9-sinf jahon tarixi fanidan



Download 2,61 Mb.
bet103/148
Sana30.05.2023
Hajmi2,61 Mb.
#946494
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   148
III.Yangi mavzu bayoni:
Rusni yagona davlatga birlashtirish shart-sharoitlarining yetila borishi. Rus xalqi mo’g’ullar istibdodiga qarshi hamisha kurashib kelgan. Bu kurash XIV asrda yanada kuchaydi. Ozodlik yo’lidagi kurash avvalo Rusni birlashtirishni taqozo etardi. Rusni yagona davlatga birlashtirmasdan turib, mo’g’ullar istibdodidan qutulib bo’lmas edi. Bu haqiqat tobora ko’proq anglana boshlandi. Rusni birlashtirishdek tarixiy vazifa Moskva knyazligi zimmasiga tushdi. 1327-yilda Moskva knyazi Ivan Kalita (1325-1340) Rus knyazliklarida o’lpon yig’ish huquqini qo’lga kiritdi. Ayni paytda knyazlik tobora kuchayib bordi. Rus knyazliklari birin-ketin Moskva knyazligiga bo’ysundirilib borildi. 1367-yilda xarsangtoshlardan qurilgan Kreml Moskvani mustahkam qal’aga aylantirdi.
Kulikovo jangi. Moskva knyaz­ligining tobora kuchayishi, Rusning shu knyazlik qo’l ostida yagona dav­latga birlasha borishi Oltin O’rdani tashvishga sola boshladi. Oltin O’rda Rusda o’z hukmronligining zaiflashishiga aslo toqat qila olmas edi. Oltin O’rda xoni Mamay 1380-yilda avvalgi hukmronlikni qayta tiklash uchun Rusga qarshi katta qo’shin surdi. Oltin O’rda va Moskva knyazligi o’rtasidagi hal qiluvchi jang 1380-yilning 8-sentabr kuni bo’lib o’tdi. Bu jang Don daryosi bo’yidagi Kulikovo deb ataluvchi maydonda bo’lib o’tganligi uchun tarixga "Kulikovo jangi" nomi bilan kirdi. Rus qo’shiniga Moskva knyazi Dmitriy Ivanovich (Ivan Kalitaning nabirasi) boshchilik qildi. Jangni Mamayning otliq askarlari boshladi. Ular ruslarning oldingi qismiga hujum qildi. Shafqatsiz olishuvda bu qism halok bo’ldi. Knyaz Dmitriy Ivanovich knyazlik anjomlarini oddiy askar kiyimiga almashtirib, dushman bilan olishdi. Bir necha soat davom etgan jangda o’rdaliklar rus qismlarini siqib qo’ydi. Jangning hal qiluvchi pallasida pistirmadagi qism jangga kirdi. Rus otliq askarlari hujum qilayotgan dushmanning orqa tomonidagi o’rmon ortidan chiqib qo’qqisdan zarba berdi. Shuncha yerlarni qo’lga kiritgan va shu qadar ko’p xalqlarni asoratga solgan mo’g’ul-tatar xonlari birinchi marta qaqshatqich mag’lubiyatga uchradi. Buyuk knyaz Dmitriy Ivanovich jangda og’ir yaralandi. Bu g’alaba sharafiga u Dmitriy Donskoy deb ataladigan bo’ldi. Oltin O’rdaning mag’lubiyati Moskva knyazligi obro’-e’tiborini oshirdi. Moskva knyazligining Rusni mo’g’ullar istibdodidan ozod etish uchun kurash markazi sifatidagi o’rni yanada oshdi va mustahkamlandi.

Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish