121
kabi
emas,
ko‘proq
ehtiyojlarning
gomogenizatsiyasi
jarayoni
va
iste’molchilarning mashhur va tanilgan tovar markalarini olishga juda
ishtiyoqmandligiga ko‘ra yagona bozor sifatida qaraladi. Shuni ta’kidlash joizki,
global marketing asosida innovatsion tovarni ehtiyojlarni qondirishning
standartlashgan va iste’molchilarning keng segmentlari uchun qulay va arzon
bo‘lgan usuliga aylantirish g‘oyasi yotadi.
Bozorning globallashuvi mamlakatlar va ayrim hududlarning o‘z
chegaralaridan tashqarida faoliyat ko‘rsatishga intilishiga aytiladi. Bu haqda
savdoning
liberallashuvi, investitsion to‘siqlarning olib tashlanishi, erkin
tadbirkorlikning paydo bo‘lishi va boshqalar dalolat beradi. Yirik korxonalar
doirasida esa globallashuv ichki bozor chegaralaridan chiqish va jahon bozorini
o‘zlashtirishga umumiy yondashuvning shakllanishini bildiradi. Bularning
hammasi
shunday xulosaga olib keladiki, zamonaviy marketing yo‘nalishlari va
tendentsiyalari korxona darajasida muvaffaqiyatli amalga oshirish uni boshqarish
konsepsiyasi sifatida qabul qilish, funksiyalararo koordinatsiyaning rivojlanishi va
qarorlarni qabul qilish, korporativ madaniyatni takomillashtirish bo‘yicha
funksiyalararo guruhlarning yaratilishini talab etadi.
Ishonchimiz komilki, marketing kelajagi aynan ana shu konsepsiya bilan
bog‘liq. Ba’zi bozorlarda esa u allaqachon ustunlik qilmoqda. Dorilar,
o‘yinchoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari, sport jihozlari, kompyuterlar va boshqalarni
ishlab chiqarishni misol sifatida keltirishimiz mumkin.
Bundan buyon iste’molchilar bozorda uyushgan kuch tarzida namoyon
bo‘ladilar. Bu esa tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatida ancha qiyinchiliklarga
olib keladi. Konsyumerizm,
qisqacha qilib aytganda, iste’molchilarning o‘z
huquqlarini himoya qilishi yo‘lidagi harakati deb tushuntiriladi. Bunda
iste’molchilarning harakati iqtisodiy evolyutsiyaning mahsuli sifatida, ishlab
chiqaruvchilar iqtisodiyotidan iste’molchilar iqtisodiyotiga, sotuvchilar bozoridan
xaridorlar
bozoriga
o‘tish sifatida qaraladi.
Konsyumerizm marketing
konsepsiyasiga ishonchsizlik bildirmaydi, balki uning amaliyotda real tatbiq
etilishini talab qiladi.
Tabiiy resurslarning cheklanganligani anglab olish va iste’mol va
marketingning
atrof-muhitga
ta’siridan
tashvishlanishni
ifodalovchi
environmentalistik harakat rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga ekologik
muammolarga e’tibor kuchaymoqda. Ekologiya firma tashqi muhitining omili
sifatida qaralmoqda. "Yashil marketing" harakati rivojlanmoqda,
bu esa ekologik
jihatdan toza bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirishga ko‘maklashadi.
Bank faoliyatidagi asosiy marketing konsepsiyalari quyidagi yo‘nalishlardan
iborat:
1.
Ishlab chiqarish yoki bank texnologiyasini takomillashtirish konsepsiyasi.
Unga asosan mijozlar narxi yuqori bo‘lmagan, mavjud xizmat turlariga qarab
banklarga mijoz bo‘ladilar.
2.
Mahsulot
yoki
bank
xizmatlarini
takomillashtirish
konsepsiyasi.
qonsepsiyaning asosiy tamoyili, shundan iboratki, unda bank xizmatlarini mijozlar
tomonidan sotib olishga jalb etadi, chunki bu xizmatlar o‘z xarakteriga va sifatiga
122
ko‘ra raqobatchilar taklif etayotgan xizmatlardan yuqoriligi bilan farq qilishi
hisobiga, iste’molchilarga katta foyda keltiradi.
3.
Savdo yoki tijorat harakatlarini kuchaytirish konsepsiyasi. U mijozlarni jalb
etish va xizmatlarni sotish hajmining o‘sishini ta’minlash uchun marketing
tekshirishlarga asosan bank xizmatlari reklamasiga va ilg‘or axborotlarga
asoslanadi,
4.
An’anaviy konsepsiyaga asosan bank xizmatlaridan foydalanish hajmining
o‘sishini ta’minlash uchun, alohida ijtimoiy guruhlar va aholining aniq talabini va
ehtiyojini tahlil qilib amalga oshirish mumkin. Boshqacha qilib aytganda
marketing, u yoki bu bank xizmatlariga bo‘lgan talab va takliflarni tahlil qilishdan
boshlanishi kerak va shundan so‘nggina uni o‘tkazish uchun
takliflar va dasturlar
ishlab chiqiladi.
5.
Ijtimoiy konsepsiyada maqsadli falsafa, mafkura, bank strategiyasi va
siyosati umuminsoniy fazilatlarga qaratiladi. Ayrim hollarda bu konsepsiyani
“insonga qaratilgan” yoki “aql-idrokni iste’mol konsepsiyasi” deb ham atashadi.
Bu konsepsiya asosan banklar uchun kelajakda umumjamiyat manfaatlariga xizmat
qilishga yordam beradi.
Keyingi
bosqich bu belgilangan
xizmatlarning
marketing rejasini
tayyorlashdan iborat. Rejaga barcha kerak bo‘lgan ma’lumotlar
kiritiladi, ya’ni
xizmatning tarixi va o‘ziga xos xususiyatlari, bozorning ahvoli, raqobatchilari,
marketing sohasida bankning maqsadlari va xizmatlarning sotilishi hamda
vositalari yordamida ushbu strategik vazifalar bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: