A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov



Download 10,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/294
Sana02.12.2022
Hajmi10,8 Mb.
#877055
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   294
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

Xarajatlar tushunchasi
387


Xarajatlaming maqsadi - xarajatlari alohida oichanadigan har 
qanday faoliyatdir. Mahsulot, sex, savdo hududi yoki aniqlash mumkin 
bo‘lgan har qanday faoliyat bunga misol bo‘la oladi87.
Amalda korxonalarda xarajatlami boshqarishga yondashuvlarda 
uslublaming ikki guruhi: buxgalteriya-soliq va boshqaruv-tahliliy 
uslublari nuqtayi nazaridan ko ‘rib chiqish mumkin. Uslublaming 
birinchi guruhi buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish sohasida amal 
qiladigan qonunchilik doirasida foyda solig‘i bo‘yicha soliqqa 
tortiladigan bazani o'zgartirish maqsadida sarflar bilan ishlash 
imkoniyatini k o ‘zda tutadi. Ikkinchi guruh uslublarini qo‘llash 
jarayonida 
korxonaning 
ichki 
xizmatlari 
boshqaruv 
hisobining 
progressiv uslublaridan foydalangan holda korxona ishini rejalashtirish 
hisobini 
yuritish, 
nazorat 
qilish, 
tannarxini 
kamaytirish 
va 
samaradorligini oshirish sohasida muayyan vazifalami ishlab chiqadi.
Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun sarflami rejalashtirish, 
ulam ing hisobini yuritishga yagona yondashuvni ta ’minlash uchun 
ushbu sarflaming tegishli tasnifi kerak.
X arajatlam i aks ettiru v ch i schyotlar 
tuifcumlanishi
A so siy ishlab c h iq a rish xarajatlari 
(
2010
)
Y ordam chi ish lab chiqarish 
xarajatlari (2310)
U m u m ish lab ch iq arish xarajatlari 
(2510)
X izm at k o ‘rsatuvchi x o 'ja lik la r 
xarajatlari (2710)
K elgusi d av r xarajatlari (3100)
K echiktirilgan xarajatlar (3200)
D av r xarajatlari (9400)
M o liyaviy faoliyat b o ‘yicha 
x arajatlar (9600)
12.2.rasm. X a ra ja tla m i aks ettiru v chi schyotlar bo‘yicha 
tu rk um lan ish i
87 C o lin D ru ry . M a n a g e m e n t a n d C o st A c c o u n tin g , e ig h th e d itio n . 2 0 1 2 . p .2 3 -2 4
388


Amaliyotda mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun sarflami 
rejalashtirish, ulaming hisobini yuritish va kalkulyatsiya qilish 
maqsadida boshqarish uchun: mazmuni va maqsadi; ishlab chiqarish 
hajmiga bogiiqligi darajasi sarflami m a’lum turdagi mahsulot 
birligining tannarxiga kiritilish usuli; ishlab chiqarishda sarflaming 
shakllantirilishi ketma-ketligi kabi belgilar bo‘yicha tasnif ishlatiladi.
Sarflami shakllantirishni boshqarish tizimida amaliy foydalanish 
uchun sarflar mazmuni va maqsadiga ko‘ra, ikki usulda guruhga 
bo‘linadi: iqtisodiy tarkibi hamda sarflaming moddalariga ko‘ra. 
Gumhga bo‘lishning ikkala usulida ayni bir xil sarflar hisobga olinadi, 
lekin ulami hisobga olishning o ‘ziga xos xususiyatlari tufayli ayni bir 
nomli moddalar va tarkibiy qismlari kattaligiga ko‘ra farqlanadi. 
Xarajatlami iqtisodiy tarkibiga k o 'ra gumhlashda u yoki bu zaxiralar 
turi qayerda va qaysi maqsadda ishlatilishi muhim emas, faqat sarflar 
iqtisodiy mazmuniga k o‘ra bir xil b o iish i muhim hisoblanadi.
Mahsulotga tegishli xarajatlar tayyor mahsulot ishlab chiqarish 
bilan b o giiq. Bu xarajatlar zaxiralar qiymatiga kiritiladi. Mahsulotga 
tegishli xarajatlarga asosiy materiallami, asosiy mehnatni va ishlab 
chiqarishga ustama sarflami kiritishadi.
Asosiy materiallar - xom-ashyo va materiallar, ular tayyor 
mahsulotning qismiga aylanadi. Ulaming qiymati bevosita va alohida 
xarajatlarsiz m aiu m buyumga qo ‘shiladi. Bevosita moddiy xarajatlar 
miqdorini aniq bir buyumga q o ‘shish mumkin b o ig a n materiallar 
miqdorini materiallar birligiga k o ‘paytirib hisoblab chiqarilishi mumkin.
Asosiy mehnat barcha ishchi kuchi xarajatlarini o ‘z ichiga oladi, 
ulami bevosita tayyor mahsulotlaming m a’lum turiga tejab qo‘shish 
mumkin.
Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari - (ishlab chiqarish ustama 
xarajatlari) - bular mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan asosiy 
materiallar va asosiy mehnatdan tashqari barcha xarajatlardir, ya’ni 
ishlab chiqarish bilan b o g iiq b o ig an , lekin tayyor mahsulotning aniq 
bir 
turiga 
tegishli 
deb 
boim aydigan 
turli 
sarf-xarajatlaming 
yigindisidir. (Masalan, qo‘shimcha materiallar, qo‘shimcha ishchilar
389


mehnati, ishlab chiqarish binolari va uskunalaming amortizatsiyasi, 
kommunal xizmatlar, ishlab chiqarish binolarini ijaraga olishga doir 
xarajatlar yig‘indisi).
Davr xarajatlariga ular paydo bo ‘lgan davrda qilingan, lekin 
zaxiralar qiymatiga qo‘shilmaydigan sarflar kiradi. Davr xarajatlariga 
sotish xarajatlari va m a’muriy xarajatlar kiradi.
Mahsulotni sotish bilan bog‘liq xarajatlar - korxonaning 
mahsulotni sotish, uni bozorga olib borish xarajatlaridir.
M a’muriy xarajatlar - korxonaning umumiy faoliyati bilan bog‘liq 
(masalan, m a’muriy xodimlaming ish haqi, m a’muriy bino va ofis 
anjomlari amortizatsiyasi va shu kabi xarajatlardir).
Xarajatlar mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritilish usuli 
bo‘yicha bevosita va bilvosita xarajatlarga ajratiladi.
Bevosita xarajatlar mahsulotning aniq turi talabidan hosil b o iad i. 
Ulami dastlabki hujjatlar m a’lumotlariga asoslanib sarflangan paytida 
mahsulotning m a’lum turiga qo ‘shish mumkin. Bunga xomashyo 
materiallar, sarfi, ishlab chiqarish bilan band ishchilaming ish haqi, 
ya’ni dastlabki xarajatlar kiradi.
Bilvosita xarajatlar mahsulotning bir necha turi bo‘yicha hosil 
bo‘ladi. Odatda bilvosita xarajatga ishlab chiqarilgan mahsulotning 
m a’lum turiga bevosita qo‘shib boim aydigan ishlab chiqarishning 
ustama sarf-xarajatlari kiradi, shuning uchun xarajatlarning umumiy 
summasini maxsus stavkalar asosida mahsulotga taqsimlaydilar.
Ishlab chiqarish xarajatlari (asosiy mehnat, asosiy materiallar sarfi 
va ishlab chiqarish ustama xarajatlari) yig‘iladi hamda ishlab chiqarilgan 
mahsulot to ‘g ‘risida hisobot va sotilgan mahsulot tannarxi to‘g ‘risida 
hisobot tarzida ko‘rsatiladi. Bu hisobotlar alohida tuzilishi yoki ishlab 
chiqarilgan va sotilgan mahsulot tannarxi to ‘g ‘risidagi hisobotga 
birlashtirilishi mumkin.
Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi - bu m a’lum davrda ishlab 
chiqarilgan tayyor mahsulotga tegishli ishlab chiqarish xarajatlaridir. 
Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini hisoblash uchun m a’lum davrda 
qilingan ishlab chiqarish xarajatlari tugallanmagan ishlab chiqarishning
390


sof o ‘zgarishiga ko‘paytirish yoki kamaytirish (tugallanmagan ishlab 
chiqarishning boshlang‘ich qoldig‘i minus tugallanmagan ishlab 
chiqarishning oxirgi qoldig‘i).
Sotilgan mahsulotning tannarxi daromad bilan taqqoslanadigan 
xarajatlami ko ‘rsatadi. Sotilgan mahsulotning tannarxini hisoblashda 
ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi tayyor mahsulot zaxiralaridagi sof 
o‘zgarishga 
ko‘payadi 
yoki 
kamayadi 
(tayyor 
mahsulotning 
boshlang‘ich qoldig‘i minus tayyor mahsulotning oxirgi qoldig‘i).
Umumiy xarajatlar - bu mahsulot yoki korxona bo‘yicha xarajatlar 
to‘g ‘risidagi axborot.
0 ‘rtacha xarajatlar - bu mahsulot birligiga ketgan xarajatlar.
Xarajatlaming o'zgarishi deganda faoliyat darajasi o ‘zgarganda 
xarajatlaming qanday o ‘zgarishi tushuniladi.
0 ‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish 
hajmiga bog‘liq. 
0 ‘zgamvchan xarajatlar miqdori ishlab chiqarish hajmining (ish- 
bilarmonlik faollik darajasining) o ‘zgarishiga mutanosib o ‘zgaradi va 
mahsulot birligiga hisoblaganda doimiy miqdor bo‘ladi. Xomashyo, 
asosiy ishchilaming mehnati, komission xarajatlar bunga misol bo‘la 
oladi.
Doimiy xarajatlar miqdori faollik darajasi o ‘zgargan paytda ham 
o‘zgarmay qolaveradi, ular nisbatan doimiydir, lekin ishlab chiqarish 
darajasi o ‘zgarganda mahsulot birligiga hisoblangan doimiy xarajat ham 
o ‘zgaradi: amortizatsiya, ijara xarajatlari va aktivlar sug‘urtasi, 
m a’muriy xarajatlar bunga misol b o ‘la oladi.
Barcha bevosita xarajatlar o ‘zgaruvchan xarajatlardir, umumiy 
ishlab chiqarish, tijorat va m a’muriy xarajatlar tarkibida esa 
o ‘zgaruvchan xarajatlar ham, doimiy xarajatlar ham bor.
B a’zi xarajatlami o ‘zgaruvchan yoki doimiy sarflar sifatida 
turkumlab bo‘lmaydi.
Yarim o ‘zgaruvchan xarajatlar - bir vaqtning o ‘zida ularda 
o ‘zgaruvchan va doimiy komponentlar bo‘ladi. Bu xarajatlaming bir 
qismi ishlab chiqarish hajmi o ‘zgargan taqdirda o ‘zgaradi, bir qismi esa 
davr davomida o ‘zgarmay qoladi, faoliyat hajmiga bogMiq b o ‘lmaydi.
391


Masalan, telefon uchun oylik abonent haqi to ‘lovining summasi 
doimiyga kiradi va o ‘zgaruvchan qismi shaharlararo va xalqaro telefon 
orqali gaplashish soniga va vaqtiga b o g iiq . Yarim o ‘zgaruvchan 
xarajatlami aralash xarajatlar ham deb yuritishadi.
Yarimdoimiy xarajatlar - ishlab chiqarish hajmiga b o g iiq b o iad i, 
lekin unga mutanosib ravishda o ‘zgarmaydi, ular bosqichma-bosqich 
ko‘payadi, y a ’ni ishlab chiqarish hajmining m a iu m darajasigacha 
doimiy b o ia d i, shundan so‘ng hajmi o ‘zgarganda ko‘payadi va yana 
ishlab chiqarishning m a iu m darajasigacha o ‘zgarmay turadi.
Muqobil xarajatlar - bu foydalanilmagan imkoniyatlarga qilingan 
sarf xarajatlardir. Ular bir harakatni tanlash boshqa harakatning vujudga 
kelishini istisno qiladigan paytdagi boy berilgan foydani bildiradi. 
Masalan, sport sumkalari ishlab chiqaradigan korxona chemodan 
tayyorlashga buyurtma oldi. Agar korxona bu buyurtmani qabul qilsa, 
sport tovarlarini sotadigan do‘konlaming butun bir tarm o g i uchun 
odatdagi miqdorda sport sumkalari ishlab chiqarish uchun ishlab 
chiqarish imkoniyatlari (mashina va ish vaqti) yetishmaydi. Bu 
buyurtmani qabul qilishning muqobil xarajatlari sport sumkalarini ishlab 
chiqarish imkoniyati qolmagani sababli boy berilgan foydadir. Bu boy 
berilgan foydani sport sumkalarini sotishdan olinadigan potensial 
daromaddan ulam i ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlami chiqarib 
tashlash y o ii bilan hisoblanishi mumkin. M uqobil xarajatlar har bir 
kishi qabul qilgan qarorida ham mavjud b o ia d i. M uqobil xarajatlarga 
talabani universitetda o ‘qitish uchun sarflangan xarajatlar ham ish 
haqiga qo‘shiladi. Lekin talaba bu vaqtda ishlamagan va ish haqi 
hisoblanmagandir.
M uqobil xarajatlar harakatning tanlash ch o g id a harakatlaming 
boshqa variantlaridan voz kechish natijasida yo ‘qotilgan yoki qurbon 
qilingan potensial n a f sifatida aniqlanadi.
Misol: Kompaniya pulni qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash 
yoki asbob-uskunalar sotib olishdan birini tanlashi kerak. Agar korxona 
asbob-uskunalar 
sotib 
olishni 
investitsiyalamasdan, 
qimmatli
392


qog‘ozlami sotib olgan taqdirda investitsiyadan olgan daromad muqobil 
xarajat bo‘ladi.
Qaytmaydigan xarajatlar - bu muqaddam qilingan xarajatlardir. 
Demak ular kelgusidagi xarajatlarga ta ’sir qilmaydi va hozirgi yoki 
keyingi hech qanday harakat uni o ‘zgartirmaydi. Bunga misol qilib 
uskunalar (dastlab sotib olingan)ning boshlang‘ich qiymati va moddiy 
zaxiralami hosil qilishga sarflangan xarajatlar kiradi. Sotib olingan 
zaxiralar va uskunalardan hozir foydalanilmayotgan bo‘lsa ham ulami 
xarid qilishga xarajatlami kelgusidagi hech qanday harakat o ‘zgartira 
olmaydi. Shu sababli bu xarajatlar kelgusida qaror qabul qilish chog‘ida 
hisobga olinmaydi.
Relevant xarajatlar va daromadlar kelgusida kutilayotgan va 
hozirgi va kelgusidagi har qanday harakat o ‘zgartira olmaydigan 
xarajatlar va tushumlar (yoki kelgusi davrdagi xarajatlar va tushumlar, 
yoki ahamiyatli xarajatlar va tushumlar) bu qaror qabul qilinishi 
natijasida o ‘zgaradigan xarajatlar va tushumlardir. Qabul qilinayotgan 
qaror ta’sir qilmaydigan xarajatlar va tushumlar norelevant ya’ni unga 
tegishli bo ‘lmagan (ahamiyatsiz) xarajatlar va tushumlardir.
K o ‘payadigan xarajatlar (ular qo‘shimcha yoki tabaqalashtirilgan 
xarajatlar ham deyiladi) - bu ikki muqobil qaromi ko‘rib chiqish 
chog‘ida xarajatlar farq qiladigan miqdordir. K o‘payib boradigan 
xarajatlar va tushumlar 
- bu tahlil qilinadigan har bir variantda 
mahsulotning ko‘rib chiqilayotgan turlari uchun qilingan sarflar va 
tushumlar o ‘rtasidagi farqlar ham da harakatning bir variantida mavjud 
bo‘lgan, lekin boshqa harakat variantida t o i a yoki qisman mavjud 
bo‘lmagan har qanday xarajatlardir. K o‘payadigan xarajatlar ham 
doimiy, ham o ‘zgaruvchan boMishi mumkin.
M aijinal 
xarajatlar 
(tushumlar) 
bir 
qo‘shimcha 
ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot birligiga qilingan qo‘shimcha xarajatlar 
(tushumlar)dan iboratdir.
M e’yoriy xarajatlar - bu mahsulot birligiga rejalashtiriladigan 
xarajatlardir. 
Ulardan smeta tuzish va rejalashtirilgan natijalar 
bajarilishini baholash uchun foydalaniladi. Smeta davri tugagandan
393


so‘ng chetga og‘ishlami aniqlash uchun haqiqatdan qilingan xarajatlar 
m e’yoriy xarajatlar bilan solishtiriladi.
Tartibga 
solinadigan 
va 
tartibga 
solinmaydigan 
(nazorat
qilinadigan va nazorat qilinmaydigan) xarajatlar.
Boshqaruv 
jarayonida 
foydali 
bo‘lishi 
mumkin 
bo‘lgan 
xarajatlaming boshqa turkumlanishi xarajatlaming ayrim moddalari 
alohida ijrochi tomonidan nazorat qilish imkoniyatini nazarda tutadi. 
Agar ijrochi xarajatlami tartibga sola olsa yoki xarajat darajasiga muhim 
ta’sir o ‘tkaza olsa, bu xarajatlar shu ijrochi nazorat qiladigan xarajat deb 
hisoblanadi. Xodim miqdoriga ta’sir o ‘tkaza olmaydigan xarajatlar shu 
xodim nazorat qilmaydigan xarajat hisoblanadi. K o‘p xarajatlar to ‘liq 
alohida ijrochining nazoratida boim aydi. Boshqamv hisobi xarajatlami 
nazorat qilinadigan yoki nazorat qilinmaydigan xarajatligini aniqlab, 
xodimning xarajat darajasiga ta’sirini aniqlashga urg‘u beradi.
Nazorat qilinadigan xarajatlar m as’uliyat sohasi shu xarajat bilan 
bog'liq bo‘lgan menejer tomonidan boshqarish predmetidir. Odatda 
menejerlar chiqimlami xarajatlar markazi orqali nazorat qiladilar. 
Xarajatlar 
markazi 
menejerining 
maqsadi 
-
bu 
xarajatlami 
minimallashtirish va ulami rejalashtirilgan va haqiqiy xarajatlar asosida 
baholashdir.
Hisob tizimi sarflam i m a’lum toifalarga ko‘ra tasniflab yig‘adi. 
Sarflaming bu toifalari hisob yo ‘nalishlari b o ‘yicha taqsimlanadi. 
Buxgalterlar mahsulot tannarxiga kiruvchi sarflar va hisobot davri 
xarajatlarini tasniflaydilar. Mahsulot tannarxiga qayta sotish uchun sotib 
olingan yoki ishlab chiqarilgan mahsulotlarga oid sarflar kiritiladi. 
Korxonada bu sarflar tayyor mahsulot yoki tugallanmagan ishlab 
chiqarishning tannarxini, uning sotilishi paytigacha belgilashda hisobga 
olinadigan mahsulot birligining tannarxi b o ‘ladi. Mahsulot sotilgandan 
keyin foydani hisoblash uchun bu sarflar sotishdan tushgan tushumlar 
bilan qiyoslanadi. Hisobot davrining xarajatlari zaxiralarni baholashda 
hisobga olinmaydigan sarflar hisoblanadi. Shuning uchun ular sodir 
bo‘lgan davridayoq xarajat sifatida tan olinadi. Demak, hisobot 
davrining sarflari va zaxiralarni baholashda hisobga olinadigan sarflar
394


bilan umuman bog‘lanmasligi lozim. Korxonada barcha ishlab chiqarish 
xarajatlari mahsulot tannarxiga, noishlab chiqarish xarajatlari esa 
hisobot davri xarajatlariga kiritiladi.
M a’lumotning maqsadi va uni taqdim etishning davriyligi mezoni 
ham ajratib ko‘rsatilishi lozim. Avval ko‘rsatilgani kabi sarflar 
to‘g ‘risidagi m a’lumotlar uch asosiy yo ‘nalishda aniqlanadi. Ulaming 
ichida m a’lumot olinishi maxsus m oijallanishi mumkin. Demak, 
m aiu m o t maqsadi va uni taqdim etishning davriyligi mezoni ham 
mustaqil mezon kabi ajratib k o ‘rsatilishi kerak.
Korxona va uni boshqarish nuqtayi nazaridan esa xarajatlaming 
umumiy summasi, alohida ishlab chiqarish bo‘linmalarining unumli 
hamda unumsiz xarajatlari va boshqalar haqidagi axborotlar yig‘ishni 
talab etadi.
Shunday qilib, xarajatlami hisobga olish ham moliyaviy hisobning, 
ham boshqaruv hisobining eng muhim qismlaridan biri ekan. M ana shu 
asosda xarajatlar hisobi oldidagi vazifalami aniqlash mumkin.
Xarajatlami hisobga olishning quyidagi vazifalarini ham sanab 
o ‘tishimiz kerak ekan:
- alohida ishlab chiqarish jarayonlari yoki bo‘linmalari bo‘yicha 
xarajatlar hisobini tashkil qilish va ular ustidan nazoratni ta’minlash;
- alohida mahsulot turlari bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish 
xarajatlari haqidagi m aium otni shakllantirib berish;
- korxonaning ishlab chiqarishdan tashqari barcha boshqaruv 
xarajatlarining tahliliy m a’lumotlarini y ig ‘ib berish va ulam ing talqinini 
amalga oshirish.
Bu vazifalardan ko‘rinib turibdiki, hisob va tahlil boshqaruv 
hisobining bir-biri bilan chambarchas bog‘langan ikki tomoni ekan. Zero 
mahsulot bahosining eng quyi chegarasini aniqlash uchun ham tannarxni 
hisoblash talab etiladi.
0 ‘zbekistonda 
iqtisodiyotning 
yetakchi 
tarmoqlarini 
modemizatsiya qilish va ishlab chiqarish samaradorligini yanada 
oshirish sharoitida raqobatbardosh mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab 
chiqarish 
katta 
ahamiyatga 
ega. 
Buning 
uchun 
mamlakatda
395


iste’molchilar ehtiyojini qondira oladigan arzon hamda sifatli mahsulot 
ishlab chiqarish lozimdir. Bunda asosiy ko ‘riladigan masalalardan biri 
mahsulot tannarxini o‘rganib uni imkon qadar pasaytirishdan iborat.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita 
mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan, 
ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan 
xarajatlar kiritiladi.
Korxonalarda mahsulot tannarxi hisobi 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 1999-yili 5-fevraldagi Mahsulot (ishlar, 
xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda 
moliyaviy natijalami shakllantirish tartibi to ‘g ‘risidagi nizomga muvofiq 
amalga oshiriladi.
Mahsulot tannarxi tarkibiga quyidagi xarajatlar kiritiladi. Bu 
xarajatlar korxona mahsulot ishlab chiqarishida bevosita qatnashib 
mahsulot tannarxini shakllantiradi:
- ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy xarajatalar;
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega b o ig a n mehnatga haq to ia s h
xarajatlari;
- ishlab 
chiqarishga 
tegishli 
b o ig a n
ijtimoiy 
sug‘urtaga 
ajratmalar;
- asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega b o ig a n
nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
- ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar.
Ishlab chiqarish jarayonida mahsulot tannarxini optimallashtirish 
va samarali moliyaviy yakunuy natijaga erishishda, tayyor mahsulotga 
qilingan haqiqiy xarajatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Sarflanayotgan 
har bir turdagi xarajatlami mahsulot tannarxiga optimal darajada 
muvofiqlashtirish esa buxgalteming kasb mahoratidir. Bu borada ishlab 
chiqarish jarayonini boshqarayotgan buxgalterlar, tahlilchi-iqtisodchilar 
yoki menejerlar xarajatlarning qay yo ‘sinda turkumlanishini mukammal 
darajada bilishi zamr.
Boshqam v hisobida xarajatlami turkumlashdan maqsad korxona 
rahbarining to ‘g ‘ri va asosli qarorlar qabul qilishida menejerlarga amaliy
396


yordam ko‘rsatishidir. Sarflangan xarajatlar bir vaqtning o ‘zida ham 
boshqaruv hisobiga ham moliyaviy hisobga tegishli. Ammo, ulam ing 
ba’zi birlari faqat boshqamv hisobigagina tegishli bo‘lib, korxona 
boshqamv qarorlarini qabul qilishda foydalanadi va moliyaviy 
natijalami tuzishda esa ular ahamiyatsizdir. Shuning uchun ham, 
xarajatlami turkumlash jarayoni - menejerlami boshqamv qarorlarini 
qabul qilishda va unga ta’sir k o‘rsatishda ajralmas qism ekanligini 
belgilab beradi.
Xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish 
asosan sotilgan mahsulot tannarxi va tovar-moddiy zaxiralari o ‘rtasidagi 
xarajatlami taqsimlash va ulami moliyaviy natijalarda ko‘rsatish uchun 
xizmat qiladi. Tezkor qarorlar qabul qilishda yoki bir necha variantlar 
ichidan optimal qaromi tanlash vaqtida korxona ishlab chiqarish 
jarayonini o'zgartirishi mumkin. Ushbu vaziyat yuzasidan korxona o ‘z 
menejeridan turli bo ‘g ‘indagi asosli qarorlar qabul qilishi uchun turli 
yo‘nalishdagi ma’lumotlar talab qilishi mumkin. Masalan, qaysi 
mahsulotni ishlab chiqarish va qaysi birini to‘xtatish, qanday narx 
o ‘matish, yangi asbob-uskunalami o ‘m atish yoki yaroqlisini yangilash, 
o ‘z ishchi-xodimlarini malakasini oshirish yoki yangi mutaxassislami 
jalb etish, reklama xarajatlarini oshirish va boshqalar.
Xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish -
boshqamv 
hisobining 
asosiy 
funksiyasidir. 
Boshqarish 
uchun 
menejerlarga shunchaki xarajatlar emas, balki aniq bir obyektga tegishli 
(korxona faoliyat turiga taalluqli bo ‘lgan tovar, mahsulot, xizmatga 
nisbatan qilingan) chiqimlar to ‘g ‘risidagi, y a’ni “xarajatlami qayd qilish 
obyektiga” nisbatan qilingan xarajatlar to‘g‘risidagi axborot zarur 
bo‘ladi.
Xarajatlami quyidagi belgilariga qarab turkumlash mumkin:
a) Mahsulotga tegishli xarajatlar va davr xarajatlari
Mahsulotga tegishli xarajatlar tayyor mahsulot ishlab chiqarish 
bilan bog'liq. Bu xarajatlar zaxiralar qiymatiga kiritiladi. Mahsulotga 
tegishli xarajatlarga asosiy materiallami, asosiy mehnatni va ishlab 
chiqarishga ustama sarflami kiritishadi.
397


Asosiy materiallar - xomashyo va materiallar, 
tayyor 
mahsulotning qismiga aylanadi. Ulaming qiymati bevosita va alohida 
xarajatlarsiz m a’lum buyumga qo‘shiladi. Bevosita moddiy xarajatlar 
miqdorini aniq bir buyumga qo‘shish mumkin bo‘lgan materiallar 
miqdorini materiallar birligiga ko‘paytirib hisoblab chiqarilishi mumkin.
Asosiy mehnat barcha ishchi kuchi xarajatlarini o ‘z ichiga oladi, 
ulami bevosita tayyor mahsulotlaming m a’lum turiga tejab qo‘shish 
mumkin.
Umumishlab chiqarish xarajatlari - (ishlab chiqarish ustama 
xarajatlari) - bular mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan asosiy 
materiallar va asosiy mehnatdan tashqari barcha xarajatlardir, y a’ni 
ishlab chiqarish bilan b o g iiq b o ig an , lekin tayyor mahsulotning aniq 
bir 
turiga 
tegishli 
deb 
boim aydigan 
turli 
sarf-xarajatlaming 
yigindisidir. (Masalan, qo‘shimcha materiallar, qo‘shimcha ishchilar 
mehnati, ishlab chiqarish binolari va uskunalaming amortizatsiyasi, 
kommunal xizmatlar, ishlab chiqarish binolarini ijaraga olishga doir 
xarajatlar yigin disi).
Davr xarajatlariga ular paydo b o ig a n davrda qilingan, lekin zax 
iralar qiymatiga q o ‘shilmaydigan sarflar kiradi. Davr xarajatlariga sotish 
xarajatlari va m a’muriy xarajatlar kiradi.
Mahsulotni 
sotish bilan b o g iiq xarajatlar - korxonaning 
mahsulotni sotish, uni bozorga olib borish xarajatlaridir.
M a’muriy xarajatlar - korxonaning umumiy faoliyati bilan b o g iiq
(masalan, m a’muriy xodimlaming ish haqi, m a’muriy bino va ofis 
anjomlari amortizatsiyasi va shu kabi xarajatlardir).
b) Bevosita va bilvosita xarajatlar
Xarajatlar m ahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritilish usuli 
bo‘yicha bevosita va bilvosita xarajatlarga ajratiladi.
Bevosita xarajatlar mahsulotning aniq turi talabidan hosil boiad i. 
Ulami dastlabki hujjatlar m aium otlariga asoslanib sarflangan paytida 
mahsulotning m a’lum turiga qo‘shish mumkin. Bunga xomashyo 
materiallar, sarfi, ishlab chiqarish bilan band ishchilaming ish haqi, 
y a ’ni dastlabki xarajatlar kiradi.
398


Bilvosita xarajatlar mahsulotning bir necha turi bo‘yicha hosil 
b o iad i. Odatda bilvosita xarajatga ishlab chiqarilgan mahsulotning 
m a’lum turiga bevosita qo‘shib bo ‘lmaydigan ishlab chiqarishning 
ustama sarf-xarajatlari kiradi, shuning uchun xarajatlarning umumiy 
summasini maxsus stavkalar asosida mahsulotga taqsimlaydilar.
Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi - bu m a’lum davrda ishlab 
chiqarilgan tayyor mahsulotga tegishli ishlab chiqarish xarajatlaridir. 
Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini hisoblash uchun m a’lum davrda 
qilingan ishlab chiqarish xarajatlari tugallanmagan ishlab chiqarishning 
sof o ‘zgarishiga ko‘paytirish yoki kamaytirish (tugallanmagan ishlab 
chiqarishning boshlang‘ich qoldig‘i minus tugallanmagan ishlab 
chiqarishning oxirgi qoldig‘i).
Sotilgan mahsulotning tannarxi daromad bilan taqqoslanadigan 
xarajatlami ko'rsatadi. Sotilgan mahsulotning tannarxini hisoblashda 
ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi tayyor mahsulot zaxiralaridagi sof 
o ‘zgarishga 
ko ‘payadi 
yoki 
kamayadi 
(tayyor 
mahsulotning 
boshlang‘ich qoldig‘i minus tayyor mahsulotning oxirgi qoldig‘i).
Kalkulyatsiya - xarajatlami guruhlash va bir birlik tayyor 
mahsulotni tannarxini aniqlash, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar 
hamda tayyorlangan mahsulotlaming qiymati.
Ishlab chiqarish xarajatlari (aynan mahsulotga qilingan xarajat) 
zaxiralami, sotilgan mahsulot tannarxi va davr xarajatlarini baholash 
uchun ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlariga b o ‘lish kerak 
bo‘ladi.
K o ‘pgina mamlakatlarda tashqi foydalanuvchilarga moliyaviy 
hisobotlami taqdim etishda, tovar-moddiy zaxiralarini baholash va 
tannarxni kalkulyatsiya qilish faqat ishlab chiqarish xarajatlariga olib 
boriladi.
Davlat tomonidan o ‘matilgan umumiy tartib bo‘yicha, ishlab 
chiqarish xarajatlari va mahsulotlami sotish xarajatlari mahsulot 
tannarxiga olib boriladi. Daromad va xarajatlami guruhlashtirish esa
399


korxona faoliyati turiga k o ‘ra mustaqil buxgalteriya hisobiga olib 
boriladi.
Ishlab chiqarish jarayoni bilan to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri bog‘liq bo‘lgan 
ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga bevosita taalluqli bo‘Igan 
xarajatlar:
-bevosita moddiy xarajatlar;
- bevosita mehnatga haq to ‘lash xarajatlari;
- ishlab chiqarish ustama xarajatlari.
Noishlab chiqarish xarajatlari (davr xarajatlari) - ishlab chiqarish 
jarayoni bilan to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri bog‘liq bo ‘lmagan xarajatlar, y a’ni:
- sotish xarajatlari;
- boshqaruv xarajatlari;
- boshqa operatsion xarajatlar.
12.3-rasm. 

Download 10,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish