A. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va menejmenti



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/130
Sana25.03.2022
Hajmi2,79 Mb.
#509364
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   130
Bog'liq
3675-Текст статьи-9373-1-10-20201126

Asosiy adabiyotlar 
1. Abdullaev Yo.A., Qoraliev T.M., va boshqalar “Bank ishi”. O’quv 
qo’llanma - B.M.: T.: “Iqtisod-Moliya”, 2009. - 576 b.
2.Abdullayeva Sh., Fayzullayeva M., Galak O. Bankovskiy menedjment i 
marketing. Uchebnoe posobie./ - T.:: «IQTISOD-MOLIYa», 2007. - 182 s. 
3.Lavrushin O.I. “Bankovskiy menedjment” Uchebnik F i S, 2009 g. .-560 s. 
4.Lavrushin O.I. “Bankovskoe delo”. Uchebnik dlya bakalavrov. - M.: 
KNORUS, 2014.– 674 s.
5.Dengi, kredit, banki. Ekspress-kurs - 9-e izd. / pod red. prof. Lavrushina 
O.I. – M.: “Knorus”, 2010. – 560c. 
6.Zayseva I.G. “Bankovskiy marketing” Sankt Peterburg 2009 g.-236 s. 
7.Toymuhamedov I.R. Bank ishi. Toshkent. 2006 yil. 
8. Osnovi menedjmenta: uchebnoe posobie. /L.V. Plaxova, T.M. Anurina, 
S.A. Legostayeva i dr.- M.: KNORUS, 2009.- 496 s. 
9. Daft R. Menedjment./ Per. s angl. Pod red. S.K. Mordovina.- SPb.: Piter, 
2009.- 800 s. 
10. Polukadrov V.L. Osnovi menedjmenta: uchebnoe posobie./V.L
Polukadrov. 3- ye izd., pererab. i dop.- M.: KNORUS, 2009. -240 s. 
11. Lamben. J.J., Chumpitas R., Shuling I. Menedjment, orientirovanniy na 
rinok. 2-e izd. /Per. s angel. Pod. red. V.B. Kopchanova.- SPb.: Piter, 2008. - 720 s.
12. Druker Piter F. Menedjment: zadachi, obyazannosti, praktika: - M.: “I. 
D. Vilyams”, 2008. - 992 s. 


114 
8-bob. Tijorat banklari faoliyatida marketing 
 
8.1. Bank marketingining mohiyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari 
8.2.
Marketingning maqsad va vazifalari 
8.3.
Bank marketingining konsepsiyalari 
8.4.Bank marketingining tarkibiy qismlari. 
8.5.Marketing tizimida nazorat va bank faoliyatini rivojlantirishdagi o‘rni. 
8.6.Tijorat bankida ichki nazorat xizmati 
8.1. Bank marketingining mohiyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari 
Marketing 

bu 
bozorda 
samarali 
faoliyat 
ko‘rsatishning 
mujassamlashishidir. Bu atama dastlab 1902-yilda AQShda paydo bo‘lgan, 20 
yildan keyin esa bu atamadan jahonning ko‘pgina mamlakatlari foydalana 
boshladilar. Marketing ("marketing") - "bozor bilan bog‘liq faoliyat" ma’nosini 
anglatadi. Lekin bu tushunchaning ma’nosi juda kengdir.
Marketing - ayirboshlash yo‘li bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga 
yo‘naltirilgan inson faoliyatining turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o‘zaro 
manfaatlariga asoslangan harakatlarini, talabni shakllantirish va qondirish uchun 
birlashtirishdir.
Dunyo amaliyotida marketing birdaniga paydo bo‘lgan emas. Bu - ishlab 
chiqarish va sotishning maqsadi, vazifalari va rivojlanish uslublariga 
menedjerlarning ko‘p yillik evolyutsion qarashlari natijasidir. 
Marketing - murakkab, dinamik, ko‘p qirrali tushunchadir, bu esa 
marketingga tamoman universal tavsif berish mumkin emasligidan dalolatdir. 
Taniqli Amerika olimi - marketolog F.Kotler marketingning ta’rifini 
quyidagicha ifodalaydi: "Marketing - tovarlarni yaratish, taklif etish va 
ayirboshlash asosida ayrim olingan kishi va guruhlarning talab va ehtiyojlarini 
qondirishga qaratilgan iqtisodiy va boshqaruv jarayonidir". 
Boshqaruv muammolari bo‘yicha yetakchi nazariyotchi olimlardan biri Peter 
Drukkerning ta’rifi esa quyidagicha: "Marketingning maqsadi sotishga qaratilgan 
harakatlarni yo‘q qilishdan iboratdir. Uning maqsadi xaridorlarni shunday 
o‘rganish va tushunishdan iboratki, tovar va xizmatlar uning talabiga aynan mos 
tushib, pirovardida o‘zini-o‘zi sotadi". 
Fransuz marketing maktabida qo‘llaniladigan ta’rif ham Peter Drukker 
ta’rifiga juda yaqin turadi. Unga ko‘ra: "Marketing -bu sotishni ta’minlash va 
sotuvga tovarlar va xizmatlarni iste’molchilarning talabiga mos holda chiqarish 
orqali ularning talabini qondirish maqsadida o‘tkaziladigan chora-tadbirlar 
majmuidir".
Amerika Marketing Assotsiatsiyasining 1985-yilda marketingga bergan
ta’rifi esa quyidagicha: "Marketingning mohiyati insonlar va tashkilotlar talabini 
qondirish maqsadida tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni 
amalga oshirish, narx belgilash, tovarlar harakati va sotilishini uyushtirishdir". 
Bank rahbariyatining bosh maqsadi ko‘proq mijozlar jalb qilish orqali 


115 
o‘zining xizmat turlarini kengaytirish, bozorni egallash hamda olayotgan foydani 
ko‘paytirishdir. Ushbu maqsadlarga erishish uchun bank marketingini usullaridan 
foydalaniladi. Oxirgi yillarda marketing faoliyatining maqsadi va mazmuni 
moliyaviy bozordagi kuchli raqobat ta’sirida banklar va mijozlar o‘rtasidagi 
munosabatlar o‘zgarayotgan sharoitda aniq tarzda o‘zgardi. 
Avvaliga, banklar marketingini bank xizmatlariga bo‘lgan talabni o‘rganish, 
mijozlarni jalb qilish va rag‘batlantirish maksadida o‘rganishgan xolos. Banklarda 
marketing konsepsiyasi o‘tgan asrning 80-yillaridagina tashkil topib, u tijorat 
banklarini boshqarish uchun asosiy mezon sifatida yuzaga keldi. Marketing 
strategiyasi, birinchi navbatda bankning o‘z maxsulotiga emas, balki mijozlarning 
aniq ehtiyojlariga qaratilishi zarurligini taqozo qiladi. Shuning uchun marketing 
bank xizmatlarini, mijozlarning manfaatlarini moliya bozorida to‘liq o‘rganish va 
ehtiyojlarining o‘zgarish tahlilini olib borishni nazarda tutadi.
Bank marketingi rivojlanib borishi bilan ko‘plab iqtisodchilar tomonidan 
ushbu mavzuda kitoblar va maqolalar chop etila boshlandi. Bank marketingining 
mohiyati, uning rivojlanish bosqichlari, asosiy vazifalari va uning boshqa nazariy 
tushunchalari ko‘plab kitoblarda keltirilib o‘tilgan. 
Jumladan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida banklarda marketing 
tamoyillaridan foydalanish borasida Rossiya iqtisodchilari tomonidan bir qator 
kitoblar nashr etilgan. Quyida bank marketingi to‘g‘risida fikr yuritgan mualliflar 
va ularning asarlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tamiz. 
Ma’lumki, marketing so‘zi inglizcha “market” so‘zidan olingan va o‘zbek 
tilida bozor ma’nosini anglatadi. Demak, bank marketingi – bu banklarning o‘z 
xizmatlari va mahsulotlarini realizatsiya qilish, xizmatlar va mahsulotlar 
bozoridagi strategiya va siyosatini amalga oshirish borasidagi faoliyatidir. Tijorat 
banklarida 
marketing 
faoliyatini 
alohida 
tashkil 
qilinadigan 
bo‘limlar 
shug‘ullanadi.
E.A.Utkin tomonidan yozilgan “Bankovskiy marketing” kitobida keltirilgan 
ma’lumotlar, ya’ni bank marketingiga berilgan ta’riflar, uning tamoyil va 
maqsadlarini boshqa mualliflar tomonidan yozilgan kitoblarda ham ko‘rish 
mumkin. Ushbu kitobda bank marketingining nazariy asoslari yaxshi yoritilib 
berilgan. Bozor iktisodiyotiga o‘tish davrida banklarda marketingdan foydalanish, 
unga ta’sir etuvchi tashqi va ichki omillar, ularning tahlillari va shu tahlillarga 
ko‘ra bankning bir qator qarorlar qabul qilish, bank faoliyatini rejalashtirish 
jarayoni, strategik va marketing rejalalari haqida ham tushunchalar berilgan. 
I.T.Balabanovning “Banki i bankovskoe delo” nomli kitobida bank 
marketingiga qisqacha to‘xtab o‘tilgan bo‘lib, unda bank marketingining nazariy 
tushunchalariga katta e’tibor berilgan. Bundan tashqari marketing tadqiqotlari o‘z 
ichiga oluvchi faoliyatlar haqida ham tushunchalar berilgan.
V.E.Cherkasov va L.A.Plotisinalar muallifligi ostida nashr etilgan 
“Bankovskie operasii: marketing, analiz, rascheti” kitobida bank xizmatlari bozori 
va uning tahlili to‘g‘risida tushunchalar berilgan. Xizmatlar bozorida aniq 
banklarga tegishli ulushlarni aniqlash va ularni tahlil etish yo‘nalishlari 
ko‘rsatilgan.


116 
O.I.Lavrushin muallifligi ostida nashr etilgan “Upravlenie deyatelnostyu 
kommercheskogo banka” kitobida bank marketingi to‘g‘risida fikrlar yuritilgan. 
Lekin uning asosiy yunalishi faqatgina bankning ichki omillari bo‘lib qolgan. 
Ya’ni bank xizmatlari, bank tashkiliy tuzilmasi yoki xodimlar strategiyasi kabilar. 
Bank marketingi esa juda ko‘p faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. 
Shu tarzda mijozlarning ehtiyojlari ma’lum bir mahsulotga bo‘lgan talabni 
qondirishga va sotib olishga bo‘lgan xohishiga qarab o‘lchanadi. Shunday qilib, 
bank marketingini yuqori daromadli bank xizmatlari bozorini izlash va 
foydalanish, mijozlarning aniq ehtiyojlarini hisobga olib amalga oshirish uchun 
mo‘ljallangan faoliyat deb, ta’kidlashimiz mumkin. 

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish