C) siyosiy tarqoqlik D) qo‘shinda intizomning yo‘qligi
4. 1243-yili qaysi voqea munosabati bilan Botuxon Volgabo‘yi dashtlariga qaytadi?
A) O‘qtoyning vafot etishi B) Volgabo‘yi aholisining qo‘zg‘oloni
C) havoning keskin sovishi D) qo‘shin tarkibining siyraklashuvi
5. Botuxon qaysi hududlarni istilo qilgan?
A) Dashti Qipchoq, Janubiy Kavkaz, Hozirgi Qozog‘iston
B) O‘rtayer dengizi sharqiy sohillari, Kaspiybo‘yi dashtlari, Mang‘ishloq
C) Volgabo‘yi, Shimoliy Qora dengiz sohillari, Shimoliy Kavkaz, Moldaviya
D) Mang‘ishloq, Janubiy Kavkaz, Shimoliy Eron, Moldaviya
6. Botuxon qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
A) 1224-1254-yillar B) 1235-1242-yillar
C) 1236-1255-yillar D) 1234-1255-yillar
7. Oltin O‘rdani kimlar boshqargan?
A) dorug‘a va bosqoqlar B) Botuxon va uning avlodlari
C) O‘qtoy tomonidan saylandan xonlar D) Mo‘g‘ullar qurultoyida saylangan shahzodalar
8. Mo‘g‘ullar istilosi davrida Rusda kim barcha knyazlarning “ulug‘i” deb tan olinadi?
A) Ryazan knyazi Vladimir B) Vladimir knyazi Yaroslav
C) Keyiv knyazi Mstslav D) Moskva knyazi Yaroslav
9. Dastlab mo‘g‘ullar bo‘ysundirgan hududlarda qanday boshqaruv tizimini joriy etadi?
A) mustamlakachilik boshqaruvi tizimi B) an’anaviy-mo‘g‘ul boshqaruvi
C) dastlab boshqaruv tizimiga e’tibor berilmagan D) slavyanlarning an’anaviy boshqaruvi
10. Ma’lumki, bosib olingan dashtlar Botuning ukalariga berilib, ularning suyurg‘ol mulkiga aylanadi. Suyurg‘ol egalari …
A) ular faqat tashqi siyosatda ulug‘ xonga bo‘ysungan va ichki siyosatda to‘la mustaqil ravishda faoliyat olib borgan
B) xon qo‘shiniga ma’lum belgilangan sondagi jangchilarni va aholidan to‘plangan soliqlarning bir qismini yuborgan
C) ular to‘la-to‘kis mustaqil faoliyat olib borgan va hech qanday soliq to‘lamagan
D) xon qo‘shiniga ma’lum belgilangan sondagi jangchilarni jo‘natish bilan kifoyalangan
11. Qaysi asrdan Oltin O‘rda to‘rt katta viloyatga bo‘linib, ular ulus nomini oladi?
A) XIV asr B) XIII asr C) XV asr D) XVI asr
12. Nima sababdan Yevropa qirollari, Rim papalari, Vizantiya imperatorlari va Turk sultonlari Oltin O‘rdaning xon saroyi bilan do‘stona munosabatda bo‘lishga intilganlar?
A) Sharqiy Yevropa bilan savdo-sotiq G‘arb mamlakatlariga katta foyda keltirgan
B) bu davlatlar mo‘g‘ullar bosqiniga uchrashdan cho‘chib turishgan
C) ular Oltin O‘rdadan harbiy ittifoqchi bo‘lishni nazarda tutishgan
D) Oltin O‘rda uzoq vaqt Sharqiy Yevropaning eng kuchli davlati bo‘lganligi tufayli
13. Eronda mustaqil davlat tuzgan Xuloku va uning vorislari Oltin O‘rda bilan qayerga egalik qilish masalasida raqobat qila boshlaydi?
A) Kavkazortiga B) Xitoyga C) Misrga D) O‘rta Osiyoga
14. Xuloku ulusiga qarshi kurashda Oltin O‘rda qaysi davlat hukmdorlari bilan ittifoq tuzdi?
A) Chig‘atoy ulusi B) Usmonli turklar C) Misr sultonlari D) Xitoy davlati
15. Oltin O‘rda qudratini mustahkamlagan omillardan biri …
A) Rus yerlarining zabt etilishi bo‘ldi
B) islom dinining qabul qilinishi bo‘ldi
C) O‘rta Osiyo bilan tinchlik kelishuvi bo‘ldi
D) Xulakular davlatining mag‘lub etilishi bo‘ldi
16. Saroy, Saroy Berka, Astraxan shaharlarini vayron etilishiga nima sabab bo‘ladi?
A) Usmoniy turklarning bosqini
B) To‘xtamishning Amir Temurdan mag‘lubiyati
C) Oltin O‘rdaning bir necha hududlarga bo‘linishi va o‘zaro kurash
D) To‘xtamishning bu shaharlarni tinimsiz talashi