qaytarilgan chiqindilar yoki taralar qiymati ulami sotish
yoki ulardan foydalanishning haqiqiy tannarxi bo‘yicha chiqarib
tashlanadi.
12.
“Material xarajatlari” elementi b o ‘yicha aks ettiriladigan
material resurslari bahosi (qiymati) quyidagilardan tashkil topadi: sotib
olinish
qiymatidan, jumladan, barter almashuvida (qo‘shilgan qiymat
solig'isiz), komission to ‘lovlar, tashqi iqtisodiy ta’minot tashkilotlariga
toianadigan, brokerlar xizmatlari qo‘shilgan tovar biijalari xizmat
qiymati, boj to io v lari, chet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan
transport, saqlash va keltirish bilan bog‘liq xarajatlar (toiovlar).
Moddiy xarajatlami to ‘g ‘ri hisobga olish mahsulot tannarxiga katta
ta ’sir k o ‘rsatadi. Buning uchun hisobni
shunday tashkil etish kerakki,
unda haqiqiy xarajatlami normalar bilan uzluksiz va tezkor solishtirish
imkoni b o isin .
Materiallar ishlab chiqarishga korxonada belgilangan norma
bo‘yicha ulami hajmi, og‘irligi, hisobi qayd qilingan hujjatlar asosida
qo‘yib yuboriladi. Boshlang‘ich hujjatlami material hisob guruhi ishlab
chiqadi.
Xarajatlar moddalari bo‘yicha materiallar
sarfmi hisobga olish
uchun turli xil hujjatlashtirish usullari qo‘llaniladi. K o‘proq inventar va
Do'stlaringiz bilan baham: