B) qanotlari ingichka va qanotlari normal; Aa, aa
C) faqat qanotlari normal; аа
D) qanotlari ingichka va qanotlari normal; AA, Aa, aa
5.Yuz-kalla dizostozi asosan bosh suyaklari anomaliyasi bo’lib hisoblanadi. Bosh suyak bo’laklarini suyak choklari yordamida bir-bir bilan birikishi erta sodir boladi. Katta liqildoq uzoq vaqt davomida bitmaydi. Bu kasallik autosoma dominant tipda irsiylanadi va AA holatda erta o’limga sabab bo’ladi. Bundan tashqari tirnoqlar deffekti kasalligi ham bo’lib, autosoma dominant tipda nasldan-naslga o'tadi. Ota yuz-kalla dizostozi bilan og'rigan normal tirnoqli, ona esa har ikkala belgi bo‘yicha geterozigota kasal bo’lsa, uzoq umr ko’rgan farzandlarning necha % ni tirnoqlari sog’lom?
A) 37,5 B) 50 C) 33,3 D) 25
6. Tovuqlarning kalta oyoqli zoti polizlarni titkilab tashlamaydi, lekin bu belgi tovuq tumshug’ining qisqarishiga ham sababchi bo’ladi. Natijada dominant gomozigotali jo’jalar tuxumini yorib chiqolmay halok bo’ladi. Faqat kalta oyoqli tovuq yetishtiruvchi inkubatorda 6000 ta jo’ja tuxumdan yorib chiqdi. Jo’jalarning nechtasi halok bo’ladi?
A) 3000 B) 4000 C) 2000 D) 1500
7. Odamda talassemiya chala dominant holda irsiylanadi. O’roqsimon anemiya retsessiv belgi. Ikkala belgi autosomada joylashgan va mustaqil holda irsiylanadi. Bu belgilar gomozigota holatda embrionlik davrida o’limga olib keladi, geterozigotalarda kasallik yengil holda kechadi. Digeterozigota ota-onadan tug‘ilgan farzandlarning necha foizi ikkala belgi bo'yicha sog‘ bo‘ladi?
A) 18,75 B) 11,1 C) 25 D) 44,4
8. Qushlarga mansub hayvon turida X xromosomaga birikkan retsessiv letal gen mavjud bo’lib, bu gen XaXa va XaY genotipga ega organizmlarning embrionlik davri boshida nobut bo’lishiga olib keladi. Normal ota-onadan tug’ilishi mumkin bo’lgan erkak organizmlarining genotipini aniqlang.
A) XAY B) XAXA , XAXa C) XAY , XaY D) XAXA , XAXa , XAY
9. Tovuqlarning katta oyoqli zoti polizlarni tikilab tashlamaydi, lekin bu belgi tovuq tumshug’ining qisqarishiga ham sababchi bo’ladi, natijada gomozigotali jo’jalar tuxumini yorib chiqmay halok bo’ladi. Kalta oyoqli tovuq va xo’rozlar o’zaro chatishtirilganda inkubatorda tuxumdan chiqqan 3000 ta jo’janing 1900 tasi kalta oyoqli bo’ldi. Inkubatorda olingan kalta oyoqli jo’jalarni nazariy jihatdan olinishi kerak bo’lgan kalta oyoqli jo’jalardan farqini toping.
A) 100 taga kam B) 100 taga ko’p C) 98 taga ko’p D) 98 taga kam
10. Tovuqlarda kalta oyoqlilikga javob beradigan (bb) gomozigota resessiv holda o’limga olib keladi. DD- jingalak Dd- to’lqinsimon dd -normal patni rivojlantiradi. Digeterozigota organizmlar chatishtirilganda, yashovchan tovuqlar genotipi ajralishi qanday bo’ladi
A) 1:2:2:4:1:2 B) 1:2:1 C) 1:2:2:4:1:2:1:2:1 D) 3:6:3:1:2:1
11. Sutemizuvchilarga mansub hayvon turida X xromosomaga birikkan retsessiv letal gen mavjud bo’lib, bu gen XaXa va XaY genotipga ega organizmlarning embrionlik davri boshida nobut bo’lishiga olib keladi. Normal ota-onadan tug’ilishi mumkin bo’lgan erkak organizmlarning genotipini aniqlang.
A) XAY, XaY B) XAY C) XAXA, XAXa D) XAXA, XAXa, XAY
12. Tovuqlarda X xromosomada joylashgan resessiv gen jo’jalarning tuxumni yorib chiqmasdan oldin nobut bo’lishiga olib keladi. Avlotda 120 ta tirik jo’ja olindi. Ularning qanchadan qismini urg’ochi va erkak tovuqlar tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |