A. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va menejmenti



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/130
Sana25.03.2022
Hajmi2,79 Mb.
#509364
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130
Bog'liq
3675-Текст статьи-9373-1-10-20201126

 
- hujjatlardan nusxalar olish;
 
- zarur hollarda, belgilangan tartibda (kelgusida saqlanishi gumon bo‘lgan) 
hujjatlarning asl nusxalarini olib qo‘yish;
 
- alohida bank operatsiyalari va hujjatlari tekshirilayotganda rasmiy 
so‘rovnoma orqali bank mijozlaridan zarur ma’lumotlar, tasdiqnomalar va 
hujjatlarni talab qilib olish huquq va vakolatlariga ega bo‘lishi kerak.
 
Bundan tashqari, tekshirish jarayonida aniqlangan xato va kamchiliklar 


131 
bo‘yicha filiallarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi to‘g‘risida Bank kengashiga 
takliflar kiritib borishi lozim. 
 
8.6.Tijorat bankida ichki nazorat xizmati 
 
Ichki nazorat tizimining o‘z vakolatlari doirasida muvaffaqiyatli faoliyat 
yuritishini ichki nazorat xizmati xodimlarining oliy ma’lumotga, professional 
malaka va ko‘nikmaga ega ekanligi, ichki nazorat oldiga qo‘yilgan vazifalarning 
samarali bajarilishi uchun yetarlicha shtat birligi bilan ta’minlangani, uning 
faoliyati ichki nazorat xizmati to‘g‘risidagi nizomga asoslangani va bevosita bank 
kengashiga 
bo‘ysundirilgani, banklarda nazorat madaniyati va muhiti 
shakllantirilgani, ya’ni oddiy xodimlardan tortib to rahbarlargacha ichki nazorat 
tizimining maqsadini tushunishi bilan izohlash mumkin.
Ichki nazorat tizimi xodimlari: 
- tekshirilayotgan filial yoki boshqarma rahbarlari va vakolatli xodimlardan 
tekshirishlarni o‘tkazish uchun zarur hujjatlarni talab qilib olish, jumladan, filial 
yoki boshqarma boshlig‘ining buyruq va farmoyishlari, buxgalteriya, hisob va 
hisobot, pul-to‘lov hamda kompyuter ta’minotiga daxldor hujjatlarni so‘rab olish 
va ular bilan bevosita tanishish; 
- bank xodimlari amalga oshiradigan xatti-harakatlar va operatsiyalar 
qonunchilikka, Markaziy bank talablari va bank ichki hujjatlariga mos kelishini 
aniqlash, qabul qilingan qarorlar va ularning ijrosini, oldi-sotdi bitimlari va boshqa 
protseduralar (ya’ni, operatsiyalarni amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin 
bo‘lgan xato va chalkashliklarni aniqlash va tuzatishga yo‘naltirilgan usullar)ning 
bank siyosatiga mos ravishda o‘tkazilayotgani, bank faoliyatining risklari va 
moliyaviy ahvoli tahlili natijalarini aniqlash; 
- ichki nazoratga yuklangan vazifalarni bajarish uchun o‘rni kelganda boshqa 
bo‘linmalar xodimlarini jalb etish; 
- tekshirilayotgan filial yoki boshqarma boshlig‘i yoki vakili bilan birgalikda 
hujjatlar, naqd pul va boshqa qimmatliklar, ma’lumotlarni kompyuterda qayta 
ishlash va saqlash xonalariga kirish;
- bank ijrochi rahbarlari ruxsati bilan o‘zlari mustaqil yoki tekshirilayotgan 
filial yoki boshqarma xodimi yordamida hujjatlardan, fayllardan nusxa ko‘chirib 
olish kabi huquqlarga egadirlar. 
Ayni paytda ularning zimmasiga nihoyatda mas’uliyatli vazifalar ham 
yuklatilgan. Bular: 
- bank faoliyatidagi risklar va operasion risklarni, bankning joriy moliyaviy 
ahvolini doimiy monitoring qilib boradilar; 
- bank filiallari va boshqarmalari faoliyati qonunchilik, me’yoriy yo‘l-
yo‘riqlar va ichki hujjatlarga mos kelishini muntazam ravishda tekshiruvdan 
o‘tkazib boradilar; 
- bank xodimlarining qarorlar qabul qilishda o‘rnatilgan protseduralar, 
vazifalari va vakolatlari doirasida harakat qilishini doimiy nazorat qilib boradilar;
- mustaqil yoki boshqa idoralar va bank rahbarlari bilan birgalikda bank 


132 
xodimlarining qonunchilik, me’yoriy va ichki hujjatlarga rioya qilinmagani fakti 
bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazadilar; 
- aniqlangan kamchiliklarni tuzatish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar 
beradilar hamda ularning bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatadilar; 
- o‘tkazilgan har bir tekshirishni to‘liq hujjatlashtiradilar va tekshirish 
natijalari bo‘yicha o‘rganilgan barcha masalalar - aniqlangan kamchiliklar va 
chalkashliklar, ularni tuzatish bo‘yicha tavsiyalar, shuningdek, kamchiliklarga yo‘l 
qo‘ygan xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy choralarni qo‘llash masalalari aks 
etgan xulosalarni rasmiylashtiradilar; 
- bank rahbarlari va tegishli filial yoki boshqarma boshliqlariga aniqlangan 
kamchiliklarni tuzatish choralarini ko‘rish uchun, shuningdek, bank ayrim 
xodimlarining faoliyatini tahlil qilib borish maqsadida tekshirish natijalari bo‘yicha 
xulosa taqdim etadilar; 
- paydo bo‘lgan barcha risklar haqida, bank xodimlarining qonunchilik, 
me’yoriy hujjatlar va ichki farmoyishlarga zid xatti-harakati xususida, shuningdek, 
tekshirilayotgan bank filiali yoki boshqarmasi rahbarlarining yo‘l qo‘yilgan 
kamchiliklarni tuzatish maqsadida belgilagan tadbirlari va ularning natijalari bilan 
bank rahbariyatini zudlik bilan xabardor etib boradilar. 
Mamlakatimiz yetakchi tijorat banklarining ichki nazorat xizmati faoliyati 
tahlili ko‘rsatishicha, ichki nazorat xizmati shunchaki tuzilganini emas, balki bank 
faoliyatidagi risklarga muqobil bo‘lgan samarali ichki nazorat tizimi 
shakllantirilishiga e’tibor berilayotganidan guvohlik beradi. Natijada ichki nazorat 
tizimi bankning kundalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha 
boshqaruv mexanizmiga aylangan. Eng muhimi, banklarda rahbarlarning e’tibori 
barcha bo‘g‘indagi xodimlar professional axloqiy-huquqiy me’yorlarga rioya 
etishi lozim bo‘lgan nazorat muhiti yaratilishiga qaratilgan. 

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish