A. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va menejmenti


-rasm. Bank marketingining tashkiliy tuzilishi



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/130
Sana25.03.2022
Hajmi2,79 Mb.
#509364
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   130
Bog'liq
3675-Текст статьи-9373-1-10-20201126

 
29-rasm. Bank marketingining tashkiliy tuzilishi. 
Bank boshqaruviga marketing kiritilishi bank faoliyati strategiyasi va 
Marketing 
tadqiqotlarining 
maqsadliligi 
Marketing strategiyasini 
rejalashtirish 
Bank xizmatlarini 
atanlash bo‘yicha bank 
siyosati 
Bankning baho siyosati 
Marketing tadqiqotlari 
Bank xizmatlari bozorini 
kompleks tahlil qilish 
Bank marketingi 
Marketingni strategik rejalashtirish 
va siyosatni ishlab chiqish 
Bank xizmatlarini 
realizatsiya qilish 
bo‘yicha bank siyosati 
Bankning 
kommunikasion siyosati 


125 
taktikasini ishlab chiqishning asosiy mezonlarini tizimlashtirishni hamda bozorni 
o‘rganish va rivojlantirishning aniq choralarini belgilab beradi. Tijorat banklarida 
marketingning joriy qilinishi bank faoliyati daromadliligi ortishi va tavakkalchiligi 
kamayishiga ko‘maklashadi. Bank marketingi zaruriyati shundan iboratki, u kredit 
tashkilotining butun faoliyati bozorda rivojlanayotgan jarayonlarga mosligini 
saqlab turadigan mexanizm sifatida faoliyat yuritadi. 
Bank sohasida marketingning xususiyati shundaki tijorat banklari faqatgina 
omonatlarni jalb qilishdan manfaatdor bo‘lib qolmasdan, jalb qilingan mablag‘larni 
turli korxonalar, tashkilotlar, kichik va o‘rta biznes korxonalarini, shuningdek, 
ayrim hududlar va xalq xo‘jaligi tarmoqlarini ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirishning 
eng muhim vazifalarini hal etishga qaratilgan investisiya loyihalarini kreditlashdan 
manfaatdordir.
Bu marketingni tijorat banklarining omonatchilari bilan o‘zaro aloqalari 
sohasida ham, shuningdek, korxona, tashkilot, kichik va o‘rta biznes korxonalari 
hamda dehqon xo‘jaligi ko‘rinishida ishlayotgan firmalarga ssuda berish shaklida 
amalga oshirilayotgan kredit ajratish sohasida ham yalpi rivojlantirishni taqozo 
etadi. Ammo ta’kidlash lozimki, marketingning maqsadi ikki sohada ham har xil. 
Agar birinchi sohada marketing mijozlarni omonatchilar sifatida jalb qilishga 
yo‘naltirilgan bo‘lsa, ikkinchi sohada bank resurslarini undan yuqori samaradorlik 
bilan foydalana oladigan korxona va tashkilotlarga yo‘naltirishga qaratilgan. 
Bank marketingi bank mijozlarining ho‘jalik faoliyati turini, ularga qarashli 
hamkor – sheriklarning jo‘g‘rofiya jihatdan joylashgan o‘rni, ularning moliyaviy 
ahvoli va pul muomalasi tezligiga ta’sir etuvchi boshqa omillarni hisobga oluvchi 
hisob-kitoblarning yangi shakli bilan bog‘liqdir. 
Bank sohasida marketingni qo‘llash natijasida kredit resurslari bozorini 
o‘rganish, mijozlarning moliyaviy imkoniyatlarini tahlil qilish, banklarga 
omonatlarni jalb qilish imkoniyatlari va bank muassasalari faoliyati o‘zgarishini 
ta’minlash mumkin. Marketing yangi mijozlarni jalb qilishga yordam beruvchi 
shart-sharoitlarni ta’minlashga, mijozlarning ushbu bankka o‘z mablag‘larini 
qo‘yishga qiziqtirish uchun bank xizmatlari turlarini kengaytirishga yo‘naltiriladi. 
Bank xizmatlari bozorida tijorat banklarining marketing strategiyasi 
bozorni o‘rganish va rivojlantirishning aniq choralarini belgilab beradi. Tijorat 
banklarida marketingning joriy qilinishi bank faoliyati daromadliligi ortishi va 
tavakkalchiligi kamayishiga ko‘maklashadi. Bank marketingi zaruriyati shundan 
iboratki, u kredit tashkilotining butun faoliyati bozorda rivojlanayotgan 
jarayonlarga mosligini saqlab turadigan mexanizmdir.
Tijorat banklari faoliyatida marketingning asosiy maqsadi bo‘lib – bank 
xizmatlari bozorida mavjud xizmatlarni iste’molchilariga yetib borishini 
ta’minlashdan iboratdir. Ushbu marketing jarayoni tijorat banklari tomonidan 
barcha mijozlarni xar tomonlama chuqur o‘rganish asosida ularning talablarini 
aniqlash bilan boshlanib, aniqlangan talablarni to‘la qondira oladigan yangi xizmat 
turlarini yaratish, hamda ularni iste’molchilar tomonidan iste’mol qilinishi bilan 
yakunlanadi. Tijorat banklari tomonidan yangi bank xizmatlarini amaliyotga joriy 
qilinishi esa, ayrim xolatlarda juda oddiy omillarga masalan, mijozlar bilan bank 


126 
xodimlarining muloqat qilish masalalariga, ularning ish o‘rinlarini joylanishiga 
hamda yangi xizmat turlarini bo‘lajak iste’molchilarga yetkazish uslublariga 
bog‘liq bo‘ladi.
Ushbu omil esa tijorat banklari marketingini ishlab chiqishda quyidagi 
vazifalarni bajarishni talab etadi: 
1. Mavjud va kelajakdagi bank xizmatlar bozorini belgilash; 
2. Iste’molchilar talabini to‘laroq qondirish maqsadida bank xizmatlari 
bozorida aniq yo‘nalishlarni aniqlash; 
3. Mavjud va kelajakdagi bank xizmatlari bozorida yangi xizmatlar turlarini 
joriy etish bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli maqsadlarni belgilash; 
4. Bank xizmatlari bozorida yangi bank xizmat turlarini amaliyotga kiritish va 
u yuzasidan bank nazoratini olib borish bo‘yicha dasturni ishlab chiqish. 
Bank o‘z kelajagi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Shu tufayli 
marketing tadqiqotlari bankning tadbirkorlik faoliyati strategiyasi va dasturini 
ishlab chiqishi lozim. Bank xizmatlarini dasturlashtirish, bozordagi harakatlari 
strategiyasini aniqlash va amalga oshirishni, bank mahsulotlarining asosiy turlariga 
bozor talabini aniqlash, marketing kopsepsiyasini asosiy tamoyillarini tashkil 
etadi. Bank bozorining o‘zgaruvchan shart-sharoitlarini hisobga olgan holda 
bankning kelajakdagi faoliyati yo‘nalishlarini aniqlashga imkon beradigan 
strategik rejalar ishlab chiqishi zarur. Raqobatchilarning ehtimolli hatti-
harakatlarini hisobga olgan holda narx-navo, sotuv va tovar siyosati sohasida 
tadbirlarni ishlab chiqish bank faoliyatini boshqarish marketing jihatidan 
yondashuvning ancha avfzalligini aks ettiradi. Marketing dasturlari uzoq muddatli 
strategiya siyosatini yuritish, katta iqtisodiy yo‘qotishlardan ehtiyot bo‘lish hamda 
barqaror rivojlanish va muvaffaqiyatlarga erishishga imkon beradi. 
Bank marketingi konsepsiyasi – bu bank xizmatlarini tashkil etish, uni 
yo‘lga qo‘yish va iste’mol etishga ta’sir ko‘rsatuvchi xizmatlar va omillar turini 
kengaytirish, bank mijozlari ehtiyojlarini to‘laroq qondirishni bildiruvchi dasturdir. 
Bunda bank bank muassasasining hajmi va xususiyatlarini hisobga olish nazarda 
tutiladi. 
Marketing yondoshuvi banklarga birinchi navbatda mijozlarning real 
ehtiyojlarini mo‘ljal qilishga qaratilgan. Shuning uchun bozor sharoitida har bir 
bank xodimi moliyaviy mahsulotlarining sotuvchisiga aylanadi. Har bir mijoz bilan 
muloqat jarayonida bank xodimi mijoz muhtoj bo‘lgan bank xizmatini aniqlashi, 
unga har bir bitimning qulayligi va zarurligini tushuntirib berishi kerak. Bank ilgari 
o‘z mijozlariga an’anaviy bank mahsulotlari majmuini taklif etgan bo‘lsa, 
endilikda u mijozlarning muayyan guruhlariga, ya’ni kichik va o‘rta biznes, tijorat 
firmalari, yirik va o‘rta korxonalar, hukumat va kichik mahalliy hokimiyat 
idoralari, hamda keng aholi qatlamlariga mo‘ljallangan yangi bank xizmat turlarini 
muntazam ishlab chiqishga majburdir. Bank faoliyatining asosiy baxolash mezoni -
mijozlar ehtiyoji bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun bankning maqsadi bu uzoq vaqt 
davomida mijozlar doirasini saqlab qolish va kengaytirish, korxonalar va 
tashkilotlarga xizmat ko‘rsatishdan iboratdir. Bank mijozning real ehtiyojlarini 
qondirishga intilishi, u haqiqatdan ham muhtoj bo‘lgan xizmatni taqdim qilishi 


127 
zarur. 
Bank marketingining asosiy maqsadlaridan biri yangi mijozlarni jalb qilish 
va bank xizmatlaridan foydalanayotgan mijozlarni saqlab qolishdan iboratdir. 
Bozor munosabatlari sharoitida raqobat kuchaygan sari mijozlar bilan ishlash 
usullarini takomillashtirish va resurslarni to‘ldirish imkoniyatlari vujudga keladi va 
mijozlarni jalb etish va tanlash amalga oshiriladi.

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish