Kristall panjara turlari
Ma’lumki, moddalar uch xil: gaz, suyuq va qattiq agregat holatda bo‘lishi mumkin.
Moddaning gaz va suyuq holatida zarrachalar tartibsiz joylashgan bo‘ladi, bu zarrachalar orasidagi o‘zaro tortishish
kuchi zarrachalarni bir joyda tutib turish uchun yetarli emas, shuning uchun bunday agregat holatdagi
moddalarning muayyan shakli bo‘lmaydi. Qattiq jismlar, suyuq hamda gazsimon jismlarning aksincha, ma’lum
mustaqil shaklga ega bo‘lib, bu shaklni qanday vaziyatda turishidan qat’i nazar saqlab qoladi.Qattiq moddalar ichki
tuzilishiga, ya’ni zarrachalarining bir-biriga nisbatan qanday tartibda joylashganligiga qarab kristall va amorf
moddalarga bo‘linadi. Bir moddaning o‘zi ham kristall, ham amorf holatda bo‘lishi mumkin (masalan, kristall
holdagi kvars, amorf holdagi qumtuproq), lekin kristall holat doimo amorf holatga qaraganda barqaror bo‘ladi.
Kristall moddalarda zarrachalar ma’lum tartib bilan joylashgan bo‘ladi va fazoviy kristall panjarani hosil qiladi.
Fazoviy kristall panjaraning ko‘p marta takrorlanib, jismning butun hajmini hosil qiladigan qismi elementar
yacheyka deyiladi.Kristall panjaralar zarrachalarning fazoda joylashish xususiyati va zarrachalar orasidagi o‘zaro
ta’sir turiga qarab molekulyar, atomli, ionli va metall panjaralarga bo‘linadi.Molekulyar kristall panjarali
moddalarda kristall panjara tugunlarida, elektroneytral molekulalar bo‘ladi. Shu sababli molekulyar panjara ancha
bo‘sh va unda molekulalar o‘z xossalarini saqlab qolgan bo‘ladi. Ionli kristall panjaratugunchalarida ionlar
joylashgan bo‘ladi. Masalan, natriy xlorid (osh tuzi) kristall panjarasini olib ko‘raylik. Unda har qaysi natriy ioni
oltita xlor ioni bilan, har bir xlor ioni esa oltita natriy ioni bilan qurshab olingan. Natriy ioni musbat, xlor ioni
esa manfiy zaryadli bo‘lgani uchun bu zaryadlangan zarrachalar o‘zaro elektrostatik kuchlar bilan tortishib turadi,
demak, bunday moddalar molekulalarida ionli bog‘lanish mavjud bo‘ladi. Deyarli barcha tuzlar, ba’zi oksidlar va
asoslarning kristall panjaralari ionli bo‘ladi.
Atom kristall panjara hosil qilgan moddalarda panjara o‘zaro puxta
kovalent bog‘lanish bilan bog‘langan elektrneytral atomlardan tarkib topgan bo‘ladi. Metall kristall
panjaradamusbat ionlar tebranma harakat holatida turadi: musbat ionlar orasida erkin elektronlar barcha
yo‘nalishlarda tartibsiz harakatda bo‘ladi. Bu elektronlar panjara ichida bir ion ikkinchisi tomon bemalol siljib
yurganligi sababli erkin elektronlar deyiladi. Metallarning elektr, issiqlik o‘tkazuvchanligi, magnit xossalari va
metallar uchun xos boshqa xususiyatlar ana shu erkin elektronlar bilan bog‘liqdir.
20-BILET
1. Molyar konsentratsiya.
2. 200 ml 1,5 M li eritma tayyorlash uchun necha gr Na
2
SO
4
ning massasini toping.
3. Suvning oksidlar bilan ta’sirlashishi va hosil bo‘lgan moddalarning indicator rangini bo‘yashi.
Do'stlaringiz bilan baham: |