noda qo'llangan so'z ko'pincha boshqa “semantik maydon”ga
o'tadi. Yuqoridagi misollarda bu yaqqol ko'rinadi. Ko'p ma’no
li so'zning har bir ma’nosi boshqa so'zlaming ma’nolari bilan
aloqaga kiradi. So'zlar bir-biriga o'xshashligi, yaqinligi va nutq
situatsiyasida (kontekstda) ishlatilishiga ko'ra ma’nolarini
o'zgartirishi mumkin. So'zning ko'chma ma’nolarda ishlatilishi
barcha tillar uchun xosdir. So'z ma’nosining ko'chish usuli to'rt
xil bo'ladi: metafora, metonimiya, sinekdoxa, funksional
ko'chish.
Bir narsa nomining ikkinchi narsaga shakl, rang va boshqa
biror jihatdan o'xshashligi asosida ko'chirilishi metafora
(grekcha
methaphora
— “ko'chma nom, ko'chirish”) deb ata
Do'stlaringiz bilan baham: |