Yangi mavzuni mustahkamlash
Shimoliy va Markaziy Amerika davlatlari tarkibiga kiruvchi mamlakatlarni aniqlab, ularning nomi, davlat tuzumi, poytaxti to‘g‘risidagi ma’lumotlami daftaringizga yozib qo‘ying.
Aholisining soni, tili, irqi to‘g‘risida nimalami bilasiz.
Markaziy Amerika mamlakatlarini nima uchun «Banan respublikalar» deb atashadi?
Sanoati va qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari to‘g|risida axborot bering.
Uyga vazifa: mavzu xaqida tushunchalarni daftarga yozib, atamalarga izox keltiring.
Sana: ______ ______ 20______yil
9 - sinf. Fan: Geografiya
Mavzu: Amerika Qo’shma Shtatlari.
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
T/R
|
Darsning bosqichlari
|
Dars vaqti taqsimoti
|
Dars mazmuni
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
Salomlashish
Davomatni tekshirish
Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish
Shu kunning muhim yangiliklari bilan tanishish
|
2
|
Kirish
|
12 daqiqa
|
O’tilgan mavzuni o’zlashtirilganini tekshirish
O’tilgan mavzuni mustaxkamlash
|
3
|
Asosiy qism
|
15 daqiqa
|
Mavzu: Amerika Qo’shma Shtatlari.
Geografik o’rni
Tabiiy sharoiti
Aholisi
Xo’jaligi
|
4
|
Mustahkamlash
|
daqiqa
|
Tarqatma materiallar, jadvallar va diagrammalar bilan ishlash
O’z-o’zini baxolash
Xaritalar bilan ishlash
|
5
|
Yakuniy qism
|
daqiqa
|
O’quvchilarni baxolash
Uyga vazifa
|
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o’quvchilarga bugungi mavzu xaqida tushuncha berish
tarbiyaviy: tabiat bilan do’stlashishga o’rgatish, dars davomida o’zaro xamkorligi, o’zgalar fel-atvorini xurmat ruxida tarbiyalash
rivojlantiruvchi: o’quvchilarni erkin fikrlashga, muloxaza yuritishga o’rgatish, ijodiy izlanish ko’nikmalarini rivojlantirish
Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish
Honani darsga tayyorlash
O’quvchilar davomatini aniqlash
Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish
Shu kunning muhim yangiliklari
2. O’tilgan mavzuni so’rab baxolash.
3. Yangi mavzu bayoni.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
5. Uyga vazifa.
O’tilgan mavzuni so’rab baholash:
Shimoliy va Markaziy Amerika davlatlari tarkibiga kiruvchi mamlakatlarni aniqlab, ularning nomi, davlat tuzumi, poytaxti to‘g‘risidagi ma’lumotlami daftaringizga yozib qo‘ying.
Aholisining soni, tili, irqi to‘g‘risida nimalami bilasiz.
Markaziy Amerika mamlakatlarini nima uchun «Banan respublikalar» deb atashadi?
Sanoati va qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari to‘g|risida axborot bering.
Yangi mavzu bayoni
Geografik o‘rni va mamlakat haqida umumiy ma’lumotlar. AQSH yer maydoni butun G‘arbiy Yevropa mamlakatlarinikidan katta bo‘lishiga qaramay Rossiyadan keyingi o‘rinda turadi. Mamlakat 50 ta shtat va Kolumbiya Federal okrugidan iborat. Asosiy 48 ta shtati Shimoliy Amerika materigining janubiy va markaziy qismida joylashgan.
Hozirgi kunda AQSH — Federativ Respublika. Mamlakatda 1787-yili qabul qilingan Konstitutsiyaga amal qilinadi. Davlat rahbari Prezident. Qonun chiqaruvchi organ — Kongress.
TABIIY SHAROITI VA TABIIY BOYLIKLARI
Mamlakatning materik qismi hududi dehqonchilik va chorvachilikning deyarii barcha tarmoqlarini yetishtirish uchun qulay bo‘lgan agroiqlim resurslariga ega. AQSH ning juda katta maydonini egallagan dasht zonasi mamlakatning eng virik g‘alla makonidir. Qizig‘i shundan iboratki, deyarli 100—120 mln. t don lalmi yerlarda yetishtiriladi. Yalpi hosilning barqarorligi 6—7 yilda bir marta buziladi, ya’ni iqlim qurg‘oqchil kelib, don ekinlari birmuncha zarar ko'radi.
AQSH — tabiiy resurslaming barcha turlariga boy. Mineral resurslaming ba’zi bir turlarining zaxiralari bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlami egallaydi. Shular qatoriga toshko’mir, mis, molibden, alyuminiy xomashyosi, qo‘rg‘oshin, rux, uran rudalari, oltin, fosforitlar, har xil tuzlar kiradi.
Yoqilg‘i-energetika resurslari toshko‘mir, neft, tabiiy gaz va gidroresurslarga asoslanadi. Toshko‘miming yirik konlari Appalachi havzasida hamda 0‘rta G‘arb rayonida mavjud, bir yilda mamlakatda 1100 mln. t dan ziyod ko‘mir qazib olinmoqda.
AQSH — yirik neft zaxiralariga ega. Yirik neft konlari Alyaska (Pradxo-Bey), Texas, Nyu-Meksika, Luiziana, Kalifomiya shtatlarida hamda Meksika ko‘rfazida joylashgan. Mamlakatda bir yilda 400—450 mln. t atrofida neft qazib olinmoqda.
AQSH da yirik tabiiy gaz konlari neft konlari yonida joylashgan (Texas, Kalifomiya shtatlari va Meksika ko‘rfazi). Mamlakatda yiliga o‘rtacha 650 mlrd. m3 tabiiy gaz olinmoqda.
AQSH da rangli va qorametallurgiya tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan rudali qazilma konlari va zaxiralari ancha ko‘p.
Temir rudasining katta zaxiralari Buyuk ko‘llarning sohillaridagi konlarda to‘plangan.
Daryolaridan Kolumbiya, Kolorado, Niagara gidroenergiya resurslariga boy bo‘lib, undan hozirgi vaqtda samarali foydalanilmoqda.
AHOLISI
Aholi soni bo‘yicha mamlakat Xitoy va Hindistondan so‘ng 3-o‘rinni egallaydi. Aholi sonining bu darajaga yetishida immigratsiya katta rol o‘ynagan.
AQSH aholisining soni 2013-yilning iyul oyi ma’lumotga ko‘ra 314,7 mln. kishini tashkil etdi. Aholining o‘rtacha yillik o'sish sur’ati 0,9% ga teng bo‘lmoqda. Aholi soni tabiiy ko‘payish hisobiga ham, immigratsiya hisobiga ham o‘smoqda. Mamlakatda keyingi yillarda aholining har mingtasida 16 bola tug’ilmoqda, 9 kishi o‘lmoqda. Tabiiy ko‘payish koeffitsiyenti 7 promillega teng. 0‘rtacha umr davri erkaklar uchun 78 yoshni, ayollarda 83 yoshni tashkil etadi.
AQSH aholisining o‘rtacha zichligi iqtisodiy rivojlangan Yevropa mamlakatlaridan ancha past (o‘rtacha 1 km2 maydonga 33 kishi). Aholf notekis taqsimlangan.
Aholisining soniga ko‘ra yirik shtatlar quyidagilar: Kalifomiya (36 mln. kishi), Nyu-York (22 mln. kishi), Texas (20 mln. kishi), Florida (16 mln kishi). Umuman, mamlakatning iqtisodiy rivojlangan, yuqori darajada sanoatlashgan hududlarida aholining deyarli 2/3 qismi istiqomat qiladi (Bosvash, Chpits, Sansan). AQSH jahonning yirik urbanizatsiyalashgan hududlaridan biridir (shaharlarda yashovchilar ulushi 82,6%). Millioner shaharlar qatoriga Nyu-York, Chikago, Los-Anjeles, Xyuston, Filadeffiya, Detroyt, Dallas, Sietl, Boston, San-Fransisko va boshqalar kiradi.
XO‘JALIGI
Jahon mamlakatlari orasidan AQSH singari e’tiborni o‘ziga kuchli jalb qilgan davlatni topish mushkul. U dunyodagi yirik davlatlardan biri bo'lib, ko‘p sohalarda—jahon siyosatida ham hal qiluvchi rol o‘ynaydi. AQSH yirik iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamda harbiy zaxiralarga ega. Shu jumladan, neflt, tabiiy gaz, ko‘mir va po‘Iat islilash bo‘yicha 3 ta yetakchi jahon davlatlari qatoriga kiradi. Elektroenergiya ishlab chiqarish bo'yicha esa AQSH yagona yetakchi davlat hisoblanadi. Elektrotexnika, elektronika va aerokosmik* mahsulotlari sifati, avtomobilsozlik, kemasozlik va samolyotsozlik tarmoqlari va kimyo sanoatining rivojlanish darajasi bo‘yicha AQSH dunyoda peshqadamlik mavqeyini saqlab turibdi. Don mahsulotlarini yetishtirishda jahonda ikkinchi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. Amerika iqtisodiyotida kapitalning markazlashuvi asosiy belgi hisoblanadi. Amerikaning yirik korporatsiyalari o‘zi amalga oshirayotgan ishlari bo‘yicha transmilliy xarakterga ega. Jahonning yirik 500 ta TMK lari orasida 100 dan ziyodi AQSH da joylashgan. Ro'yxat boshida «Jeneral Motors», «Exxon», «Ford Motors» va «IBM» turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |