BBK.81.2-923
ISBN 978-9943-00-540-2
© “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, 2010.
M U N D ARI J A
So ‘z boshi
.....................................................................................
5
Tilshunoslik fanining mavzusi va vazifalari..................................
6
I bob. Fonetika va fonologiya
Fonetikaning o'rganish sohasi va vazifasi....................................
8
Talaffuz a’zolari. Tovushlarning artikulatsiyasi............................ 10
Akustik fonetika haqida ma’lumot. Tovushlarning akustik belgilari 12
Eksperimental fonetikaning metodlari.......................................... 14
Nutq tovushlarining tasnifi.......................................................... 16
Nutqning fonetik bo'linishi.......................................................... 26
U ig 'u ............................................................................................ 29
Intonatsiya................................................................................... 30
Tovushlarning nutqdagi pozitsion o‘zgarishlari. Reduksiya......... 33
Nutqda tovushlarning kombinator o‘zgarishlari........................... 35
Akkomodatsiya............................................................................. 36
Assimilatsiya................................................................................. 37
Fonetik o‘zgarishlaming boshqa turlari........................................ 39
Tovushlarning almashuvi.............................................................. 40
Tovushlarning funksional jihati. Asosiy fonologik tushunchalar . . 42
Fonologiya nazariyalari................................................................ 48
Transkripsiya. Fonetik va fonologik transkripsiya. Transliteratsiya 52
Orfoepiya..................................................................................... 56
Tildagi tarixiy-fonetik o'zgarishlar va fonetik-fonologik o'zga
rishlar ........................................................................................... 57
II bob. Leksika
Leksikologiya va semasiologiya haqida umumiy tushuncha......... 60
Til strukturasida so'zning o 'm i.................................................... 61
So'z va tushuncha........................................................................ 63
So'zlaming ma’nolari o'rtasidagi munosabatlar........................... 68
Omonimlar, ularning turlari va manbalari................................... 72
Sinonimlar va antonimlar............................................................ 73
Tabu va evfemizmlar.................................................................... 76
Terminologiya.............................................................................. 77
Frazeologiya................................................................................. 78
Etimologiya.................................................................................. 81
Tilning lug'at tarkibi.................................................................... 83
Til lug'at tarkibining o‘zgarishi.................................................... 86
Til lug‘at tarkibi taraqqiyotining asosiy yo'llari............................ 87
Leksikografiya............................................................................... 92
III bob. Grammatika. Morfologiya va sintaksis
Grammatikaning ta’rifi................................................................. 97
Grammatik ma’no va grammatik vosita...................................... 98
Grammatik kategoriya................................................................
99
Grammatik kategoriyalaming ifodalanish usullari........................100
So'zning morfologik tarkibi. Morfema........................................ 102
Tilning grammatik vositalari........................................................ 103
Grammatik ma’nolami ifodalovchi sintetik va analitik vositalar.
Sintetik va analitik tillar...............................................................107
So'z turkumlarining tasnifi...........................................................108
Asosiy sintaktik xususiyatlar. G a p ................................................110
IV bob. Tillarning tasnifi.
Tillaming geneologik (qarindoshligiga ko'ra) tasnifi................... 114
Tillarning morfologik (tipologik) tasnifi...................................... 125
V bob. Tilning tashqi va ichki jihatlari
Tilning tashqi sharoiti.................................................................. 127
Tilning ichki tuzilishi................................................................... 127
Tilning taraqqiyotidagi farqlanish va o'xshashliklar..................... 130
Sheva va lahjalar.......................................................................... 130
Adabiy til va uning mezoni..........................................................132
Tillaming o'zaro ta’siri................................................................ 133
VI bob. Yozuv. Yozuvning rivojlanishidagi asosiy bosqichlar . . . . 136
VII bob. Tilshunoslik nazariyalari va tilni ilmiy tadqiq qilish
metodlari
Tilshunoslik nazariyalari uchun zarur tushunchalar................... 141
Tilshunoslik metodlari..................................................................145
Tilshunoslik terminlarining qisqacha izohli lugati........................151
Mazkur darslik mavjud o‘quv rejasi va
dasturi asosi
da oliy o‘quv yurtlarining filologiya fakultetlari 1-kurs tala
balari uchun yozildi.
Uni yozishda ko‘p yillik tajribamiz asosida mavzulami
talabalar o‘zlashtirib olishlarining qulay yo'llarini topishga
harakat qildik. Til va jamiyat, til va tafakkur, tilning rivoj-
lanishi kabi mavzulami hozirgi davr tilshunosligidagi yangi
g'oyalar yordamida izohlandi. Talabalar uchun qulay bo'lsin
deb darslikka tilshunoslik terminlarining qisqacha izohli
lug‘ati ilova qilindi.
Darslikda ko‘proq o‘zbek tilidan misollar berildi, chunki
talabalar o ‘z ona tilini yaxshi bilmasa, chet tilini o‘rga-
nishlari juda qiyin bo‘ladi. “ Ma’lumki, o‘zlikni anglash, mil
liy ong va tafakkuming ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy
m a’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon boiadi. Jamiki ezgu
fazilatlar inson qalbiga, eng awalo, ona allasi, ona tilining
betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili — bu millatning ruhi-
dir” — deb yozadi 0 ‘zbekiston Prezidenti Islom Abdug‘aniye-
vich Karimov o ‘zining “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”
nomli sermazmun kitobida (Toshkent, “M a’naviyat” 2008,
83-bet.). Talabalarga ma’ruza jarayonida nutq odobi va til
madaniyati, adabiy talaffuz mezoniga alohida e’tibor berish
lozim. Til ma’naviyatimizning eng zarur murvati ekanligini
doim yodda tutish kerak.
Bu darslik boshqa shunday darsliklardan ko‘p jihatdan
farqlanadi. Unda tilning tafakkur va jamiyat bilan bog‘la-
nishi hamda tilning hosil bo‘lishi va rivojlanishiga doir mavzu-
lar talabalar uchun qiyinligini nazarda tutib, ulami boshqa
boblardagi fikrlar bilan bog‘liq ravishda bayon qilindi.
Darslik haqida o ‘z maslahatlarini bergan mas’ul muhar
rir, dotsent A.S.Sodiqovga hamda taqrizchilar, dotsentlar
R.Alimardonov va M.Abdulhayrovlarga tashakkur aytamiz.
Darslik haqidagi fikr va mulohazalar Utifot bilan qabul qili
nadi.
Tilshunoslik (grekcha lingua — til, tikos — fan so‘zlaridan
“lingvistika”), murakkab va ko‘p qirrali, boshqa ijtimoiy fanlar
bilan uzviy bog'liq bo'lgan tilni ilmiy va amaliy o'rganuvchi
fandir.
Til inson va xalqsiz, binobarin, jamiyatsiz bo'lmaydi. Til
jamiyat uchun xizmat qiladi va uning a’zolari muloqot qilishini
ta’minlaydi.
Til jamiyat tarixidan darak beruvchi buyuk vosita bo'lib,
insonning m a’naviy va ma’rifiy shakllanishi va rivojlanishi
uchun zarurdir. Til, inson va jamiyat bir-birisiz bo'lmaydi. Til
inson tafakkuri, ruhiyati,
madaniyati, urf-odati va shaxsiy
xususiyatlari bilan bog'liqdir. Tilshunoslik fani umumiy va
xususiy bo'lishi mumkin. Umumiy tilshunoslik jahon tillaridagi
fonetik, fonologik, grammatik (morfologik va sintaktik), leksik-
semantik, stilistik jihatlarini ilmiy o'rganadi. Bu alomatlaming
aniq bir tildagi izohini xususiy tilshunoslik o'rganadi (masalan,
o'zbek tili, yoki boshqa tillardagi izohi).
Mazkur kitob umumiy tilshunoslikni o'rganishdan awal
dastlabki til bilimiga tegishli bo'lgan tilshunoslik debochasi,
ya’ni tilshunoslikka kirish hisoblanadi. Bu “tilshunoslik fanining
alifbosi” turli tillami amaliy o'rganuvchi va ilmiy tadqiq etuv-
chilar uchun zarurdir.
Tilshunoslik fanining mavzusi tildir. Tilni har tomonlama
chuqur o'rganish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Shu
sababli tilshunoslikni faqat nazariy fan deb emas, balki tatbiqiy
(ingliz. applied, rus. прикладная) va amaliyot uchun kerakli,
ya’ni insonlar muloqoti uchun zarur fan sifatida qaramoq dark-
or.
Tilshunoslik fanining asosiy vazifalari quyidagilardir:
— tilning yozuvi va imlo qoidalarini ishlab chiqishning
nazariy va amaliy asoslarini ko'rsatib berish;
— tilning talaffuz meyorlarini belgilashning nazariy va
amaliy asoslarini ishlab chiqish;
— tilning fonetika va fonologiyasi, morfologiya va sintaksisi,
leksika va semantikasi (so'zlaming yasalishi va m a’nolari),
stilistikasini o'rganish asoslarini belgilab berish;
— til va jamiyat, til va tafakkur, til va madaniyat, til va
psixologiya, tU va semiotika (ramziy belgilarni o'rganuvchi fan,
lotincha
Do'stlaringiz bilan baham: |