9-sinf jahon tarixi fanidan



Download 2,61 Mb.
bet52/148
Sana30.05.2023
Hajmi2,61 Mb.
#946494
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   148
III.Yangi mavzu bayoni:
Xo’jalikdagi o’zgarishlar. Shaharlar qadimgi dunyoda ham bo’lgan. Lekin o’rta asrlar shaharlari jamiyat hayotida tutgan o’rni bilan avvalgi shaharlardan tubdan farq qilgan. XI asrdan boshlab shaharlar jamiyat taraqqiyotining muhim omiliga aylangan. Buning asosiy sababi - Yevropada XI asrdan boshlab hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqish hodisasi ro’y berganligi edi. Vaqtlar o’tishi bilan hunarmandchilik xo’jalikning alohida mustaqil sohasiga aylangan. Hunarmandchilikning mustaqil xo’jalik sohasiga aylanishiga avvalo dehqonchilikning yuksak sur’atlarda rivojlanishi sabab bo’lgan. XI asrga kelib Yevropada katta miqdordagi yerlar o’rmonlardan tozalangan. Ular ekinzorlarga aylantirilgan. Shu tariqa haydaladigan yer maydonlari tobora kengayib borgan. Dehqonchilikda uch dalali almashlab ekishga o’tilgan. Dehqonchilikni tobora rivojlantirish zarurati qishloq xo’jalik asbob- uskunalarining takomillashuvini ham talab eta boshlagan. Yevropa aholisining jun gazlamadan tikiladigan kiyim-kechakka bo’lgan talabi tobora ortib borgan. Bu esa qo’ychilikning rivojlanishiga olib kelgan. Endi gazlama to’qish uchun alohida moslamalarga bo’lgan ehtiyoj yanada ortgan. Qishloq xo’jaligi asbob-uskunalarini va jun-gazlama to’qish moslamalarini takomillashtirish zarurati hunar mandchilikning yanada rivojlanishiga turtki bo’lgan. Bu ikki omil hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishini zaruratga aylantirib qo’ygan.
Hunarmandchilikning ajralib chiqishi. Oxir-oqibatda hunarmandchilik dehqonchilikdan xo’jalikning alohida sohasi bo’lib ajralib chiqdi. Shu tariqa jamiyatda hunarmandchilikni o’ziga asosiy kasb qilib olgan kishilar guruhi vujudga kelgan. Bu esa o’z navbatida savdo-sotiqning rivojlanishiga asos bo’lgan. Qishloq xo’jaligining o’sishi ortiqcha mahsulotni vujudga keltirgan. Dehqon ortiqcha mahsulotni shaharga olib borib sotgan. Uning o’rniga hunarmandchilik buyumlarini sotib olgan. Bu omil savdo-sotiqning rivojlanishiga asos bo’lgan.
Shaharlarning vujudga kelishi. V - XI asrlarda shaharlar hunar­mandchilik va savdo markazlari emas edi. Bunga natural xo’jalik hukm surganligi sabab bo’lgan. O’rta asrlarning ikkinchi yarmida vaziyat o’zgardi. Hunarmanular dastlab o’zlari yasagan mahsulotlarni sotish uchun xaridor izlaganlar. Bu noilojlik oqibati edi, albatta. Xaridor izlash oson ish emas edi. Bora-bora hunarmandIar o’zlariga manzilgohlar barpo etganlar. Manzilgohlar uchun katta-katta yo’llar kesishgan chorrahalar, daryo kechuvlari, dengiz gavanlariga yaqin joylar tanangan. Ular o’z uylarini monastirlar va feodallar qasrlarining devorlari yoniga qurishgan. Hunarmanular nima uchun aynan ana shu joylarga ko’chib kelardilar? Monastir va qasrlarda yashovchi kishilar hunarmanularga uy jihozlari, qurol-­yarog’lar yasashga, kiyim-bosh tikishga buyurtmalar berardi. Urush bo’lib qolgan taqdirda qal’a devorlari orqasiga bekinib jon saqlash mumkin edi. Bu yerlarga ko’plab savdogarlar tez-tez kelib turar, keyinchalik shu yerda muqim turib qolardilar. Ular qimmatbaho sharq mollari, shu bilan birga, temir, tuz, charm, jun kabi mahsulotlar olib kelardilar. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotib, o’zlariga zarur buyumlarni xarid qilish uchun tevarak ­atrofdagi qishloqlardan dehqonlar kelardi. Hunarmanular ularga o’z buyumlarini sotishardi. O’zlariga zarur xomashyolarni esa sotib olardilar. Hunarmanularning qishloq xo’jaligidan ajralishi hamda savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida Yevropada o’rta asr shaharlari vujudga keldi.
Shaharlarning vujudga kelishi qishloqning ham keng ko’lamda bozor bilan bog’lanishiga olib keldi. Du esa natural xo’jalikka katta zarba berdi.

Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish