9 sinf. Fan: Geografiya Mavzu


Yangi mavzuni mustahkamlash



Download 114,96 Kb.
bet12/22
Sana30.06.2022
Hajmi114,96 Kb.
#720821
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
9-sinf konspekt 4

Yangi mavzuni mustahkamlash

  1. Shimoliy va Markaziy Amerika davlatlari tarkibiga kiruvchi mamlakatlarni aniqlab, ularning nomi, davlat tuzumi, poytaxti to‘g‘risidagi ma’lumotlami daftaringizga yozib qo‘ying.

  2. Aholisining soni, tili, irqi to‘g‘risida nimalami bilasiz.

  3. Markaziy Amerika mamlakatlarini nima uchun «Banan respublikalar» deb atashadi?

  4. Sanoati va qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari to‘g|risida axborot bering.



Uyga vazifa: mavzu xaqida tushunchalarni daftarga yozib, atamalarga izox keltiring.

Sana: ______ ______ 20______yil


9 - sinf. Fan: Geografiya
Mavzu: Amerika Qo’shma Shtatlari.
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI

T/R

Darsning bosqichlari

Dars vaqti taqsimoti

Dars mazmuni

1

Tashkiliy qism



5 daqiqa


  1. Salomlashish

  2. Davomatni tekshirish

  3. Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish

  4. Shu kunning muhim yangiliklari bilan tanishish

2

Kirish


12 daqiqa



  1. O’tilgan mavzuni o’zlashtirilganini tekshirish

  2. O’tilgan mavzuni mustaxkamlash

3

Asosiy qism



15 daqiqa



Mavzu: Amerika Qo’shma Shtatlari.

  1. Geografik o’rni

  2. Tabiiy sharoiti

  3. Aholisi

  4. Xo’jaligi

4

Mustahkamlash






  1. daqiqa

  1. Tarqatma materiallar, jadvallar va diagrammalar bilan ishlash

  2. O’z-o’zini baxolash

  3. Xaritalar bilan ishlash

5

Yakuniy qism

  1. daqiqa

  1. O’quvchilarni baxolash

  2. Uyga vazifa



Darsning maqsadi:

  1. ta’limiy: o’quvchilarga bugungi mavzu xaqida tushuncha berish

  2. tarbiyaviy: tabiat bilan do’stlashishga o’rgatish, dars davomida o’zaro xamkorligi, o’zgalar fel-atvorini xurmat ruxida tarbiyalash

  3. rivojlantiruvchi: o’quvchilarni erkin fikrlashga, muloxaza yuritishga o’rgatish, ijodiy izlanish ko’nikmalarini rivojlantirish



Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar


Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

  1. Salomlashish

  2. Honani darsga tayyorlash

  3. O’quvchilar davomatini aniqlash

  4. Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish

  5. Shu kunning muhim yangiliklari

2. O’tilgan mavzuni so’rab baxolash.
3. Yangi mavzu bayoni.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
5. Uyga vazifa.


O’tilgan mavzuni so’rab baholash:

  1. Shimoliy va Markaziy Amerika davlatlari tarkibiga kiruvchi mamlakatlarni aniqlab, ularning nomi, davlat tuzumi, poytaxti to‘g‘risidagi ma’lumotlami daftaringizga yozib qo‘ying.

  2. Aholisining soni, tili, irqi to‘g‘risida nimalami bilasiz.

  3. Markaziy Amerika mamlakatlarini nima uchun «Banan respublikalar» deb atashadi?

  4. Sanoati va qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari to‘g|risida axborot bering.



Yangi mavzu bayoni
Geografik o‘rni va mamlakat haqida umumiy ma’lumotlar. AQSH yer maydoni butun G‘arbiy Yevropa mamlakatlarinikidan katta bo‘lishiga qaramay Rossiyadan keyingi o‘rinda turadi. Mamlakat 50 ta shtat va Kolumbiya Federal okrugidan iborat. Asosiy 48 ta shtati Shimoliy Amerika materigining janubiy va markaziy qismida joylashgan.
Hozirgi kunda AQSH — Federativ Respublika. Mamlakatda 1787-yili qabul qilingan Konstitutsiyaga amal qilinadi. Davlat rahbari Prezident. Qonun chiqaruvchi organ — Kongress.
TABIIY SHAROITI VA TABIIY BOYLIKLARI
Mamlakatning materik qismi hududi dehqonchilik va chorvachilikning deyarii barcha tarmoqlarini yetishtirish uchun qulay bo‘lgan agroiqlim resurslariga ega. AQSH ning juda katta maydonini egallagan dasht zonasi mamlakatning eng virik g‘alla makonidir. Qizig‘i shundan iboratki, deyarii 100—120 mln. t don lalmi yerlarda yetishtiriladi. Yalpi hosilning barqarorligi 6—7 yilda bir marta buziladi, ya’ni iqlim qurg‘oqchil kelib, don ekinlari birmuncha zarar ko'radi.
AQSH — tabiiy resurslaming barcha turlariga boy. Mineral resurslaming ba’zi bir turlarining zaxiralari bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlami egallaydi. Shular qatoriga toshkoVmir, mis, molibden, alyuminiy xomashyosi, qo‘rg‘oshin, rux, uran rudalari, oltin, fosforitlar, har xil tuzlar kiradi.
Yoqilg‘i-energetika resurslari toshko‘mir, neft, tabiiy gaz va gidroresurslarga asoslanadi. Toshko‘miming yirik konlari Appalachi havzasida hamda 0‘rta G‘arb rayonida mavjud, bir yilda mamlakatda 1100 mln. t dan ziyod ko‘mir qazib olinmoqda.
AQSH — yirik neft zaxiralariga ega. Yirik neft konlari Alyaska (Pradxo-Bey), Texas, Nyu-Meksika, Luiziana, Kalifomiya shtatlarida hamda Meksika ko‘rfazida joylashgan. Mamlakatda bir yilda 400—450 mln. t atrofida neft qazib olinmoqda.
AQSH da yirik tabiiy gaz konlari neft konlari yonida joylashgan (Texas, Kalifomiya shtatlari va Meksika ko‘rfazi). Mamlakatda yiliga o‘rtacha 500 mlrd. m3 tabiiy gaz olinmoqda.
AQSH da rangli va qorametallurgiya tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan rudali qazilma konlari va zaxiralari ancha ko‘p.
Temir rudasining katta zaxiralari Buyuk ko‘llarning sohillaridagi konlarda to‘plangan.
Daryolaridan Kolumbiya, Kolorado, Niagara gidroenergiya resurslariga boy bo‘lib, undan hozirgi vaqtda samarali foydalanilmoqda.
AHOLISI
Aholi soni bo‘yicha mamlakat Xitoy va Hindistondan so‘ng 3-o‘rinni egallaydi. Aholi sonining bu darajaga yetishida immigratsiya katta rol o‘ynagan.
AQSH aholisining soni 2008-yilning 1-yanvarida olingan ma’lumotga ko‘ra 302,0 mln. kishini tashkil etdi. Aholining o‘rtacha yillik o'sish sur’ati 0,9% ga teng bo‘lmoqda. Aholi soni tabiiy ko‘payish hisobiga ham, immigratsiya hisobiga ham o‘smoqda. Mamlakatda keyingi yillarda aholining har mingtasida 16 bola tug£ilmoqda, 9 kishi o‘lmoqda. Tabiiy ko‘payish koeffitsiyenti 7 promillega teng. 0‘rtacha umr davri erkaklar uchun 77 yoshni, ayollarda 82 yoshni tashkil etadi.
AQSH aholisining o‘rtacha zichligi iqtisodiy rivojlangan Yevropa mamlakatlaridan ancha past (o‘rtacha 1 km2 maydonga 32 kishi). Aholf notekis taqsimlangan.
Aholisining soniga ko‘ra yirik shtatlar quyidagilar: Kalifomiya (36 mln. kishi), Nyu-York (22 mln. kishi), Texas (20 mln. kishi), Florida (ltf iftln. kishi). Umuman, mamlakatning iqtisodiy rivojlangan, yuqori darajada sanoatlashgan hududlarida aholining deyarli 2/3 qismi istiqomat qiladi (Bosvash, Chpits, Sansan). AQSH jahonning yirik urbanizatsiyalashgan hududlaridan biridir (shaharlarda yashovchilar ulushi 80,8%). Millioner shaharlar qatoriga Nyu-York, Chikago, Los-Anjeles, Xyuston, Filadeffiya, Detroyt, Dallas, Sietl, Boston, San-Fransisko va boshqalar kiradi.
XO‘JALIGI
Jahon mamlakatlari orasidan AQSH singari e’tiborni o‘ziga kuchli jalb qilgan davlatni topish mushkul. U dunyodagi yirik davlatlardan biri bo'lib, ko‘p sohalarda—jahon siyosatida ham hal qiluvchi rol o‘ynaydi. AQSH yirik iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamda harbiy zaxiralarga ega. Shu jumladan, neflt, tabiiy gaz, ko‘mir va po‘Iat islilash bo‘yicha 3 ta yetakchi jahon davlatlari qatoriga kiradi. Elektroenergiya ishlab chiqarish bo'yicha esa AQSH yagona yetakchi davlat hisoblanadi. Elektrotexnika, elektronika va aerokosmik* mahsulotlari sifati, avtomobilsozlik, kemasozlik va samolyotsozlik tarmoqlari va kimyo sanoatining rivojlanish darajasi bo‘yicha AQSH dunyoda peshqadamlik mavqeyini saqlab turibdi. Don mahsulotlarini yetishtirishda jahonda ikkinchi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. Amerika iqtisodiyotida kapitalning markazlashuvi asosiy belgi hisoblanadi. Amerikaning yirik korporatsiyalari o‘zi amalga oshirayotgan ishlari bo‘yicha transmilliy xarakterga ega. Jahonning yirik 500 ta TMK lari orasida 100 dan ziyodi AQSH da joylashgan. Ro'yxat boshida «Jeneral Motors», «Exxon», «Ford Motors» va «IBM» turadi. •

Download 114,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish