Turli g‘oyalarni ilgari surish
insonning kreativ fikrlash qobiliya
-
tini ko‘rsatib beradigan asosiy mezon, ya’ni uning qanchalik ko‘p g‘oyalar
bera olishi bilan o‘lchanadi. Darhaqiqat, fikran teranlik insonning ijodiy
samaradorligini baholovchi ko‘p qo‘llaniladigan mezondir. Ushbu mezon,
bir-biriga juda o‘xshash bo‘lgan bir nechta g‘oyalarni sodda shaklda ilgari
surish bilan insonning kreativ fikrlash ko‘nikmasini haqiqiy ko‘rsatib bera
-
digan omil bo‘lib, o‘sha g‘oyalarning rang-barangligi, o‘zgaruvchanligi va
g‘oyalarning takroriyligidan qochish bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |