9-sinf adabiyot 1-dars Sana: O`qituvchi: Mavzu: ruhiy kamolot vositasi


O`quvchilarni baholash 6. Uyga vazifa: o`qib ,savollar tuzish



Download 268,8 Kb.
bet20/158
Sana23.01.2022
Hajmi268,8 Kb.
#405486
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   158
Bog'liq
9-sinf adabiyot kundalik reja

5. O`quvchilarni baholash 6. Uyga vazifa: o`qib ,savollar tuzish

O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________

9-sinf adabiyot 12-dars Sana:____________ O`qituvchi:

Mavzu : Navoiyning “Xamsa” asari haqida
Ta`limiy maqsad: Asar haqida ma`lumot berish.

Tarbiyaviy maqsad: Ma`naviy merosga hurmat ruhida tarbiyalash ;

Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish
Dars tipi: yangi bilimlar berish

Dars uslubi: suhbat, savol-javob,ifodali o`qish

Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita

Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash

2. Uy vazifasi tahlili.

3. Yangi mavzu bayoni

Dehlaviydan qariyb 200 yil keyin yana bir buyuk xamsanavis maydonga chiqdi. Bu Navoiy edi. Alisher Navoiyning «Xamsa»si boshqalardan farqli ravishda muallifning ona tilisida-turkiy tilda yozildi. Buni o’zbek kitobxonlarining ortib borayotgan ehtiyoji, o’zbek adabiy tili va adabiyotining taraqqiysi hamda istiqboli talab qilar edi. Bunday ulkan, katta jasorat talab qiladigan mas’uliyatli ishga daho ijodkor Navoiygina jur’at qila olardi. Adibning fikricha, xalqqa uning o’z tilida, unga manzur bo’lgan asar yaratishi lozim. Shuning uchun «Layli va Majnun» dostoni xotimasida Nizomiy va Dehlaviyni ta’riflar ekan, turkiy (o’zbek) tilda «Xamsa» yozishning sababini shunday izohlaydi:

...Gar nuktalari jahonni tutti,

G’avg’olari ins-u jonni tutti.

Chun forsiy erdi nukta shavqi,

Ozroq edi andi turk zavqi.

Ul til bila nazm bo’ldi malfuz,

Kim forsiy anglar o’ldi mahfuz.

Men turkcha boshlabon rivoyat,

Qildim bu fasonani hikoyat.

Kim shuhrati jahonga to’lg’ay,

Turk eliga dog’ bahra bo’lg’ay...

Navoiy o’z salaflarining yuksak san’atkorligini sharaflaydi, ularning adabiy tajribalaridan ta’lim olganligini e’tirof qiladi. Dostonlarning muqaddima qismida ustozlariga bag’ishlab maxsus boblar yozib, ularni ulug’laydi. Mas’uliyatli bu ishda ularga ruhan suyanadi va «Yo’ldasa bu yo’lda Nizomiy yo’lim, Qo’ldasa Xisrav bila Jomiy qo’lim», - deb madad tilaydi. Biroq Navoiy oldingi xamsanavislarni takrorlamaydi yoki ularga ko’r-ko’rona taqlid qilmaydi. O’z oldiga yangi, o’ziga xos «Xamsa» yaratish vazifasini qo’yadi. Buni muallif «Xamsa»ning bir necha o’rnida ochiq-oydin ta’kidlaydi. Jumladan, u «Farhod va Shirin» dostoni muqaddimasida shunday yozadi: «Ani nazm etki, tarhi toza bo’lg’ay, Ulusqa mayl beandoza bo’lg’ay. Yo’q ersa nazm qilg’onni xaloyiq Mukarrar aylamak sendin ne loyiq?»

Bu misralari orqali Navoiy «Xamsa» yozishdagi belgilab olgan o’z yo’riqlarini bayon etadi: Shunday asar (nazm) - doston yozginki, o’ziga xos (tarhi toza) bo’lsin, o’qigan odamlarga (ulusqa) yangi, boshqa asarlarga o’xshamas (beandoza)ligi sezilib tursin. Aks holda (yo’q ersa), asari o’zgalar (xaloyiq) yozgandek bo’lsa, bunday takrorlash (mukarrar) senga loyiq emas. Yaxshisi, bunday asar yozmagan ma’qul. Lekin bu oson ish emas. Buning uchun Yaqin va O’rta Sharq o’lkalarida qalam mislsizligi e’tirof etilgan Nizomiy va Dehlaviy bilan ijodiy bahsga kirishishi lozim bo’ladi. Bu juda katta bilim va yuksak adabiy didni, iste’dod hamda mashaqqatli mehnatni talab etar edi. Bu haqida «Farhod va Shirin»da yozadi:

Emas oson bu maydon ichra turmoq,

Nizomiy panjasig’a panja urmoq.

Kerak sher ollida ham sheri jangi,

Agar sher o’lmasa, bore palangi.


Download 268,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish