9-sinf jahon tarixi fanidan



Download 2,61 Mb.
bet16/148
Sana30.05.2023
Hajmi2,61 Mb.
#946494
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   148
III.Yangi mavzu bayoni:
919- yilda Germaniya feodallari Saksoniya gersogi Genrix I ni qirollik taxtiga o’tqazganlar. Shu tariqa Germaniyada saksoniyaliklar sulolasi hukmronligi davri boshlangan. Genrix I hukmronligi davrida qirol hokimiyati kuchaydi. Bunga uzluksiz istilochilik urushlari olib borilganligi sabab bo’ldi. Bu urushlar feodallarni o’z kuchlarini birlashtirishga majbur etardi. Qirol feodallar uchun qo’shin sarkardasi sifatida zarur edi. Bu hol ularni istasa-istamasa qirol hokimiyatiga bo’ysunishga majbur etardi. Qolaversa, Germaniyada qirol hokimiyati ko’p sonli, uyushgan ritsarlarga tayanardi. Genrix I ning bosqinchilik urushlari natijasida qirollik hududlari yanada kengaygan.
Germaniya imperiyasining tashkil topishi. 936- yilda Germaniya taxtiga Otton I o’tirdi. U Genrix I ning o’g’li edi. Otton I davrida qirol hokimiyati yanada kuchaydi. Hokimiyat bunga cherkov bilan do’stona aloqa o’rnatish, qarindosh-urug’chilik munosabatlarini yo’lga qo’yish vositalari orqali erishdi. Yepiskoplarga immunitet huquqini berdi. Ularga ko’plab yer taqdim etdi. Otton I otasining bosqinchilik urushlarini davom ettirdi. Chunonchi, 951-yilda Shimoliy Italiyani egallashga muvaffaq bo’ldi. Rim Papasi bilan yaxshi munosabatda ekanligi Otton I ning Italiyani egallashida qo’l keldi. Bu davrda Papaning Italiya feodallari bilan munosabati buzilgan edi. 961-yilda Otton I Rim Papasi Ioann XII ni Papa taxtiga o’tqazdi. Rim Papasi minnatdorchilik eva­ziga 962-yilda Otton I ga imperatorlik tojini kiygazdi. Shu tariqa Germaniya Imperiyasi tashkil topdi. Buyuk Karlga imperatorlik toji kiydirilib, u Rim imperatori deb e’lon qilinganidek, Otton I ham Rim imperatori deb e’lon qilindi. Yangi imperiyaga ,,Muqaddas Rim Imperiyasi" degan nom berildi. Imperatorlik unvoni Otton I ga butun Italiya ustidan o’z nazoratini o’rnatish huquqini berdi. Otton I qo’shni imperiya - Vizantiya bilan munosabatlarini nikohlar orqali yaxshilashga erishdi. Otton I vafotidan so’ng taxt vorislari otasidek hukmdor bo’la olmadilar. Bu saksoniyaliklar sulolasi hokimiyatini yanada zaiflashtirdi. Gersoglar o’z knyazliklarini to’la mustaqil hukmdorlar sifatida boshqara boshladilar.

Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish