9-sinf. O`zbekistonning turli viloyatidagi biologiya o`qituvchilari tomonidan tuzilgan testlar
16.04.2020 – 01.05.2020 yil
9-sinf I-BOB
Tuzuvchi: Rahimjonov Saydullo
11. Qushlarni ko’payish mavsumida turlicha sayrashlari qaysi biologiya bo’limi orqali o’rganiladi ?
A) Ekologiya B) Demekologiya C) Etiologiya D) Bionika
12. Qush modeli asosida samalyotning, niynachi modeli asosida esa vertolyotning yaratilishi biologiyaning qaysi bo’limi orqali o’rganiladi ?
A) Etiologiya B) Bionika C) Briologiya D) Biotexnologiya
13. E. Gekkel o’z ilmiy ishlarida biologiyaning qaysi ilmiy tadqiqot metodidan foydalangan ?
A) Kuzatish B) Taqqoslash C) Tarixiy D) Eksperimental
14. Ilmiy ishlarida biologiyaning taqqoslash metodidan foydalangan olimlar to’g’ri berilgan qatorni toping.
1.Ch. Darvin 2. Vavilov 3. Ibn Sino 4. M.Shleyden 5. Virxov 6.E. Gekkel 7. T.Shvann 8.G.Mendel 9.A.Levenguk 10. Belyayev
A) 2,4,5,7 B) 1,3,5,7 C) 4,6,8,10 D) 2,4,6,7
15. Ilmiy ishlarida biologiyaning taqqoslash metodidan foydalanmagan olimlar to’g’ri berilgan qatorni toping.
1.Ch. Darvin 2. Vavilov 3. Ibn Sino 4. M.Shleyden 5. Virxov 6.E. Gekkel 7. T.Shvann 8.G.Mendel 9.A.Levenguk 10. Belyayev
A) 1,3,5,8 B) 2,4,5,7 C) 4,6,8,10 D) 2,4,6,7
16. Ilmiy ishlarida biologiyaning eksperimental metodidan foydalangan olimlar to’g’ri berilgan qatorni toping.
1.Ch. Darvin 2. Vavilov 3. Ibn Sino 4. M.Shleyden 5. Virxov 6.E. Gekkel 7. T.Shvann 8.G.Mendel 9.A.Levenguk 10. Belyayev
A) 2,4,5,7 B) 1,3,5,7 C) 3,8,10 D) 2,4,6
17. Nuqtalar o’rnini to’ldiring ?
Organizm hayot faoliyatini tashkil etuvchi kimyoviy moddalar va jarayonlar haqidagi fan …… (a), tirik sistemalardagi fizik qonuniyatlar va ko‘rsatkichlarni tadqiq qiluvchi fan ……. (b).
A) a- bionika; b- biofizika B) a- biokimyo; b- biotexnologiya
C) a- ekologiya; b- biokimyo D) a- biokimyo; b- biofizika
18. Taqqoslash usuli qaysi fan sohalarida qo’llaniladi ?
1. Anatomiya 2. Morfologiya 3.Ekologiya 4. Paleontologiya 5. Sistematika 6. Mikrobiologiya 7.Embriologiya 8. Mikologiya
A) 1,2,4,6,8 B) 1,3,5,7 C) 1,2,4,5,7 D) 2,4,6,7,8
19. Aminokislotalar yig’ilib insulin gormonini hosil qilishi qaysi tuzilish darajasiga misol bo’ladi ?
A) Molekula B) Hujayra C) To’qima D) Organizm
20. Insulin gormoni qonda qand miqdorini normal saqlab turishi qaysi tuzilish darajasida amalga oshadi A) Molekula B) Hujayra C) To’qima D) Organizm
21. Xamir tarkibida rivojlanayotgan achitqi hujayralari to’plami qaysi tuzilish darajasiga misol bo’ladi ?
A) Hujayra B) To’qima C) Populyatsiya D) Biogeotsenoz
22. Parasimpatik nerv tolalari ichak muskullari qisqarishini kuchaytirishi qaysi tuzilish darajasiga misol bo’ladi ?
A) Molekula B) Hujayra C) To’qima D) Organizm
23. Ma’lum bir maydonda bo’ri va tulkilar quyonlar uchun o’zaro raqobatga kirishishi qaysi tuzilish darajasiga misol bo’ladi ?
A) Organizm B) Populyatsiya C) Biogeotsenoz D) Biosfera
24. Biogeokimyoviy sikl qaysi tuzilish darajasida amalga oshadi ?
A) Organizm B) Populyatsiya C) Biogeotsenoz D) Biosfera
25. Ribosomalarda oqsil biosintezi qaysi tuzilish darajasiga misol bo’ladi ?
Do'stlaringiz bilan baham: |