A. A. Abduazizov tilshunoslik nazariyasiga


AKUSTIK FONETIKA HAQIDA MA’LUMOT



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/436
Sana02.01.2022
Hajmi3,04 Mb.
#306737
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   436
Bog'liq
TILSHUNOSLIK NAZARIYASIGA kirish

AKUSTIK FONETIKA HAQIDA MA’LUMOT.
TOVUSHLARNING AKUSTIK BELGILARI
Nutq  tovushlari  sekundiga  taxminan  1,100  marta  tezlik 
bilan  o'tuvchi  havo  oqimining  mexanik  tebranishi  natijasidir. 
O'z  navbatida  havo  tebranishi  davomiy  va  davomsiz  hamda 
sodda  va  murakkab  bo'lishi  mumkin.
Tovushlar  asosan  ikki  asosiy  akustik  belgiga  ega: 
amplituda
 
va 
chastota.
  Amplituda  (tebranish  to'lqini)  eshitilishi  jihatdan 
tovushning  kuchiga  (ovozning  baland  yoki  pastligiga)  to'g'ri 
keladi.  Agar  tebranish  harakati  tez  bo'lsa,  tovush  baland  tebra­
nish  chastotasiga  ega  bo'ladi.  Aks  holda  past  chastotali  tovush 
hosil  bo'ladi.  Tebranish  chastotasi gers  (yoki  har sekundda  qay- 
tariluvchi  sikl)  bilan  o'lchanadi.  Bir  gers  bir  sekundda  bo'ladi­
gan  tebranish  davriga  tengdir.
Chastota  tovushlami  bir-biridan  farqlash  uchun  zarur 
bo'lgan  akustik  belgi  hisoblanadi.  Odamning  tovush  chastotasi-


ni  eshitib  his  qila  olish  qobiliyati  chegaralangan.  Biz  15  dan  to 
15000  gersgacha  bo'lgan  tovushlami  eshitib  his  qila  olamiz. 
Juda  sekin  (15  gersdan  kam)  yoki  juda  tez  (20000  gersdan 
yuqori)  tebranishga  ega  bo'lgan  tovushlami  umuman  eshitish 
mumkin  emas.
Shu  sababli  bunday  tebranishga  ega  bo'lgan  tovushlami 
eshitish  uchun  maxsus  uskuna  va  apparatlar  zarur  bo'ladi. 
Tovush  to'lqinini  hosil  qiluvchi  havo  tebranishi  davomiy bo'lsa, 
ton  va  davomsiz  bo'lsa,  shovqin  hosil  qiladi.  Ton  va  shovqin 
tovushlami  farqlash uchun  zarur bo'lgan  akustik xususiyatlardir.
Masalan,  unli  tovushlar  tonga,  jarangsiz  undoshlar  esa 
shovqinga  egadir.  Jarangli  undoshlar bir yo'la  ton  va  shovqinga 
ega  bo'lib,  keyingisi  bosib  ketadi.  Sonor tovushlarda  (1,  r,  y,  m, 
n,  ng  kabi)  shovqin va  ton birlikda  bo'lib,  ton  shovqindan  ustun 
keladi.
Tovushning  cho'ziqligi  yoki  qisqaligi  (uni  odatda  miqdor 
belgisi  deb  yuritiladi)  tebranish  harakatining  vaqti  bilan 
aniqlanadi  va u  milisekund  bilan  o'lchanadi.  Tovushning  kuchi, 
baland  yoki  pastligi  va  hokazolar  uning 
sifat belgilari
  deb  ayti­
ladi.
Tebranish  amplitudasi  bilan  aniqlanuvchi  tovush  kuchi 
dinamik  urg'uga  ega  bo'lgan  tillar  uchun  xarakterlidir.  Bunda 
urg'uli  bo'g'in  urg'usiz  bo'g'inga  qaraganda  katta  kuch  bilan 
talaffuz  etiladi.  Masalan,  o'zbek  tilidagi  olma  -   “яблоко”  — 
olma — “не бери” ,  rus tilidagi  мука — “u n ”  —  мука — “azob”, 
ingliz tilidagi  'present  — “hozir bo'lm oq”  — preeent  — “sovg'a” 
o'rtasidagi  farq  urg'uli  va  urg'usiz  bo'g'inlarda  tovushlarning 
kuchiga  asoslangandir.
Tovushning  tembri  tebranish  davomida  maxsus  tonni  hosil 
qilish  bilan  belgilanadi.  U  ba’zan  nutqda  his-hayajonni  ifo­
dalovchi  akustik  belgi  sifatida  ham  qaraladi.  Tovushni  hosil 
qiluvchi  bo'shliqlar  (og'iz,  burun,  bo'g'iz  va  h.k.)  ma’lum 

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish