Sana: ______ ______ 20______yil
9 - sinf. Fan: Geografiya
Mavzu: Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari: iqtisodiy geografik tavsifi.
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
T/R
|
Darsning bosqichlari
|
Dars vaqti taqsimoti
|
Dars mazmuni
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
Salomlashish
Davomatni tekshirish
Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish
Shu kunning muhim yangiliklari bilan tanishish
|
2
|
Kirish
|
12 daqiqa
|
O’tilgan mavzuni o’zlashtirilganini tekshirish
O’tilgan mavzuni mustaxkamlash
|
3
|
Asosiy qism
|
15 daqiqa
|
Mavzu: Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari: iqtisodiy geografik tavsifi
Iqtisodiy geografik o’rni
Tabiiy boyliklari
Aholisi
|
4
|
Mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
Tarqatma materiallar, jadvallar va diagrammalar bilan ishlash
O’z-o’zini baxolash
Xaritalar bilan ishlash
|
5
|
Yakuniy qism
|
3 daqiqa
|
O’quvchilarni baxolash
Uyga vazifa
|
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o’quvchilarga bugungi mavzu xaqida tushuncha berish
tarbiyaviy: tabiat bilan do’stlashishga o’rgatish, dars davomida o’zaro xamkorligi, o’zgalar fel-atvorini xurmat ruxida tarbiyalash
rivojlantiruvchi: o’quvchilarni erkin fikrlashga, muloxaza yuritishga o’rgatish, ijodiy izlanish ko’nikmalarini rivojlantirish
Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish
Honani darsga tayyorlash
O’quvchilar davomatini aniqlash
Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish
Shu kunning muhim yangiliklari
2. O’tilgan mavzuni so’rab baxolash.
3. Yangi mavzu bayoni.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
5. Uyga vazifa.
O’tilgan mavzuni so’rab baholash:
Darslik matni va «Atlas» (41-bet) materiallaridan foydalanib, mintaqaning ko‘p tarmoqli asosiy sanoat markazlari va ular joylashgan davlatlarni aniqlang. Mintaqa mamlakatlari sanoatining rivojlanish ko‘rsatkichlariga ko‘ra rivojlangan va kam rivojlangan davlatlar guruhlariga ajrating.
Darslik matni va «Atlas» (41-bet) materiallari asosida mintaqaning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi geografiyasini o‘rganing. Unda: birinchidan, sug'oriladigan maydonlar keng tarqalgan mamlakatlarni, qanday daryolardan sug‘orishda foydalanishini; ikkinchidan, asosiy dehqonchilik va chorvachilik mamlakatlarini aniqlang.
Yangi mavzu bayoni
Subregion mamlakatlari Osiyoning Hindi-Xitoy va Malakka yarimorollari, Malayya arxipelagini o‘z ichiga oladi. Bu regionda Bruney, Vyetnam, Indoneziya, Kambodja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand, Filippin va Sharqiy Timor joylashgan. Ikkinchi jahon urushiga qadar Buyuk Britaniya, Fransiya, Gollandiyaning mustamlakalari bo‘lgan bu mamlakatlar o‘z mustaqilliklarini, asosan, 1945—1984-yillar orasida qo'lga kiritdilar.
Hududi 4,5 mln. km2 bo‘lib, uning yarmidan ko‘pi orollardan iboratdir. Jumladan, regionning eng yirik davlati bo'lgan Indoneziya, shuningdek, Filippin davlatining hududi minglab orollarda joylashgan.
Iqtisodiy-geografik o’rni, asosan, ancha qulay. Region IGO‘ ning qulayligi, avvalo, Yevropadan Tinch okeani havzasi mamlakatlariga ohb boradigan serqatnov savdo yo‘li ustida joylashganligi bilan belgilanadi. Zero, Laosdan boshqa regionning barcha mamlakatlari dengiz bo‘yida yoki orollarda joylashgandir. Bu holat mamlakatlar iqtisodiy hayotida ijobiy rol o'ynamoqda.
Mintaqa mamlakatlari yer yuzasining deyarli yarmi tog‘lar va tog‘oldi balandliklaridan iborat. Ayniqsa, hududning shimoliy va ko'plab orollar hududining asosiy qismini tog‘lar egallaydi. Hududda, ayniqsa, Indoneziya va Filippinda o‘nlab harakatdagi va so‘ngan vulqonlar mavjud. Unda vaqt-vaqti bilan kuchli zilzilalar bo‘lib turadi.
Mintaqada xilma-xil qazilma boyliklar bor. Ayniqsa, qalayi, volfram kabi rangli metallaming yirik konlari bor. Shuningdek, rux, qo‘rg‘oshin, temir rudasi, turli nodir va asl metallar, ko‘mir, neft, tabiiy gaz boyliklariga ham ega. Keyingi yillarda dengiz sayozliklaridan ancha istiqbolli neft va gaz konlari topilmoqda. Yer osti boyliklariga, ayniqsa, Indoneziya, Malayziya, Bruney, Vyetnam kabi davlatlar ancha boy.
Janubi-sharqiy Osiyoning iqlimi musson tiplidir. U, ayniqsa, materik va unga tutash orollarda yaqqol seziladi.
Hozirgi vaqtda Janubi-sharqiy Osiyoning aholisi 629 mln. kishidan iborat. Mintaqada aholi tabiiy o'sish hisobiga ancha tez (yiliga 8 mln. kishi) o‘smoqda. Aholining o‘sish sur’atlari Kambodja, Laos, Vyetnam kabi mamlakatlarda, ayniqsa, yuqori. Ularda tabiiy o‘sish har 1000 kishiga 20—22 kishi to‘g‘ri keladi. Nisbatan yaxshi rivojlangan Singapur, Tailand, Indoneziya kabi mamlakatlarda esa bu ko‘rsatkich, aksincha past, 5—10 kishini tashkil qiladi.
Aholi mintaqa bo‘у lab notekis joylashgan. 0‘rtacha har 1 km2 maydonga 140 kishi-aholi to‘g‘ri kelgani holda , bu ko'rsatkich Vyetnam, Filippin, Tailandda 200 kishini tashkil qiladi. Indoneziyaning Yava orolida aholining o'rtacha zichligi 2,5 ming kishi va Singapurda 6,5 ming kishiga yetadi. Shu bilan birga, Laos, Kambodja, Bruney kabi davlatlarda aholining o‘rtacha zichligi 1 km2 maydonga 50—80 kishini tashkil qiladi.
Urbanizatsiya darajasi o‘rtacha 54,6% ga teng. Ushbu ko‘rsatkich Singapurda 100% ni tashkil etadi. Nisbatan yuqori darajadagi urbanizatsiya darajasi Bruney (76,1%), Malayziya (73,0%), Filippin (49,6%) davlatlariga xos. Eng past ko'rsatkichlar Laos (20,6%), Vyetnam (26,4%) va Sharqiy Timorda (26,5%) kuzatiladi. Mintaqada «millioner» shaharlar: Jakarta, Singapur, Bangkok, Yangon, Pnompen, Xanoy, Kuala-Lumpur mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |