IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
V.Dars yakunlarini chiqarish.
O’quvchilarda yuzaga kelgan savollarga javob berish.
O’quvchilar baholarini e’lon qilish.
VI.Uy vazifasini tushuntirish.
1. Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.
2. Yangi mavzuni o’rganib kelish.
3. ”Axborot”, “Davr” ko`rsatuvlaridan yangiliklar eshitib kelish.
O’IBDO’ ___________________
Jahon tarixi 7-sinf
-
16-Darsning mavzusi: NAZORAT ISHI –I
Nazorat ishini o`tkazishdan maqsad:
-o`quvchilar olgan bilimlarini chuqurlashtirish;
-tarixiy xotira, tarixiy tafakkurini shakllantirish;
-olgan bilimlaridan xulosalar chiqarishga o`rgatish o`quvchilar bilimidagi bo`shliqlarni aniqlash
Nazorat turi: test
Uslub: yozma.
Jihoz: darslik, nazorat daftarlari, doska, bo`r.
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 3 daqiqa
II.Nazorat ishini bajarish 40 daqiqa
III.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
Salomlashish, navbatchi axborotini tinglash, nazorat daftarlarini tarqatish, o`quvchilarni nazorat ishi yozish tartibi bilan tanishtirish.
II.Nazorat ishini yozish. Test
1.O`rta asrlarning birinchi davri nechanhi asrlarni o`z ichiga oladi?
A)V-XI asrlarni; B)XI-XV asrlarni; C)V-XVasrlarni; D)barcha javoblar to`g`ri.
2.”Xalqlarning buyuk ko`chishlari”ning sababini toping.
A)german abilalarida yerga bo`lgan talabning oshishi;
B)xunn qabilalarining varvarlarga qilgan hujumlari;
C)Yevropada II asrdan iqlimning soviy boshlashi;
D)Barcha javoblar to`g`ri.
3.Shaxslar nomini ularga tegishli faoliyat bilan muvofiqlashtiring
1)Egidiy; a)merovinglar sardori;
2)Xlodvig; b)Egidiyning vorisi;
3)Siagriy; c)qirol;
4)Xilperik; d)rim noibi.
A)1-a, 2-b, 3-c, 4-d. B)1-b, 2-d, 3-a, 4-c. C)1-d, 2-a, 3-b, 4-c. D)1-d, 2-c, 3-a, 4-b.
4.”Roland haqida qo`shiq” –bu...
A)Franklarning an`anaviy odatlari to`plami; B)Franklarning qahramonlik dostoni;
C)Ispan xalqining qahramonlik dostoni; D)Arablarning qahramonlik dostoni.
5. ”Germaniya” asari muallifi kim?
A)Tatsit, B)Yuliy Sezar, C)Beruniy, D)Kayxusrav.
6.Buyuk Karl amalga oshirgan ishni aniqlang.
A)Yevropaning katta qismini egallaydi. B)30 yil kurashib sakslarni o`ziga bo`ysundirgan.
C)otliq ritsarlar qo`shinini vujudga keltirdi. D) barcha javoblar to`g`ri.
7.962-yilda qanday voqea bo`lgan?
A)Saksoniya gersogi Genrix qirollikka saylandi.
B)Otton I Leks daryosi bo`yida vengerlarni mag`lub etdi.
C)Muqaddas Rim imperiyasi vujudga keldi.
D)Otton III Rimni ulkan davlat poytaxtiga aylantirdi.
8.Angliya tarixida ”Qirol Artur” nomi bilan mashhur qirolning asl ismi kim?
A)Amvrosiy Avrelian, B)Artorius. C)Alfred. D)Otton I.
9.Osiyo va Yevropani bog`laydigan “Oltin ko`prik” qaysi shahar?
A)Vizantiy. B)Konstantinopol. C)Istanbul. D)barcha javoblar to`g`ri.
10.Sharqiy slavyanlarni aniqlang.
1)chex, 2)polyak, 3)rus, 4)slovak, 5)bolgar, 6)makedon, 7)ukrain, 8)xorvat, 9)chernogor, 10)belorus.
A)1,3,8,10. B)2,4,5,8,9. C)3,7,10. D)3,6,9.
11.IX asrda Konstantinopolda ...
A)Magnavr oliy maktabi ochildi, B)Huquqshunoslik va falsafa fakultetlari ochildi,
C)Oliy tibbiyot maktabi ochildi. D)Grek olovi kashf qilindi.
12.Rim tarixchilari “Arabiya felix” deb qayerni atashgan?
A)Makka. B)Yaman. C)Hijoz. D)Madina.
13.Tarixiy xatolikni toping.
A)Muhammad alayhissalom 570-yil Makkada tavallud topgan.
B)Muhammad (s.a.v.) 622-yil o`z tarafdorlari bilan Yasrib(Madina)ga ko`chdilar.
C)Muhammad alayhissalomga 610-yildan boshlab ilohiy oyatlar ayoin bo`la boshlaydi.
D) Muhammad (s.a.v.) 630-yilda Makkada vafot etganlar.
14.Sanalarni voqealar bilan muvofiqlashtiring.
1)632-1258-yillar. a)Arab xalifaligi faoliyat yuritgan.
2)661-750-yillar. b)Abbosiylar sulolasi hukmronligi.
3)750-1258-yillar. c)Ummaviylar sulolasi hukmronligi.
A)1-a, 2-b, 3-c. B)1-a, 2-c, 3-b. C)1-b, 2-a, 3-c. D)1-c, 2-a, 3-b.
15.Arablar bosib olgan yerlarida joriy etgan soliqlar nomini yozing.
16.Bag`doddagi ”Bayt ul-hikma” ga kim asos slogan?
17.Hindistondagi o`rta asrlarga xos eng mashhur me`moriy obida nomini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |