9 - sinf.Fan: Geografiya
Jahon aholisi
Mavzu:Yer shari aholisi va uning ko’payishi.
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
T/R
|
Darsning bosqichlari
|
Dars vaqti taqsimoti
|
Dars mazmuni
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
Salomlashish
Davomatni tekshirish
Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish
Shu kunning muhim yangiliklari bilan tanishish
|
2
|
Kirish
|
12 daqiqa
|
O’tilgan mavzuni o’zlashtirilganini tekshirish
O’tilgan mavzuni mustaxkamlash
|
3
|
Asosiy qism
|
15 daqiqa
|
Mavzu: Yer shari aholisi va uning ko’payishi
|
4
|
Mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
Tarqatma materiallar, jadvallar va diagrammalar bilan ishlash
O’z-o’zini baxolash
Xaritalar bilan ishlash
|
5
|
Yakuniy qism
|
3 daqiqa
|
O’quvchilarni baxolash
Uyga vazifa
|
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o’quvchilarga bugungi mavzu xaqida tushuncha berish
tarbiyaviy: tabiat bilan do’stlashishga o’rgatish, dars davomida o’zaro xamkorligi, o’zgalar fel-atvorini xurmat ruxida tarbiyalash
rivojlantiruvchi: o’quvchilarni erkin fikrlashga, muloxaza yuritishga o’rgatish, ijodiy izlanish konikmalarini rivojlantirish
Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish
Honani darsga tayyorlash
O’quvchilar davomatini aniqlash
Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish
Shukunningmuhimyangiliklari
O’tilgan mavzuni so’rab baxolash.
Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Uyga vazifa.
O’tilgan mavzuni so’rab baholash:
Geotermal resurslar deb nimaga aytiladi?
Dunyo okeanidan nima maqsadda foydalaniladi?
Biologik va rekratsion resurslarga misollar keltiring?
Yangi mavzu bayoni
Bir necha ming yillar mobaynida o‘limning juda yuqori va aholi o‘sish sur’atlarining past bo'lishligi o‘zining asosli sabablariga egadir. Dastawal, bu — moddiy va sanitar-gigiyenik shart-sharoitlaming qoniqarsiz ahvolua ekanligi, qolaversa, vaqt-vaqti bilan takrorlanib tumvchi ocharchilik, o‘lat, vabo va chechak epidemiyalari natijasida yuz minglab odamlarning qirilib ketishi bilan bog‘langandir. Yer sharida bunday ofatlar 200—400, 1200—1300, 1600—1650-yillar ichida qayd etilgan bo‘lib, o‘sha davrlarda aholi soni umuman o'smadi, 1300—1400-yillar davomida qora o‘lat epidemiyasining ta’sirida yer yuzasi aholi sonining 1/4 qismi nobud bo‘ldi. Aholi ko‘rsatkichlariga oxiri ko‘rinmayotgan urushlar ham katta ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Urushlar XVIII asrda 5,2 mln., XIX asrda 5,5 mln., XX asrda esa deyarli 50 mln. kishining yostig‘ini quritdi.
Demograf olimlar demografik o‘tish davri 4 ta ketma-ket keluvchi bosqichni o‘z ichiga olishligini ilmiy asoslab berganlar. Birinchi bosqich uchun tug‘ilishning yuqori darajada saqlanishi va oMimning keskin qisqarishi oqibatida vujudga keluvchi juda yuqori darajadagi tabiiy o‘sish xosdir. Ikkinchi bosqich ko‘p bolali oiladan kam bolali oilaga o‘tish, o‘limning qisqarishi, tug‘ilishning esa undan ham ko‘p miqyosda qisqarishi natijasida tabiiy o‘sishning kamayishi bilan ifodalanadi. Uchinchi bosqichda, awalambor, aholi ichida qariyalar sonining o‘sishi hamda tug'ilishning asta-sekin pasayishi natijasida umumiy oiimning nisbiy darajasi birmuncha ko‘tariladi. Mazkur bosqichda aholi soni juda oz miqdorda va jadal sur’atlarda o‘sadi yoki qisqaradi (depopulyatsiya jarayoni). To‘rtinchi bosqichda tug‘ilish va o‘lim ko'rsatkichlari tenglashadi, aholi sonining tabiiy- umumiy o‘sishi umuman barham topadi.
Aholi soni va uning tarkibiga go‘daklar o‘limi ham juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Yer sharida 2003-yilda jami 8331 ming bola bir yoshga yetmasdan o‘lganligi qayd etildi. Shundan 1310 mingi Hindistonga, 708 mingi Xitoyga to‘g‘ri keldi. Pokiston. Bangladesh, Indoneziya, KXDR, Braziliya, Nigeriya, Efiopiya kabi mamlakatlarda hozirgi vaqtda yiliga 200—500 ming bola bir yoshga yetmasdan o‘lmoqda. Bolalar o‘limi koeffitsiyenti Afg‘oniston, Angola, Burkina-Faso, Burundi, KDR, Mali. Mozambik, Niger, Nigeriya, Ruanda, Serra-Leone, Chad kabi mamlakatlarda 200 dan yuqori, 32 mamlakatda esa 100—200 promillega boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |