9 sinf. Fan: Geografiya Mavzu



Download 114,96 Kb.
bet11/22
Sana30.06.2022
Hajmi114,96 Kb.
#720821
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
9-sinf konspekt 4

Darsning maqsadi:

  1. ta’limiy: o’quvchilarga bugungi mavzu xaqida tushuncha berish

  2. tarbiyaviy: tabiat bilan do’stlashishga o’rgatish, dars davomida o’zaro xamkorligi, o’zgalar fel-atvorini xurmat ruxida tarbiyalash

  3. rivojlantiruvchi: o’quvchilarni erkin fikrlashga, muloxaza yuritishga o’rgatish, ijodiy izlanish ko’nikmalarini rivojlantirish

Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

  1. Salomlashish

  2. Honani darsga tayyorlash

  3. O’quvchilar davomatini aniqlash

  4. Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish

  5. Shu kunning muhim yangiliklari

2. O’tilgan mavzuni so’rab baxolash.
3. Yangi mavzu bayoni.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
5. Uyga vazifa.
O’tilgan mavzuni so’rab baholash:

  1. Xo‘jaligining asosiy tarmoqlarini belgilang va ular to‘g‘risida so‘zlab bering.

  2. Avstraliya sanoatida katta rol o‘ynayotgan tarmoqlarni aniqlang hamda ular­ning rivojlanish omillari to‘g‘risida so‘zlab bering.

  3. Avstraliya qishloq xo‘jaligi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

Yangi mavzu bayoni
Umumiy maydoni 21825 ming km2, aholisining soni (2008-y.) 480,3 mln. kishi, shundan 335,0 mln. kishi (70,0%) AQSH va Kanada mamlakatlariga to‘g‘ri keladi.
Mamlakatlaming aksariyat qismi respublikalar (Kosta-Rika, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua, Panama, Salvador)dan iborat. Federativ Respublikalarga AQSH va Meksika kiradi. Kanada — Hamdo‘stlik tarkibidagi mustaqil Federativ davlat, Beliz esa Hamdo‘stlik tarkibidagi davlatdir.
Mamlakatlaming geografik o‘mi juda qulay, ulaming ba’zilari (AQSH, Kanada, Meksika, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika, Panama) ikki, hatto uch okean akvatoriyasiga chiqish yo‘liga ega.
Tabiiy resurslarga juda boy. Bu o‘rinda, ayniqsa, AQSH, Kanada va Meksika keskin ajralib turadi.
AQSH va Kanada tabiiy resurslaming xilma-xil turlari va ulkan zaxiralariga ega. Meksika ham neft, polimetall rudalari va kimyoviy xomashyo resurslariga boy. Neft Meksika qo‘ltig‘idan qazib olinadi.
Markaziy Amerika mamlakatlarining asosiy tabiiy boyligi — bu o‘rmonlardir. 0‘rmonlarda qimmatbaho daraxtlar o'sadi.
Aholisining asosiy qismi AQSH, Meksika va Kanadaga to‘g‘ri keladi. Qolgan mamlakatlarda 0,3 mln. kishidan (Beliz) 13,0 mln. kishigacha (Gvatemala) aholi yashaydi. Aholi, asosan, tabiiy ko‘payish va qisman migratsiya (AQSH, Kanada) hisobiga o‘smoqda. Aholi sonining o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari AQSH va Kanadada 0,6—0,7% dan, Gvatemala, Gonduras va Nikaraguada 2,5—3,0% gacha yetadi.
Aholi notekis joylashgan. Uning asosiy qismi materikning g‘arbiy va sharqiy sohillarida, dehqonchilik uchun qulay bo‘lgan tekislik va tog‘oldi mintaqalarida istiqomat qiladi. AQSH va Kanadaning Buyuk ko‘llarga tutash hududlarida, Atlantika va Tinch okeani sohillarida aholi, ayniqsa, zich joylashgan.
Aholi amerikalik inglizlar, kanadaiik inglizlar, kanadalik fransuzlar, meksikaliklar va boshqa, asosan, ispan tilida so‘zlashuvchi xalqlardan iborat. Shahar aholisining ulushi AQSH va Kanadada 80% dan oshadi, qolgan mamlakatlarda u nisbatan past darajaga ega (Gonduras — 46,5%, Meksika — 76,0%).
Xo‘jalikning negizini AQSH va Kanadada sanoat, Meksikada sanoat bilan dehqonchilik, Panamada dengiz transporti, qolgan mamlakatlarda dehqonchilik, asosan, banan, kofe, shakarqamish, jo'xori yetishtirish tashkil etadi.
Markaziy Amerika mamlakatlari sanoatida tog‘-kon va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari yetakchi o‘rinlami egallaydi.
Xalqaro iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda, ya’ni eksport-import operatsiyalarida dengiz transporti, ichki aloqalarda temiryo‘l va avtomobil transporti muhim rol o‘ynaydi.
Quvur transporti AQSH, Kanada va Meksikada yuqori darajada rivojlangan.

Download 114,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish