4. Mustahkamlash.
5. O`quvchilarni baholash 6. Uyga vazifa:takrorlash
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________
9-sinf adabiyot 8-dars Sana:____________ O`qituvchi:
Mavzu : Rabg`uziy. “Qissasi Rabg`uziy” asari
Ta`limiy maqsad: Ijodkor hayoti bilan tanishtirish, asar mazmunini o`rganish
Tarbiyaviy maqsad: Komil inson ruhida tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish
Dars tipi: yangi bilimlar berish
Dars uslubi: matn ustida ishlash, suhbat, aqliy hujum texnoligiyasi
Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash
2. Uy vazifasi tahlili.
3. Yangi mavzu bayoni
Adibning hayoti va ijodi haqida bizgacha juda kam ma’lumot yetib kelgan. U XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida Xorazmning Raboti o’g’uz degan joyida yashab ijod etgan. Bizga uning «Qisasi Rabg’uziy»dan boshqa asari ma’lum emas. Mazkur kitobda u o’zi haqida musulmonlarga xos kamtarinlik bilan «...bu kitobni tuzgan, toat yo’lida tizgan, ma’siyat yobonin kezgan, oz ozuqliq, ko’p yozuqliq Raboti o’g’uz qozisi Burhon o’g’li Nosiruddin...» deb yozadi. Ko’rinadiki, allomaning oti Nosiruddin bo’lib, otasi Burhoniddin Raboti o’g’uzning qozisi bo’lgan. Rabg’uziy taxallusi ham u yashagan joy nomi bilan bog’liq. Yetuk ulamo va din arbobining oilasida tarbiyalangan Nosiruddinning o’z zamonasida taniqli tarixchi, yetuk shoir va iste’dodli tarjimon sifatida tan olinganligidan dalolat beruvchi bir talay yordamchi manbalar mavjud.
Rabg’uziyning qissalari ma’nosini anglatuvchi «Qisasi Rabg’uziy» asari olam va odamning yaratilishi, insonning yo’ldan ozishi va komillik sari mashaqqatli hamda uzoq yo’l bosib borayotganligi haqida g’oyat mantiqli va qiziqarli tarzda hikoya qilinadi. Ushbu asar musulmon dinini qabul qilgan e’tiborli mo’g’ul beklaridan Nosiruddin To’qbug’aning iltimosiga ko’ra, hijriy 709 (milodiy 1309-1310) yilda yozilgan.Asosan payg’ambarlar hayotini hikoya qiluvchi bu asarning o’ziga xos yaratilish tarixi bor. Musulmon Sharqida bu mavzuda «Qisas ul-anbiyo» (Payg’ambarlar qissasi) nomi bilan mashhur ko’plab asarlar yaratilgan. Lekin, asarda yozilishicha, ularning «ba’zisi mustaqim (to’g’ri, haqiqiy) bor, ba’zisi nomustaqim. Bir onchasi (bir qanchasi) muqarrar (puxta, tugal) va bir onchasi mubattar (notugal) bor». Shuning uchun ham bek To’qbo’g’a adibdan «o’qimoqg’a keraklik, o’granmakka yarog’liq» payg’ambarlar qissalaridan iborat asar yozib berishini so’ragan edi. Mazkur vazifani ulkan salohiyat, katta mahorat bilan uddalagan adibning bu asari «Qisasi Rabg’uziy», «Qisas ul-anbiyoi turkiy» nomi bilan shuhrat topdi va yaratilgandan to bugungi kungacha sevilib o’qib kelinmoqda. Rabg’uziyning bu ijod mahsuli mazkur mavzu an’anasidagi o’ziga xos bosqich bo’ldi. Birinchidan, adib o’zigacha yaratilgan payg’ambarlar haqidagi qissalarni puxta o’rgandi, ularning yutuqlarini umumlashtirdi, rivojlantirdi. Ikkinchidan, salaflari yo’l qo’ygan kamchiliklarni tuzatdi, xato va chalkashliklarga barham berdi. Uchinchidan, oldinlari nabiylar haqidagi qissalar arab va fors tillarida yozilgan bo’lsa, Rabg’uziyning turkiy tilda bitilgan qissalari turkiy xalqlarning bebaho ma’naviy mulkiga aylandi.
Qissalar asosini tarixiy-ilohiy voqealar tashkil etadi. Ular o’z ildizlari bilan Qur’on va hadislarga, insoniyatning yaratilish va rivojlanish tarixiga borib taqaladi. Ammo bularning ko’pchiligi, birinchi navbatda, Rabg’uziy badiiy tafakkuri yordamida qayta idrok etiladi, badiiy talqinini topadi. Mavzu doirasiga ko’ra asardagi qissalar juda rang-barang. Olamdagi butun mavjudot egasi bo’lgan Ollohni tanish va tanitish, uni ulug’lash, payg’ambarlar hayotiga doir lavhalarni eslash, ota-ona va farzand munosabatlari, sevgi va sadoqat, vatan va vatanparvarlik, erk va adolat, do’stlik va hamjihatlik, urush va tinchlik kabi mavzular shular jumlasidandir. Bular asardagi yetmish ikki qissadan o’z ifodasini topgan. Bu qissalarning hajmi turlicha.
Do'stlaringiz bilan baham: |