Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar eshitish.
II. Uy vazifasini so’rash:
1.Hind olimlari qaysi sohalarda katta yutuqlarga erishgan?
1. arxetektura 2. tarix 3. matematika 4. tibbiyot 5. astranomiya
A. 3,4,5 B. 1,2,3 C. 2,3,4 D. 1,4,5
2. Hindistonning ehg yirik port shahri. A. Kalikut B. Dehli C. Agra D. Bombey
3. Hindiston bilan savdoda yetakchi o`rin tutgan ………. savdogarlari port shaharlarda hatto o`z mavzelariga ham ega edilar A. vizantiya B. xitoy C. yapon D. arab
4. Guptalar davridagi temir ustun nechanchi asrlarga tegishli?
A. V-VI asrlar B. VI-VII asrlar C. IV-V asrlar D. IV-VI asrlar
5 . Qaysi davlatda katta qoyatoshlar yoki g`orlar ichida o`yib ishlangan ibodatxonalar bo’lgan?
A. Hindistonda B. Xitoyda C. Arabistonda D. Vizantiyada
6. Hindistonning …………….. VI asrda bostirib kirgan eftaliylar hujumlari ostida Guptalar imperiyasi parchalanib, mamlakatning katta qismi istilochilar qo`liga o`tadi?
A. janubi-g’arbidan B. shimoliy-sharqidan C. shimoli-g’arbidan D. janubiy-sharqdan
7.Hindistonda alohida xizmat ko`rsatgan kishilarni taqdirlash uchun beriladigan yer egaligi turi?
A. grass B. iqto C. patta D. jogir
III.Yangi mavzu bayoni:
Suy imperiyasining tashkil topishi. V-VI asrlarda Xitoy mayda-mayda davlatlarga bo’linib ketgandi. Bu ko’chmanchi qabilalar hujumining oqibati edi. VI asrning ikkinchi yarmida Xitoyni Buyuk Turk xoqonligi bosib olishi xavfi tug’ildi. Shu xavf Xitoyning birlashuvini tezlashtirdi. Bu tarixiy hodisa 589- yilda o’z davrining yetakchi lashkarboshilaridan biri Vendi tomonidan amalga oshirildi. Vendi Xitoyda suy sulolasi hukmronligini o’rnatdi. Birlashgan davlat Suy imperiyasi nomi bilan tarixga kirdi. Suy sulolasi mustahkam markaziy hokimiyat barpo eta olmadi. Hokimiyat amalda mahalliy hukmdorlar qo’lida to’planganicha qola berdi. Buning ustiga ko’chmanchi turkiy qabilalarning uzluksiz hujumlari imperiyaning ahvolini yanada og’irlashtirdi. Va nihoyat, imperiyaning istilochilik urushlari uni butunlay holdan toydirdi. Yuqorida qayd etilgan omillar natijasida suy sulolasi barham topdi.
Tan imperiyasi. Xitoydagi og’ir ichki vaziyatdan foydalangan mahalliy hukmdorlardan biri Li Yuan 618- yilda hokimiyatni bosib oldi. U yangi sulola - tan sulolasi hukmronligiga asos soldi. Tan sulolasi Xitoyda 907-yilgacha hukmronlik qildi. Bu davrda Xitoy ulkan imperiyaga aylandi. Imperiya amaldorlarning juda katta guruhi tomonidan idora etilardi. Markaziy boshqaruv olti vazirlik: amallar, soliq, harbiy, sud, jamoat ishlari, marosim ishlari vazirliklari tomonidan amalga oshirilgan. Imperiya viloyatlarga, viloyatlar okruglarga, okruglar uyezularga, uyezular bo’lislarga, bo’lislar o’z navbatida qishloqlarga bo’linib boshqarilgan. Qishloqlar esa har bir kishi bir-biriga kafil bo’ladigan 5 xonadon birlashmasiga bo’ lingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |