Yangi mavzu bayoni
Afrika transporti umuman bo'sh rivojlangan materikdir. Dastlabki transpcr vositalarining rivojlanishi mahalliy tabiiv resurslarni, awalambor foydali qazilmalarni qazib olish, ularni materik portlariga yetkazish va shu asosda Yevrora mamlakatlari va AQSHga dengiz kemalari orqali yetkazish bilan bog'langar. Shunday dengiz portlarining soni ham unchalik ko'p emas. Bularga Iskandariya. Jazoir, Lagos, Dar-us-Salom, Keyptaun kabi shaharlar kiradi.
Dengiz transportining ahamiyati xalqaro aloqalarni olib borishda beqiyosdir. Transport tarmog'iga xos xususiyat, uni asosan sohil hududlarda rivojlangankg bilan ajralib turadi. Temir yo'llarimng uzunligi 85 ming km ga yaqin. Uzunlig va ahamiyati bo'yicha keyingi o'rinda quvur transporti turadi.
Afrikani subregionlarga ajratish juda murakkab vazifadir. Bunda nafaqat tabiiy sharoitni, balki undan ham ko'proq tarzda hududlarning etnik va diniy, xususiyatlarini hisobga olish zarur hisoblanadi. Ularni hisobga olgan holca Afrikani quyidagi subregionlarga taqsimlash qabul qilingan: Shimoliy Afnki G'arbiy Afrika, Markaziy Afrika, Sharqiy Afrika, Janubiy Afrika. Shimoliy Afrika subregioni Sudandan tashqari qolgan barcha arab mamlakatlarini o'z ichiga oladi. Aholi, asosan, vohalar va dengiz sohillarida joylashgan. Iqtisodiyotida neft va gaz, temir rudasi va fosforitlarni qazib olish, qayta ishlasli va eksport qilish muhim o'rin egallaydi. Oziq-ovqat va yengil sanoat ham yaxshi rivojlangan. Qishloq xo'jaligida bug'doy, arpa, paxta, zaytun, uzum, sitrus mevalari yetishtirish asosiy rol o'ynaydi.
G'arbiy Afrika tarkibiga Gvineya qo'ltig'idan shimolda joylashgan mamlakatlar kiradi. Iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi (какао, yeryong'oq, sitrus o'simliklari) yetakchilik qiladi. Katta miqdorda neft (Nigeriya) va olmos (Kot- d'lvuar, Serra-Leone) qazib olish va eksport qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Markaziy Afrika o'rmon va mineral resurslarga juda boy subregion. Neft va marganes rudasini eksportga chiqarish (Gabon, Kongo Pespublikasi), olmos va oltin qazib olish katta miqyoslarda Kongo Dcmokratik Respublikasida amalga oshiriladi.
Sharqiy Afrika shimoldan janubga minglab kilometrga cho'zilgan subregion. Kofe, yeryong'oq, choy, paxtani eksportga chiqaradi. Olmos, mis qazib olishda muhim o'rin egallaydi.
Janubiy Afrika. Mintaqada materikning eng boy (JAR) va eng kambag'al (Mozambik) mamlakatlari joylashgan. Oltin, olmos, mis rudasini qazib olish va eksport qilishda muhim o'rin egallaydi. Turli xil qishloq xo'jaligi mahsulotlarini (go'sht, jun, qorako'l teri) eksport qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |